Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki: umumiy o’rta va o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan bilimlarni to’ldirishi va rivojlantirishi;
milliy istiqlol g’oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida
ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak mahnaviyat va demokratik
madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, ehtiqod va ijtimoiy-siyosiy
faollikni shakllantirishi; ta’limning tarix, falsafa, xalq anhanalari, urf-odatlari bilan
uzviy birligini, O’zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa
xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo’lishni tahminlashi;
insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhini rivojlantirishi; ta’lim va
tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har
tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilganligini
tahminlashi lozim.
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki: umumiy o’rta va o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda
bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to’plash, ularni qayta
ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati haqida oliy
darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi; koinotning tabiiy obhekt ekanligi va uning
evolyutsiyasi; tabiiy fanlarning o’zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy
hodisalarni tadqiq etish kontseptsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson
faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga putur yetkazmaydigan texnologiyalar
yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi; muayyan bilim
sohasi uchun zarur bo’lgan fundamental fanlarni chuqur o’rganishning ilmiy va
nazariy asoslarini tahminlashi lozim.
Umumkasbiy fanlar bloki: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus
fanlar o’rtasida ilmiy va nazariy bog’liqlikni tahminlashi; maxsus fanlarni
o’rganish va chuqur egallash uchun zarur bo’lgan fundamental umumkasbiy
bilimlarni, amaliy ko’nikma va o’quvlarni shakllantirishi; modelli tasavvurlarni
tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo’riqlariga oid bilimlarni
amalda qo’llash ko’nikmalarini tahminlashi lozim.