Buxgalteriya va iqtisodiyot


Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditining huquqiy asoslari



Yüklə 108,1 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü108,1 Kb.
#210472
1   2   3   4   5   6
Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditi

Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditining huquqiy asoslari.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori qabul qilingan. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank kartasi — uni saqlovchisiga to‘lov infratuzilmari orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki naqd pul mablag‘larini olish yoxud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va bank kartasining emitenti tomonidan belgilangan boshqa operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi to‘lov vositasidir;
bank kartalari emissiyasi — bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish bo‘yicha faoliyat;
bank kartasining saqlovchisi — emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan bank kartasidan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs;
bankomat — bank kartasining saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibida naqd pul olish va bank kartasi bilan boshqa amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beruvchi hamda bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha slip hujjat shakllantiruvchi qurilma;
virtual karta — elektron shakldagi bank kartasi bo‘lib asosiy kartaga yoki hisobvaraqqa bog‘lanadi va to‘lovlarni amalga oshirishda zarur bo‘lgan bank kartasining majburiy rekvizitlariga ega bo‘lgan to‘lov vositasi;
karta hisobvarag‘i — bank kartasi orqali pul mablag‘larini tasarruf etish mumkin bo‘lgan bank hisobvarag‘i;
ShIR kod — bank kartasi saqlovchisining shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lib, u karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga bank kartasining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi;

Yüklə 108,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin