4- shakl. Xо‘jalik jarayonlarining о‘zaro bog‘lanishi Ishlab chiqarish jarayoni korxonaning faoliyatida mablag‘lar aylanishidagi
asosiy bosqich bо‘lib hisoblanadi. Bu yerda qiymatga va iste’mol qiymatiga ega
bо‘lgan yangi mashulot tayyorlanadi. Yangitdan yaratilgan mashulotning qiymati
unga sarflangan mehnat vositalarining qiymatidan va xodimlar mehnati bilan
yaratilgan zaruriy va qо‘shimcha mashulotlar qiymatidan tashkil topadigan
iste’mol qiymatdan iborat bо‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobini tashkil qilishdan maqsad,
birinchidan, shu jarayonda sarflangan mablag‘lar va ishchi kuchini hisobga olish,
ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mashulotlarni tayyor buyumlar sifatida qayd etish,
uchinchidan, yangitdan ishlab chiqarilgan mashulotlarni ishlab chiqarish tannarxini
aniqlash va nihoyat, tо‘rtinchidan, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati
natijalarini aniqlashdan iborat bо‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xarajatlar natura, mehnat va qiymat
о‘lchovlarda hisobga olinadi. Xarajatlarni qiymat о‘lchov birligida hisobga olish,
tayyor bо‘lgan mashulotlarning tannarxi haqida pul ifodalarida (xarajat sarflarini
solishtirish imkoniyatini beradigan) ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Korxona
pul mablag‘lari ta’minot va tayyor mashulotlarni sotish bosqichlarida ishtirok etib,
ta’minot bosqichida, korxona о‘ziga zarur bо‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi,
sotish bosqichida esa, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mashulotlar
iste’molchilarga sotilib, korxona moddiy zahiralari pul shakliga aylanadi.
Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishzahiralari
Tayyor mahsulot
Ta’minot jarayoni
Sotish jarayoni Pul mablag‘lari
328
Korxonaning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini hisobga olish
deganda shu jarayonlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarni buxgalteriya
hisobida aks ettirish tushuniladi.