Buxoro amirligida ularning mansab va amaldorlari



Yüklə 26,5 Kb.
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü26,5 Kb.
#36991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligi

AHOLINING AHVOLI

Buxorolik dehqonlarning aksariyat ko`pchiligi kambag`allikda kun kechirardi, chunki yer va ish hayvonlari amir va uning amaldorlari qo`lida edi. Mang`it amirlari Buxoroda butun hokimiyatga ega bo`lib, ularning zo`ravonlik bilan hokimiyatga putur yetkazishi mumkin bo`lgan biron-bir norozilik chiqishlariga yo`l qo`yishmasdi. Davlatda hurfikrlik, norozilikka nisbatan o`ta murosasizlik kuzatiladi. Amir vauning a'yonlari mamlakatdagi siyosiy ahvol ustidan sergaklik bilan kuzatib turishardi. Davlat amaldorlari keng tarmoqlangan armiyasini moddiy ta'minlash uchun moliyaviy mablag`larni kemirardi. Amirning Peterburgga oqpodsho saroyiga katta sovg`a-salom bilan har yili borishi, shuningdek, Qrim va Kavkazga borganida ehsonlar qilishi va saroylarni sotib olishi bilan bog`liq bo`lgan ulkan sarf-xarajatlari ham aholi yelkasiga og`ir yuk bo`lib tushar edi.

Buxoro amirligidagi soliqlardan aholining 90 foizini tashkil etuvchi dehqonlar hammadan ko`p aziyat chekardi. Dehqonlardan ko`pi kasodga uchradi va shaharlarga yollanib ishlash uchun ketib qolishdi. Soliqlarni to`lash uchun ular olibsotarlar, sudxo`rlar, yirik zamindorlar yerlarida mehnat qilishga majbur bo`lishar edi.

Dehqonlar zulm bilan murosa qila olmay, zolimlarga qarshi oshkora qarshi chiqdilar. 1916-yildan keyin dehqonlar qo`zg`alonlari yalpi ommaviy harakatga aylanib, amalda amhiikning barcha bekliklarini qamrab oldi. Norozilik chiqishlari aksariyati stixiyali, uyushmagan bo`lsa-da, ular amirlik hokimiyatini nuratib borardi.

Amir Muzaffar hukmronligi davrida (1860—1885) ijtimoiy zulm haddan oshdi. Bu davrda soliqqa tortishda pul ko`rinishidagi yig`imlar yetakchi o`rinni egallagan edi. Ishlab berish majburiyatlariko`rinishidagi ishbay renta ham keng qoilanardi. Xiroj, zakot va juz'ya asosiy soliqlar edi. Yerdan olinuvchi xiroj solig`i miqdori ayrim viloyatlarda hosilning 40-50 foiziga yetardi va amir daromadlarining yarmidan ko`pini tashkil etardi. Xiroj bilan bir rnahalda kafsan soliq yig`imi ishlari uchundorug`a — xirmonlarni xatga olgani uchun amaldoiga dorug`ayi muzd ham undirilardi. Chorvadorlar mollari qiymatidan 2,5 foiz zakotto`lashardi. Bog`lar va polizlardan alohida yig`im — tanobona to`langan. Dehqonlar ma'muriyat vakillari yerlarni egallab olishidan, mahalliy hokimiyat va sud hokimiyati namoyandalarining poraxo`rligi va tovlamachiligidan azob tortishar edi. Agar dehqonning soliqni to`lashga puli bo`lmasa, uning mol-mulki tortib olinar edi.

Kasodga uchrash, qashshoqlikning tuban darajasi, amaldorlarning hokimiyatdagi sui-iste'molla'riga qarshi norozilik dehqonlarni lo`zg`alon ko`tarishga majbur qilar edi. Eng yirik qo`zg`alonlardan biri rahnamosi nomi bilan atalgan Baljuvon bekJigidagi (hozirgi Tojikiston) 1885-yilgi Vose' qo`zg`aloni bo`lgan. Qatorasiga ocharchilik yillaridan so`ng Baljuvon dehqonlari lik bora mo`lko`l hosil yig`ibolishgandi. Amlokdorlar esa nafaqat o`sha yil uchun, balki o`tib ketgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to`lashni talab qildilar. Bunday soliqni adolatsizlik va talonchilik deb bilgan dehqonlar uni to`lashdan bosh tortdilar hamda kambag`al bir dehqon rahnamoligida qo`zg`alon ko`tardilar. Amaldorlar zo`ravonligi va ijtimoiy zulmdan ezilgan minglab dehqonlar Vose' tevaragiga uyushdilar. 1885-yil iyul oyining so`nggi kunlarida dehqonlar armiyasi va amir Muzaffar lashkari qaqshatqich qattiq jangda to`qnashdilar. Yomon tayyorgarlik ko`rgan dehqonlar qo`shinlari mag`lubiyatga uchradi. Rahnamolarining barchasi, jumladan, Vose' ham qatl etildi.

Boshqa bir yirik dehqonlar qo`zg`aloni 1888-yili Ko`lob bekligida bo`lib o`tdi. 1889-yil may oyida Kalif dehqonlari isyon ko`tardilar. Biroq bu qo`zg`alonlarning barchasi stixiyali va uyushmagan edi. Ular nafrat isyoni bo`lib, dehqonlar amlokdorlami o`ldirishar, beklarning uylariga hujum qilib, yoqib yuborishar, mol-mulkini talashar edi. Bu isyonlar davlat asoslariga katta ta'sir o`tkaza olmasdi.


Yüklə 26,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin