10. INVENTARIZATSIYA NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA
BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDA AKS ETTIRILISHI.
Inventarizatsiya
jarayonida ishchi komissiya a’zolari moddiy
qiymatliklarni qayta sanash, o’lchash, tortish yо‘li bilan ularning haqiqiy
miqdorlarini aniqlaydilar va 19-sonli milliy andozada kо‘rsatilgan namunadagi
inventarizatsiya rо‘yxatini (opis) tuzadilar (2-ilovaga qarang). Rо‘yxatning har
bir betini oxirida shu betda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha
miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs
tomondan imzolanadi.
Shuningdek, ishchi poda va ma’suldor xayvonlar, parranda va asalari
oilalari, kо‘p yillik о‘simliklar, kо‘chatzorlar yо‘qlama qilinayotganda
О‘zbekistan Respublikasi Qishlok va suv xо‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq
411
xо‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan inventarizatsiya rо‘yxatini (opis)
tuzadilar.
Inventarizatsiya yakunlangandan keyin Inventarizatsiya rо‘yxatining
oxirgi varag‘ida komissiya a’zolari shu rо‘yxatda necha nomdagi moddiy
qiymatlikdan qancha miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va
moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. Sо‘ng moddiy javobgar shaxs “...
ushbu qayta rо‘yxatga olish dalolatnomasida kо‘rsatilgan moddiy qiymatliklar
mening bevosita ishtirokimda hisoblab chiqilganligini tasdiqlayman va shu
moddiy qiymatliklarni о‘z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim, qayta
rо‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yо‘q… (agar, davosi
bо‘lsa, e’tirozini yozadi)” degan mazmundagi tilxatga imzo chekadi. Tо‘liq
rasmiylashtirilgan qayta rо‘yxatga olish rо‘yxati (opis) komissiya raisi
tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
Korxona rahbariyati inventarizatsiya tо‘g‘ri о‘tkazilganini nazorat qilish
maqsadida, inventarizatsiya о‘tkazilgan ombor yoki boshqa obyekt ochilgunga
qadar nazorat tekshiruvlari о‘tkazadilar.Nazorat tekshiruvi natijalari dalolatnoma
bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma tekshirishlarni hisobga olish daftarida
rо‘yxatdan о‘tkaziladi.
Korxona mulkining bir qismini saralab rо‘yxatga olish uchun
korxonalarda tekshirish va saralab qayta rо‘yxatga olish komissiyasi tuziladi. Bu
komissiya inventarizatsiya davrlari о‘rtasida moddiy qiymatliklarning butligi,
ularni saqlash qoidalarining va о‘rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish
tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Inventarizatsiya moddiy
javobgar shaxslar almashayotganda o’tkazilayotgan bо‘lsa, rо‘yxatga olish
rо‘yxatida moddiy qiymatliklarni qabul qilayotgan shaxslar, ularni о‘zining
javobgarligiga olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida
imzo chekadilar.
Korxonaga tegishli bо‘lmagan, biroq vaqtincha saqlash uchun olingan
moddiy qiymatliklarga aloxida inventarizatsiya rо‘yxatlari tuziladi.
412
Inventarizatsiya rо‘yxatlari texnik vositalarda yoki qо‘lda tо‘ldirilishi
mumkin.Qо‘lda tuziladigan inventarizatsiya rо‘yxatlari chiroyli husnixat bilan,
aniq-ravshan qilib tо‘ldiriladi. Hech qanday о‘chirish va tuzatib yozishlarga yо‘l
qо‘yilmaydi. Qayta rо‘yxatga olish rо‘yxatlarida tо‘ldirilmagan satrlar ustiga
chizib qо‘yiladi.
Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy javobgar
shaxs rо‘yxatning oxirigi varag‘iga shu rо‘yxatda nechta moddiy qiymatlikdan
qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy javobgar shaxslardan
«…hayat a’zolari boyliklarni uning xozirligida tekshirganini, hayat a’zolariga
nisbatan xech qanday da’vosi yо‘qligi va rо‘yxatda sanalgan boyliklar
masuliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga…» oladilar va
rо‘yxatni buxgalteriyaga topshiradilar.
Korxona buxgalteriyasida inventarizatsiya ma’lumotlari mantiqan va
arifmetik usul bilan tekshirib kо‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda yо‘l
qо‘yilgan arifmetik xatoliklar tо‘g‘rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma
a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya rо‘yxatining
oxirgi betida baholar va summalarning tо‘g‘riligi tekshirgan buxgalteriya xodimi
bu haqidagi yozuvni amalga oshirib imzo chekadi. Shundan keyin
inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash vedomosti tuziladi. Unda
hisob ma’lumotlari bilan qayta rо‘yxatga olish rо‘yxati ma’lumotlari о‘rtasida
aniqlangan farqlar qayd qilinadi.
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning
haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha
tartibga solinadi:
1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va
boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo’jalik yurituvchi subyektning
moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va
aybdor shaxslar aniqlanadi:
D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor
mashulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar
413
K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti;
2. Belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi xo’jalik
yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish va
muomala chiqimlari hisobdan o’chiriladi (yo’qolish me’yorlari haqiqatda
kamomad aniqlangan taqdirdagina qo’llani). Bunda belgilangan me’yorlar
doirasida boyliklarning yo’qolishi boyliklar kamomadi qayta navlarga
ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi.
Agar belgilangan tartibda o’tkazilgan qayta navlarga ajratish bo’yicha hisobga
olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo’lsa, tabiiy yo’qolish
me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo’yicha qo’llaniladi.
Tasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda yo’qolish me’yorlardan ortiqcha
kamomad sifatida qaraladi:
D-t - 9400 “Davr xarajatlari”
K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor
mashulotlar”;
3. Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek,
boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi
74
:
D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari”
K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor
mashulotlar”;
4. Boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar
me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari
aniqlanmagan hollarda, mashulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlar
tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki
byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi.
D-t - 9400 “Davr xarajatlari”
74
Suiiste’molliklar oqibati bo’lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va
talafotlar aniqlangandan so’ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va
talafotlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi.
414
K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor
mashulotlar”;
5. Kamomatlar undirib olinganda:
D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti
K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari”
schyoti.
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning
o’zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina
tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va
ishonchli shaxs ruxsatiga ko’ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo’l
qo’yiladi. Bunda yo’l qo’yilgan qayta navlarga ajratish to’g’risida moddiy
javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil
bo’lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday
farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida komissiya mufassal tushuntirish
berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |