Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditi
4.Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar orqali bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi. Yuridik va jismoniy shaxslar o`zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini
ko`rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit schyotlar hamda depozit schyotlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.
Banklarda schyotni ochish O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
boshqaruvining 2001 - yil 6 -oktyabrdagi 25G`4-son (1-son) qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to`g`risida yo`riqnomaga (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MB Boshqaruvi qaroriga muvofiq o`zgartirishlar kiritilgan) asosan amalga oshiriladi.
Ushbu yo`riqnomaga muvofiq, bank (schyoti) schyoti deganda, bank schyoti shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) schyotiga kelib tushgan pul mablag`larini qabul qilish va kiritib qo`yish, mijozning schyotidagi tegishli mablag`larni o`tkazish va berish hamda schyot bo`yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to`g`risidagi farmoyishlarni bajarish vazifasini o`z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar tushuniladi.
Mijoz tomonidan har qanday schyot ochilayotganda bank schyotiga xizmat
ko`rsatish shartnomasi tuziladi. Bank schyoti shartnomasi bo`yicha yuzaga keladigan
munosabatlar Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xojalik yurituvchi subyektning birinchi marta milliy valutada ochgan talab qilib olinguncha depozit schyoti uning asosiy schyoti hisoblanadi. Mijozlar qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit schyotlari ochishlari mumkin.
Mijozlar tomonidan schyotlar ochish uchun bankka ushbu Yo`riqnomada ko`zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga schyotlar ochishi shart (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MB Boshqaruvi qarori tahriridagi xat boshi).
«Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va chet el valutasidagi pul mablag`lari to`g`risidagi ma'lumotlarni hamda ularga ilova qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu ma'lumotlar auditorga barcha schyotlar bo`yicha bank ko`chirmalarini va har bir schyot bo`yicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo`ladi.
So`ngra auditor korxona va bank o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko`rsatish to`g`risidagi shartnomaning O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi.
Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni auditor ish hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik tekshiruvining mazkur bo`limi bo`yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda auditorlik hisobotida aks ettiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin. Xojalik subyektlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining
qaroribilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank
schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada talab qilib olinguncha
depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy valutadagi turlarini ochishi mumkin.
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda
mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil 16 -noyabrda 1085-son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi
(AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks ettiriladi».
Valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha amalga oshiriladi. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy bankda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo`yicha ochilgan schyoti bo`lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo`la olmaydi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo`lishi lozim.
Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko`ra, ushbu muomala bo`yicha auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, « Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni xojalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi bajariladigan vazifa kassadagi naqd pullar holatini nazorat o`tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir. Kassadagi pul mablag`larining audit uchun asosiy manba bo`lib kirim-chiqim kassa orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro`yxatga olish daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi»