Buxoro amirligida ularning mansab va amaldorlari


ICHKI VA TASHQI SAVDONING RIVOJLANISHI



Yüklə 26,5 Kb.
səhifə4/10
tarix02.01.2022
ölçüsü26,5 Kb.
#36991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligi

ICHKI VA TASHQI SAVDONING RIVOJLANISHI

XIX asrning oxirida Buxoro amirligi Afg`oniston, Hindiston, Eron, Kavkaz va Rossiya bilan savdo aloqalariga ega bo`lgan. Buxoro, Chorjo`y, Kerki, Termiz va Kogon (Yangi Buxoro)da Rossiya firmalari o`z idora va omborxonalariga ega bo`lishgan. Rossiya va Buxoro amirligi o`rtasida tovar aylanishi o`sib bordi. Agar 1865-yilda tovar aylanishi atigi 5 million rublni tashkil etgan bo`lsa, 1913-yilga kelib, bu ko`rsatkich 66 million rublgacha ko`paydi.

Buxoro amirligi hududi ulkan foyda keltiruvchi transit savdo uchun katta ahamiyatga ega edi. Rossiya va Afg`oniston o`rtasidagi barcha savdo yo`llari Buxoro amirligi orqali o`tardi. Rossiya Afg`onistonga katta miqdorda movut, chinni buyumlar, baxmal, chit, gugurt va kerosin chiqarar edi.

1887-yilda amirlik hududi orqali temiryo`l o`tkazildi. Buxorodan 15 km masofada Yangi Buxoro va Kogon stansiyasi qurilishi boshlab yuborildi. Bu yerda amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham barpo etildi. Endilikda Buxoro amirligi temiryo`l orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog`langandi. 1888-yilga kelib temiryo`l Samarqandga qadar qurib kelinganida Buxoro amirligi hududida temiryo`l stansiyalari yaqinida rus qishloqlari paydo bo`la boshladi. Yangi Buxoroda Rossiya davlat banki bo`limi ochildi, ikkita paxta tozalash zavodi, Yevropa namunasida ikkita mehmonxona barpo etildi. Eski Buxoroda ham Moskva xalqaro banki bo`limi ochildi. Eski Buxorodagi qushbegi uyi va Rossiya siyosiy agentligi qarorgohi ilk paydo bo`lgan telefon aloqasi bilan bog`langan edi.

Biroq 1895-yil Buxoro amirligi bilan Rossiya bojxonasi yagona tizimiga birlashdi. Rossiya tovarlari uchun Buxoro hududi ichki bozorga aylantirildi va amirning Rossiyaga qaramligini oshirdi.


Yüklə 26,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin