Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə73/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Birlamchi emissiya aksiyalarning nominal va emissiya qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida qo‘shimcha to‘langan kapital mablag‘lari kelib tushdi



5010-5530

8410

2

Qo‘shilgan kapital mablag‘lari xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish va nominal qiymatlari o‘rtasidagi farqni qoplashga ishlatildi



8410

8610, 8620

3

Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olindi



Mol-mulkni
hisobga oluvchi
schyotlar



8420

3-§. Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)

350. Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali (fond), mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyasiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)


8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”;
8520 “Rezerv kapitali (fondi)”; (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
8530 “Tekinga olingan mulk”.

351. 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va to‘ldirilishi 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa o‘sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga to‘ldiriladi va u 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. SHu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.

352. Mulkni qayta baholash bo‘yicha jamlangan summaning ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanishi 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotning debetida 6620 “CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


353. 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va xarakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Rezerv kapitali (fondi) mablag‘lari korxona zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari bo‘lmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Rezerv kapitali (fondi)ning shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)

354. 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti korxona tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun mo‘ljallangan.


Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida umumiy korxona umumiy daromadiga qo‘shiladi. Tekinga olingan mulklarni soliqqa tortish tartibi O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

355. Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin