70
7. Ilmiy-pedagogik kadrlar va talim oluvchilarning
ilmiy- ijodiy faoliyati, ilmiy
tadqiqotlari yordamida fan, texnika, texnologiyalarni rivojlantirish, ta’lim jarayoni
orqali mamlakat iqtisodining rivojlanishiga hissa qo’shish;
8. Davlat va nodavlat oliy o’quv muassasalarini rivojlantirish asosida ta’lim
xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltirish;
9. Oliy o’quv muassasalarini boshqarish va kengaytirishni takomillashtirish uchun
jamoat boshqaruvining vasiylik va kuzatuvchi kengashlarni kiritish;
10. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini tekshirish uchun marketing tadqiqotlarini
olib borish, yo’nalishi bo’yicha belgilangan
mehnat bilan tahminlash
monitoringini tuzish;
11. Oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama foydali xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Oliy ta’lim tizim tuzilmasi quyidagicha:
1. Tashkiliy tuzilmasidan (xususiy yoki davlat ta’lim muassasasi) qathiy nazar
ta’limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida tatbiq
etuvchi oliy ta’lim muassasalari;
2. Oliy ta’limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi
ilmiy-tadqiqot institutlari;
3. Davlat tomonidan ta’limni
boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli
bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar.
O’zbekiston respublikasida oliy ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi (1-
rasm).
Dostları ilə paylaş: