Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-rasm. Oliy ta’limning bosqichlari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

1-rasm. Oliy ta’limning bosqichlari 
Bakalavriat – fundamental bilimlar beriladigan asosiy oliy ta’lim bo’lib, to’rt 
yil davom etuvchi oliy ta’limning yo’nalishlaridan biri. Bakalavriyatda ishlab 
chiqarishdan ajratmagan holda ta’lim jarayonining davom etish muddati kunduzgi 
олий таълим
босқичлари
бакалавриат
магистратура


71 
ta’limga nisbatan bir yildan kam bo’lmagan muddatga uzayadi. 
Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, bakalavriyat ta’lim 
daturining oxirida taerlov yo’nalishiga ko’ra “bakalavr” akademik unvoni, 
munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi
beriladi. 
“Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi 
To’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, o’zbekiston 
respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul 
qilish tartibi “Oliy Ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul 
qilish tartibi to’g’risida Nizom” bilan, oliy ta’lim muassasalari talabalari 
o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi “Oliy 
ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan 
chetlashtirish tartibi to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi. 
Bakalavriat 
ta’lim 
dasturining 
tarkibiy 
qismiga, 
bakalavr 
tayorlashning kerakli darajasiga, o’quv vazifalarning maksimal hajmiga, 
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishning umumiy talablari, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan № 
343-chi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari. asosiy Nizomlar” qarori 
bilan belgilanadi
36
.
Bakalavrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi, 
kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining 
tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish aniq taerlov 
yo’nalishi bo’yicha davlat ta’lim standartlari orqali belgilanadi. 
Bakalavriyatning mos yo’nalishlari uchun, davlat ta’lim standartlari 
asosida,oliy ta’limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi 
tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab 
chiqiladi. 
36
. O’zbekiston respublikasi qonunlar majmuasi, 104 bet. 


72 
Bakalavriyatda bir xil profilli (umumiy kasb xunar tayorgarligi o’xshash) 
o’rta maxsus, kasb xunar ta’limiga ega bo’lgan shaxslarga, oliy ta’limning shu 
yo’nalishidagi o’quv rejalariga bog’liq (ketma-ketlikni tahminlovchi) ta’lim 
dasturini to’liq egallashning tezkor imkoniyatlari beriladi. 
O’quv rejasiga bog’liq yo’nalish ro’yxati va kadrlar taerlash sharoitlari 
o’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Bakalavr faoliyati qo’ydagilarga qaratiladi: 
1. Yo’nalish bo’yicha lavozimga taerlangan oliy ma’lumotga ega 
bo’lgan shaxslar bilan almashtirilishi kerak bo’lgan ishga;
2. Bakalavriyatning mos keluvchi yo’nalishlar doirasida tanlagan 
mutaxassislik bo’yicha magistraturada oliy ta’limini davom ettirishga;
3. Professional ta’limda, kadrlarni qayta taerlash va malakasini 
oshirish tizimida faoliyat yuritishga.
Yangi yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni taerlash huquqini oliy ta’lim 
muassalarining iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi 
beradi. 
Magistratura - “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to’g’risida”gi o’zbekiston respublikasi qonunlariga muvofiq, O’zbekiston 
respublikasi oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish 
tartibi “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi 
to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi. 
Magistratura – bakalavriyat asosidagi ikki yildan kam bo’lmagan aniq 
mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limning davomi hisoblanadi. Magistraturada 
o’qishning davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda olti oydan kam 
bo’lmagan vaqtga uzayadi. 
Ta’lim dasturining tarkibiy qismiga, magistr taerlashning kerakli darajasiga, 
o’quv vazifalarning maksimal hajmiga, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining 
protsedura va mexanizmlariga umumiy talablar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 


73 
Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan № 343-chi “Oliy 
ta’limning davlat ta’lim standartlari. asosiy Nizomlar” qarori bilan 
belgilanadi
37

Magistrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi, 
kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining 
struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish 
magistraturaning aniq mutaxassisligi bo’yicha davlat ta’lim standartlari 
orqali belgilanadi. 
Magistraturaning mos mutaxassisligi uchun, davlat ta’lim standartlari 
asosida,oliy ta’limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi 
tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab 
chiqiladi. 
Magistr faoliyati qo’ydagilarga qaratiladi: 
1. Aniq mutaxassisik bo’yicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy 
pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;
2. Magistraturaning mos keluvchi mutaxassisligi doirasida oliy 
ta’limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;
3. Professional ta’limda, kadrlarni qayta taerlash va malakasini 
oshirish tizimida faoliyat yuritishga.
Oliy ta’lim muassasasida magistratura yo’nalishini ochishning asosiy 
sharti – bu o’quv tarbiyaviy jaraen bilan bog’liq va yuqori malakali 
mutaxassislarni taerlanishini tahminlovchi mos kafedralarning ilmiy 
pedagogik potentsiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada 
olib borish imkoniyatining bo’lishi. 
Yangi mutaxassisliklari bo’yicha magistrlarni taerlash huquqini oliy 
ta’lim muassalarining rasmiy iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasiga beradi.
Oliy ta’lim muassasasi tarkibida magistraturaning maxsus bo’limi 
(fakulg’tet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
37
. O’zbekiston respublikasi qonunlar majmuasi, 2001 yil, 104 bet. 


74 
1. Talabalarning o’quv-tarbiyaviy jaraenini tashkillashtirish va nazorat qilish, 
o’quv-uslubiy xujjatlar va o’quv-uslubiy tahminotni ishlab chiqish;
2. Magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;
3. Magistrlar tayyorlash jarayoniningmonitoringini olib borish.
Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, magistratura ta’lim 
daturining oxirida aniq mutaxassislik bo’yicha “Magistr” akademik unvoni, 
munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi. 
Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga 
mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv 
muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin