Oliy ta’lim muassasasi huquqiy (yuridik) maqomga ega bo’ladi va qo’ydagi
shakillarda tashkil topgan (2-rasm).
Universitet — oliy ta’lim dasturini bajarishda talabalarga egallayotgan
sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng
qamrovli bilim berishga ehtibor qaratilgan oliy ta’lim muassasasi.
2-rasm. Oliy ta’lim muassasalarini shakillari.
Unversitet qo’ydagi funktsiyalarni bajaradi :
1. Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta
tayyorlaydi;
2. Fanning turli yo’nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib
boradi;
Олий таълим
муассасалари
шакилларт
унверситет
академия
институт
75
3. ilm sohasi bilan chambarchas bog’liq ilmiy va metodik markaz
hisoblanadi.
Akademiya oliy ta’lim dasturini bajarishda oliy ta’lim berish bilan bir
qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir
yo’nalishga tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi bo’lib hisoblanadi.
Akademiyaning asosiy funktsiyalari :
1. Ta’lim sohasida ma’lum belgilangan oliy va oliy ta’limdan so’nggi
ta’lim berishga mo’ljallangan o’quv dasturini bajaradi;
2. mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini
oshiradi va qayta tayyorlaydi;
2. Fan, madaniyat, sanaht sohasida fundamental va amaliy ilmiy
tadqiqot ishlarini olib boradi;
3. O’z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi
hisoblanadi.
Institut — barcha oliy ta’lim muassasalari kabi oliy ta’lim dasturini
bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beradigan oliy
ta’lim muassasasi.
Institutning asosiy funktsiyalari:
1. Oliy va oliy ta’limdan keyingi o’quv dasturlarini bajarishni ta’lim va
fanning ma’lum bir mehyorida amalga oshiradi;
2. mutaxassislarni ma’lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini
oshirish bilan shug’ullanadi.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonunida oliy
ma’lumot olish uchun nodavlat muassasalarini tashkil qilishga ruxsat
berilgan. Hozirgi paytda respublikamizda 10 ziyod mustaqil yoki davlat
bilan sherikchilik asosida nodavlat ta’lim muassasalari va xorijiy ta’lim
muassasalari faoliyat yuritmoqda. Nodavlat ta’lim muassasasi Vazirlar
mahkamasi huzuridagi davlat attestattsiya va akkreditatsiya inspektsiyasi
tomonidani faoliyat yuritishi to’g’risida litsenziya bergandan keyin faoliyat
yuritish huquqiga ega bo’ladi.
76
Barcha oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-huquqiy tuzilmasidan qahtiy nazar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi
tomonidan pedagogik kadrlar va ta’lim muassasalarining attestatsiyadan o’tkazish
nizomi asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilar jamoasi har 5
yilda attestatsiyasidan o’tkaziladi. Attestatsiya natijalariga ko’ra ta’lim muassasiga
faoliyatini davom ettirishga ruxsat beriladi (bunday ta’lim muassasalari
akreditatsiyadan utgan deb hisoblanadi) yoki ta’lim muassasasining atestattsiya
natijalari akkreditatsiya talablariga javob bermasa oliy o’quv muassasasi davlat
akkreditatsiyasidan mahrum etiladi yoki ta’lim muassasiga qayta atestattsiyadan
utish uchun qo’shimcha vaqt beriladi.
O’zbekistonda ta’lim berish(olish)ning kunduzgi, kechki sirtqi, masofaviy va
eksternat shakillari mavjud.
Eksternat — oliy ta’lim standartlari va fan dasturlariga muvofiq
keyingi(joriy va yakuniy) attestatsiyagacha tanlangan yo’nalish (mutaxassislik)
bo’yicha mustaqil o’rganish asosida attestatsiyadan utish.
Masofaviy ta’lim — asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim
muassasasidan uzoqda turib o’quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni
o’zlashtirish, fanlar bo’yicha atestatsiyani zamonaviy axborot texnologiyalari va
telekommunikatsiyaning
texnik vositalaridan ya’ni dasturiy o’qitishdan
foydalanish orqali amalga oshirish.
Kunduzgi
o’qitish
bo’yicha
mutaxassislarni
tayyorlashning
yo’nalishlari O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
belgilanadi.
O’zbekiston respublikasida oliy ta’lim tizimining boshqaruvi Vazirlar
Maxkamasi va Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari
mavjud bo’lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalarni
bajaradi:
1. Bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat
ta’lim standartlarini, o’quv reja va o’quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish,
77
tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta’lim
muasalarini ular bilan tahminlash;
2. Oliy ta’lim yo’nalish va mutaxassislik klasifikotoriga zarur bo’lganda
o’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasi bilan kelishilgan holda
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;
3. Oliy ta’lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy tahminotini ishlab
chiqish va o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;
4. O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalari o’quv-uslubiy
boshqaruvini amalga oshirish;
5. Oliy va o’rta maxsus kasb xunar ta’limi kadrlarini taerlash, qayta taerlash
va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;
6. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini
tahminlash.
O’zbekistonda oliy ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shaklarini
rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining rektorlar kengashi
tashkil qilingan. Kengash Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
nizom asosida faoliyat yuritadi.
Oliy ta’lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan
amalga oshiriladi. Davlat oliy ta’lim muassasasi rektori O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta’lim
muassasalari rektorlari esa, tahsischilar tomonidan tayinlanadi.
Oliy ta’lim muassasasining ish natijalari uchun to’liq javobgarlik
rektor zimmasiga yuklatiladi. Rektorning asosiy vazifalari qo’ydagilar bo’lib
hisoblanadi:
1. OTM nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi;
2. OTMning mol-mulkga belgilangan tartbda egalik qiladi;
3. OTM nomidan xo’jalik shartnomalari tuzadi;
4. Ishonchnomalarni taqdim etadi;
5. Bankda oliy ta’lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar
boshqaruvchisi hisoblanadi;
78
6. OTM ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni
chiqaradi;
7. OTM prorektorlarining aniq majburiyatlarini va mahsuliyatlarini belgilab beradi;
8. Ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedpgogik xizmatchilarni o’zbekiston
respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan
bo’shatadi;
9. Oliy ta’lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining
ilmiy tadqiqot, tajribviy-eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va
ularning nizomlarini tasdiqlaydi;
10. oliy ta’lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yeki
qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi;
11. Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda
ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;
12. Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.
Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida,
oliy ta’lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va
oyliklariga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda, birinchidan, oliy ta’limni
boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy
kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega,
ikkinchidan, O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan
shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.
Oliy ta’lim muassasasida, uning faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy
masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi. Ilmiy kengashning
tarkibi, vakolatlari, tartibi va faoliyati Oliy Ta’limni Vazirining qarori bilan
tartibga solinadi. SHuningdek, oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi
bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. uning tarkibiga taosischilar, mahalliy
hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa
ta’lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va xomiylarning vakillari
kiritiladi. Oliy ta’lim muassasasi shu oliy ta’lim muassasasi qoshida tashkil topgan
79
akdemik litseylarning boshqaruvini va bir xil profilli kasb-xunar kollejlarini
hamda texnikumlarni homiyligini amalga oshiradi.
Amaldagi qonunchilk va mehyoriy hujjatlarga ko’ra oliy ta’lim
muassasasi qoshida dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy
va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga
o’hshash boshqa ijtimoiy tashkilotlar, jamoatchilik kengashi, ilmiy va
ko’ngilli jamiyatlar tashkil qilinishi mumkin. Oliy ta’lim muassasasi
tasdiqlangan ishchilar miqdori, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
mablag’lar chegarasida, talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda
belgilangan tartibda o’z tarkibini mustaqil shakllantiradi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tubdan isloh qilindi. 1997 yil 29
avgustda 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lgan O’zbekiston
Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni qabo’l qilingan. Ushbu
Qonunning asosiy maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar
o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda jamiyatimizning har bir
ahzosini bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini tahminlash bo’lib
hisoblanadi. Bunday ulkan maqsadga erishish uchun davlatning ta’lim
siyosatining qo’ydagi asosiy tamoyillari ishlab chiqildi:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3. Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: kademik litseyda yoki kasb-hunar
kollejida yoki texnikumda o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
8. Bilimli bo’lishni va isteododni rag’batlantirish;
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
Ta’lim to’g’risidagi qonunga ko’ra jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy
mansubligi, eotiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi,
80
ijtimoiy mavqei, turar joyi, O’zbekiston hududida qancha vaqt yashaganligidan
qatoi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
O’zbekiston fuqorolariga bilim olishda qo’ydagi huquqlar berilgan:
1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek
ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga bilim olish;
4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi
o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
5. Oilada yoki o’zi mustaqil ravishda ta’lim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan
o’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini
berish orqali tahminlanadi.
Fuqaroligi bo’lmagan Respublikada yashayotgan shaxslar ta’lim olishda
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Xorijiy davlat
fuqarolari xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan talablar asosida o’qishga qabo’l
qilinadi.
Ta’lim to’g’risidagi qonunga kura tegishli ma’lumot va kasb tayyorgarligi
hamda yuksak, ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslarga pedagogik faoliyat
bilan shug’ullanish huquqi berilgan. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud
hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida ishga qabo’l qilish
man etiladi.
Pedagog xodimlarni oliy o’quv yurtlariga ishga qabul qilish O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida
amalga oshiriladi.
Ta’lim
muassasasining
(institut,
akademiya,
universitet)
huquqiy maqomi
Ta’lim to’g’risidagi Qonunining
6-moddasida belgilab berilgan
bo’lib, unga ko’ra, Ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo
etiladi va ustav asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan
tartibda davlat akkreditatsiyasidan o’tgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga
ega bo’ladi va ta’lim faoliyati ko’rsatadi. Ularni akkreditatsiyalash Vazirlar
81
Mahkamasi qoshida tashkil qilingan attestattsiya – akkreditatsiya
komissiyasi tomonidan o’tkaziladigan attestatsi natijalariga ko’ra amalga
oshiriladi. Agar, ta’lim muassasi attestattsiya natijalariga ko’ra talabga javob
bermasa uning faoliyat ko’rsatish to’g’risidagi akkreditatsiyasi
(litsenziyadan) olib qo’yiladi.
Ta’lim muassasasi ta’lim to’g’risidagi qonunning 6-moddasiga ko’ra
o’quv-tarbiya majmuilari, o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari
va uyushmalariga ahzo bo’lishi yoki ular bilan hamkorlik qilishiga ruxsat
berilgan. SHuningdek, ta’lim muassasasiga tadbirkorlik faoliyatining qonun
bilan cheklanmagan barcha turlari, pullik o’quv kurslari, repetiterlik,
maslahat berish ishlarini tashkil qilishga hamda mahsulot ishlab chiqarish,
xizmat ko’rsatish, ishlar bajarish bilan shug’ullanishlariga ruxsat berilgan.
Oliy ta’lim muassasasi faoliyatini Davlat ta’lim standartlari talabi
asosida tashkil qiladi. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus,
kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni
belgilaydigan mehyoriy hujjat bo’lib, uning talablarini bajarish O’zbekiston
Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy bo’lib
hisoblanadi.
Ta’lim
muassasalarida
ta’lim
berish
tili
«Davlat
tili
haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga
oshiriladi:
1. Maktabgacha ta’lim;
2. Umumiy o’rta ta’lim;
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
4. Oliy ta’lim;
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
7. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
8. Maktabdan tashqari ta’lim.
82
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim bola olti-etti
yoshga kirgunga qadar oilada hamda mulk shaklidan qathi nazar bolalar
bog’chasida va boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichda olib boriladi, birinchi bosqich, 1–4
sinflar, ikkinchi bosqich, umumiy o’rta ta’lim, 5–6 sinflar. Maktabning birinchi
sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o’rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi. Bolalarning qobiliyati, isteododini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan
litseylar va boshqa maktablar shaklida tashkil etilishi mumkin.
Maxsus kasb-hunar yoki oliy ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o’rta
ta’lim asosida kasb-hunar kollejida, texnikumda yoki oliy ta’lim muassasida
o’qishning yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Kasb-hunar kollejlari va texnikumlar tomonidan beriladigan hujjat (diplom)
fuqorolarga egallangan kasb-hunari bo’yicha ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tahminlaydi. Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida)
umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va texnikumlar asosida amalga oshiriladi
hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to’g’risidagi
hujjatlar asosida ikki shaklda davlat byudjeti mablag’lari yoki kontrakt to’lovlari
asosida amalga oshiriladi: bakalavriat va magistratur shaklida. Bakalavriat oliy
ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida
to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha
bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Ikkinchi,
uchinchi va undan keyingi oliy ma’lumot faqat shartnoma asosida beriladi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik
kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahminlashga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlari
83
va ilmiy-tadqiqot muassasalarida,
adhyunktura,
ordenantura,
tayanch
doktorantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida am alga
oshiriladi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar
va unvonlar berish Vazirlar Mahamasi qoshida tashkil qilingan Oliy
Attestattsiya Komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi natijalariga yoki
yillar davomida bajargag ilmiy-tadqiqot ishlarining ahamiyatiga ko’ra qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Kadrlar bilmini oshirish, yangilash hmda ularni kasb bilimlari
va ko’nikmalarini chuqurlashtirish qayta tayyorlash malaka oshirish tizimi
orqali to’lov–kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qonunning 16-bandiga
ko’ra Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muddatlari,
malaka oshirish joylari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi
ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini samarali tashkil
etish maqsadida, davlat organlari, sport va sanaht vazirliklari, jamoat
birlashmalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
kontrakt-to’lov asosida amalga oshiriladi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari,
sanaht
maktablari,
musiqa maktablari,
studiyalar,
kutubxonalar,
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Ularning
faoliyat ko’rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi.
SHu qonunning 17-moddasi bilan O’zbkiston fuqorolariga oilada
ta’lim va mustaqil ta’lim olishga ruxsat berilgan. Bunday ta’lim tegishli
ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. Davlat oilada
ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko’maklashadi. Ta’lim
oluvchilarga
vakolatli
davlat
muassasalari
tomonidan
uslubiy,
maslahat va boshqa yordamlar ko’rsatiladi.
84
Qonunga ko’ra ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat, shahodatnoma, diplom,
sertifikat, guvohnoma
38
, shuningdek, oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga
o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari (soati) va fanlarga qo’yilgan
baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga
belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Ilmiy unvon olgan
mutaxasislarga attestat beriladi.
Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi
bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o’rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida
har ikki tomonning ma’lumot to’g’risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o’zaro tan
olinishi mumkin (nostrifikatsiya qilinishi mumkin), bunda diplomi tan olingan
shaxsga O’zbekiston diplomi taqdim etiladi.
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan
namunadagi
ma’lumotnoma
beriladi.
Davlat
tasdiqlagan
namunadagi
ma’lumotnoma ta’lim muassasalarida navbatdagi bosqichda ta’lim olishni davom
ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo’yicha ishlash huquqini beradi.
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 3-qismida ta’lim jarayoni qatnashchilarini
ijtimoiy himoya qilish tartibi belgilab berilgan. Unga ko’ra ta’lim oluvchilarga
qonun va tarmoqlarning mehyoriy hujjatlarga muvofiq imtiyozlar berish,
stipendiya va yotoqxonada joy bilan tahminlanishi nazarda tutilgan.
Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishning qo’ydagi
tartiblaridan foydalaniladi:
1. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati;
2. Haqi to’lanadigan yillik uzaytirilgan taotillar;
3. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar.
38
.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki
mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo’yicha
ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta’lim muassasalarida o’qitilishi shart bo’lgan
va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan mutaxassisliklar bundan
mustasno.
85
SHuningdek ta’lim muassasalari rahbarlari ish haqi fondi doirasidagi
mablag’lar hisobidan mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga
tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to’lash va uni
rag’batlantirishning turli shakllarini qo’llashlari mumkin.
Qonunda yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy
vakillarining vasiyligisiz qolgan hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida
nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish uchun ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari tashkil etish nazarda tutilgan. Ularni boqish davlatning
to’la tahminoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Bolalar va o’smirlarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish
va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining
roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan
amalga oshiriladi.
Yetim bolalar va jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan,
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalar va o’smirlarni
o’qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun. Ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarining o’quvchilari qisman yoki to’la davlat tahminotida bo’ladi.
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o’qishga muhtoj bo’lgan bolalar
va o’spirinlarning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini
tahminlash uchun davlat tomonidan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya
muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tash muassasalarida
saqlanayotgan shaxslarning ta’lim olishi va mustaqil bilim olishi uchun
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan boshqariladi. Qo’ydagilar Vazirlar Mahkamasining ta’lim
sohasidagi vakolatlari bo’lib hisoblanadi:
1. Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
2. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
86
3. Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
4. ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini
belgilash;
5. ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni
attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilash;
6. Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining
hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar
berish;
7. Qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarini
tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
8. Davlat ta’lim standartlari tasdiqlash;
9. davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
10. davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini
belgilash;
11. Davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
12. Ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;
13. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ta’lim sohasi maktibgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy va o’rta maxsus
ta’limi Vazirliklari va Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
boshqariladi. Vazirliklarga ta’limni boshqarish bo’yicha qo’ydagi vakolat berilgan:
1. Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish;
2. Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga
rahbarlik qilish;
3. Davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb
tayyorgarligiga bo’lgan talablar bajarilishini tahminlash;
4. O’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni,
ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish;
5. O’quv va o’quv-uslibiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
87
6. Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim
muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;
7. Davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritish;
8. Pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta
tayyorlashni tashkil etish;
9. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’limni boshqarish bo’yicha
qo’ydagi vakolat berilgan:
1. Ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
ehtiyojlariga muvofiqligini tahminlaydilar
;
2. Ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar,
(respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno), ularning
Ustavlarini ro’yxatga oladilar;
3. O’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash
miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;
4. Ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga
bo’lgan davlat talablariga rioya etilishini tahminlaydilar;
5. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
O’zbekistonda Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika
va mahalliy byudjetlar mablag’lari, shuningdek byudjetdan tashqari
mablag’lar (korxonalarning homiylik mablag’lari, chet el grantlari, kontrakt-
to’lov mablag’lari) hisobidan amalga oshiriladi.
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 32-moddasiga ko’ra qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet
ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan ta’limni
rivojlantirish fondlari tashkil etiladi. Bu fondning mablag’lari hisobidan
pedagog kadrlarni horij davlatlarining Universitetlarida stajirovka utishi,
malaka oshirishi va tajriba almashish hamda ularning xorij davlatlarida
tayanch doktoranturalar utish maqsadlari uchun foydalaniladi.
88
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 33-moddasiga ko’ra ta’lim muassasalari
ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet
davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatadilar,
belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etadilar.
O’zbekistonda Korya, Rossiya, Latviya, Xitoy, Angliya, AQSH va boshqa
davlatlarning nufuzli Unversitetlari bilan hamkorlikda 15 dan ziyod qo’shma
institutlar va fakultetlar tashkil qilingan.
Qonunning 29-moddasiga ko’ra ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi
organlari
39
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to’g’risidagi
qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning
faoliyatini to’xtatib qo’yishi mumkin. Nodavlat ta’lim muassasalarida qabul davlat
o’quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim rivojlanishini uch bosqichga ajratish
mumkmn:
1. Birinchi bosqich, ta’lim to’g’risidagi huquqiy – mehyoriy, hujjatlarni,
o’quv – uslubiy, moddiy texnika bazani yaratish, 1995-2010 yillar;
2. Ta’limni rivojlantirish 2010 – 2015 yillar;
3. Ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim berishda xalqaro amaliyotdan
foydalanish, 2017 yildan hozirgacha.
Dostları ilə paylaş: |