Nazorat uchun savollar:
1. Oliy ta’lim qanday ta’lim tushuntirib bering.
2. Bakalavr ta’limning qanday shakli, gapirib bering.
3. magistr ta’limning qanday shakli, gapirib bering.
4. O’zbekistonda oliy ta’lim muassasasining qanday turlari faoliyat
yuritadi?
5. Ilmiy-tadqiqot institutlari nima bilan shug’ullanadi.
6. Unversitetoliy ta’lim muassasasining qanday tur gapirib bering.
7. Akademiyaoliy ta’lim muassasasining qanday tur gapirib bering.
8. Institut ta’lim muassasasining qanday tur gapirib bering.
9. Fakulg’tet OTMning qanday bo’limi, gapirib bering.
10. Eksternat ta’limning qanday turi, gapirib bering.
98
5-MAVZU. BUXGALTERLARNI O’QISH JARAYONINI TASHKIL
ETISHNING ILMIY ASOSLARI
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar:
ixtisoslik, o’quv reja, gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik
fanlar, qo’shimcha fanlar, dasturiy o’qitish, nazariy ta’lim, amaliy ta’lim.
1. OTM LARDA KADRLAR TAYYoRLASH BO’YICHA XTISOSLIKLAR,
O’QUV REJALARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH
Oliy ta’lim muassasasida qanday mutaxasislar tayyorlashni, odatda, Vazirlar
mahkamasi tomonidan oliy ta’lim muassasining yo’nalish xususiyatidan kelib
chiqib belgilanadi, bahzi bir hollar bundan istisno. Masalan, O’zbekistonda iqtisod
soqasi bo’yicha mutaxasislar asosan Toshkent moliya instititutida, Toshkent
Davlar Unversitetida va Samarqand iqtisod va servis institutlarida tayyorlanadi.
Vazirlar Mahkamasi o’quv-uslubiy baza va o’quv-ilmiy salohiyat mavjud bo’lgan
noiqtisodiy OTMda ularning profillariga mos kelmaydigan iqtisodiy yo’nalishlar
bo’yicha mutaxasisliklar tayyorlashga ruxsat berishi mumkin. Mutaxasis
tayyorlash mutaxasislik bo’yicha Vazirlar Mahkamasi ishlab chiqqan va
tasdiqlagan Davlat Ta’lim Standrtiga, mutaxasilikning o’quv rejasiga va fanlar
99
bo’yicha o’quv dasturlarga asoslanadi.
Davlat ta’lim standarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi hamda shu mutaxasislikni tayyorlash bo’yicha o’quv rkja va o’quv
dasturlar ishlab chiqishga asos bo’ladi.
O’quv reja va unda ko’rsatilgan fanlar bo’yicha o’quv dasturlar, odatda,
tayanch oliy o’quv yurti tomonidan ishlab chiqiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq o’quv jarayoni o’qitishning modul tizimiga
asoslangan oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va
magistratura mutaxassisliklari bo’yicha malaka talablari, o’quv rejalari va o’quv
dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi berilgan.
Ta’lim bosqichlariga nisbatan o’quv rejalari bakalaviriat va
magistratura o’quv rejalariga bo’linadi.
Bakalavriat oliy ta’limning birinchi bosqichida o’quv rejalari va fanlar
dasturlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va
uzviylik tahminlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning
quyidagi majburiy fanlar bloklarini o’zlashtirishini nazarda tutadi:
1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;
2. Matematik va tabiiy-ilmiy;
3. Umumkasbiy;
4. Ixtisoslik;
5. qo’shimcha.
Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim muassasalari boshqa fanlar
bloklari ham belgilanishi mumkin.
O’quv rejasida kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash uchun malaka
amaliyotlari o’tilishi nazarda tutiladi. SHuningdek o’quv rejalar majburiy o’quv
fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o’z ichiga oladi.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejalari va fanlar dasturini o’zlashtirishda
talabalarning o’quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo’yicha
mustaqil bilim olishi va yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish nazarda tutilgan.
O’quv fanlari bloklari mazmuni qo’ydagi talablarga javob berishi kerak:
|