232
3.
∑Bp
1
- balans passiv tomonining birinchi bо‘limi jami summasi;
4.
∑Bp
2
- balans passiv tomonining ikkinchi bо‘limi jami summasi.
Buxgalteriya balanslari qaysi paytda va nima maqsadda tuzilishiga kо‘ra
boshlang‘ich, joriy, tugatilish, bo’lishish va birlashtirish balanslaridan iborat
bо‘ladi.
13-chizma. Жорий балансларнинг тuрлари
Korxona paydo bо‘lgan paytda tuzilgan balans boshlang‘ich yoki kirish
balansi deyiladi.Misol uchun 2002 yil sentabr oyida tadbirkor oilaviy
jamg‘armalari hisobidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish bilan shug‘ullanadigan
Ustav fondi 12000000 million sо‘mga teng bо‘lgan firmani tashkil qildi. Firma
“Quvasoy” shahar hokimligidan “Toshmuhammadhoji” ishlab chiqarish – tijorat
xususiy firmasi nomi bilan rо‘yxatdan о‘tkazilib, huquqiy shaxs maqomi berildi.
Ustav fondining 10000000 sо‘mi kadastr belgilab bergan qurilish qiymati
hisobidan, qolgan 2000000 sо‘mi firma ta’sischilari oilaviy jamg‘armalari
hisobidan shakllantirildi. Ustav fondining 2000000 sо‘mi 3 sentabr kuni bankning
458 - sonli kirim orderi bilan firma hisob raqamigi kirim qilindi.
“Toshmuhammadhoji” ishlab chiqarish – tijorat xususiy firmasining kirish balansi
2-jadvalda keltirilgan kо‘rinishga ega bо‘ladi.
Korxonalarning xо‘jalik faoliyati davomida tuziladigan balanslar joriy
balanslar deyiladi. Bular oylik, kvartallik va yillik bо‘ladi. 3-jadvalda
“Tomuhammadhoji” xususiy firmasining 1 yanvar 2015 yilga bо‘lgan joriy balansi
tо‘liq keltirilgan.
Joriy balanslarning turlari
Dostları ilə paylaş: