Adabiyot
Xiva va Qo’qon xonlaridan farqli o’laroq, mang’it hukmdorlar madaniyat, xususan, adabiyot taraqqiyotiga qiziqish bilan qaraganligi, adabiy ijod bilan bog’liq biron-bir masalani hal etib berish yoki ijod ahliga sharoit yaratib berganliklari sezilmaydi.
Bu davrning o’ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy (XVIII asrda yashab ijod etgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag’allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778- yilda o’zining ajoyib «Xusnu Dil» dostonini yaratgan. o’zbek adabiyotining katta yutug’i sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari - Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g’oyat go’zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklarning timsoli edi.
Asardagi obrazlardan biri ishq o’zining dadil va oqilona qarorlari, harakatlari bilan har xil mamlakatlarning tur]i qarashlarga ega hukmdorlarini bir bitimga olib keladi va hammaning muhabbatiga sazovor bo’ladi. Oxir-oqibat ularning hammasi bir-birlari bilan yarashadilar. Ishq oldida ta’zim bajo keltiradilar va uning farmonlariga bo’ysunishga mayl izhor etadilar. Shu tariqa, Nishotiy dostonida odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonJik o’rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi.
Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o’ziga xoslik - bu, adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligidir. Bu o’rinda uning «Qushlar munozarasi» majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlar, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug’langan. Asarda laylak, zog’, bulbul, tovus, to’ti, xumo kabi jami 14 ta qush o’rtasida bo’lib o’tgan bahs tasvirlangan. Muallif qushlar bahsi orqali insonga xos takabburlik, xudbinlik, maqtanchoqlik kabi illatlarni qoralagan. U 38 g’azal, 14 muxammas va bitta qasida yozgan.
Bu davrning yana bir mashhur shoiri Mujrim-Obid edi (1748-1818). U «Mujrim» hamda «Obid» taxalluslari bilan ijod qilgan. Uning turkiy devonida 459, forsiy devonida 206 g’azal bor.
Shoirning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi. Ularda shoirning axloqiy qarashlari, pand-nasihatlari aks etgan.
Buxoroda Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola va Junaydulloh Hoziq kabi o’nlab iste’dodli shoirlar ham ijod qilganlar.
Volaning (1770-1842) ko’zi tug’ma ojiz bo’lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om etgan edi. Shoir o’z she’rlaridan 2 ta devon tartib beigan. Bizgacha 3 ming misra she’rlari yetib kelgan. o’z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan.
Dostları ilə paylaş: |