2. BUXGALTERIYA BALANSINING TUZILISHI, TARKIBIY QISMLARI, MAZMUNI VA AHAMIYATI. Har qanday korxona faoliyat yuritishi uchun, ma’lum miqdordagi mablag‘ga
ega bо‘lishi kerak. Bu mablag‘lar
aktivlar deyiladi. Korxona faoliyat kо‘rsatishi
uchun tadbirkor yoki korxona jamoasi tomonidan kiritilgan barcha mablag‘lar
kapital deb nomlanadi. Agar aktivlarning barchasini mulkdor bir о‘zi kiritgan
bо‘lsa, unda aktivlar kiritgan kapitalga teng bо‘ladi. Buni quyidagi tenglik bilan
ifodalash mumkin:
Aktivlar ═
Kapital. Agar mablag‘ni bir qismi chetdan jalb
qilingan bо‘lsa, mulkdor jalb qilingan mablag‘ning egasiga qarzdor bо‘ladi.
Bunday qarzdorlik, odatda,
majburiyat deyiladi. Bu holatda yuqorida keltirilgan
tenglik quyidagicha kо‘rinish oladi
56
:
Aktivlar ═
Kapital + Majburiyatlar. Korxonada aktivlar (mablag‘lar) bilan kapital (mablag‘larni paydo bо‘lish
manbaalari) har doim teng bо‘lishi kerak.Buxgalteriya hisobida mablag‘larni va
ularning mabaalarini tengligi balans tuzish yо‘li bilan aniqlanadi.
Aktivlar. Korxona mablag‘larining alohida turlaridan: binolardan, tovar
zahiralaridan, ishlab chiqarish zahiralaridan, transport vositalaridan, mijozlarga
bо‘lgan qarzlardan, kassadagi pullardan, bank schyotidagi pullardan va
boshqalardan, majburiyatlari esa, korxonaga yetkazib berilgan tovarlar, ishlab
chiqarish zahiralari, korxona manfaati uchun qilingan sarflar va korxonaga
berilgan qarz mablag‘lar uchun tо‘lanadigan pullardan tashkil topadi.
Kapitalni , odatda, о‘zining kapitali deb aytishadi.
Balansning aktiv tomonida korxona aktivlari, passiv tomonida esa korxona
mablag‘larining tashkil topish manbaalari va majburiyatlari kо‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansi chizma kо‘rinishda ikki tomonlama jadval shaklida ifoda
qilinadi. Shartli tarzda, uning chap tomoni