Buxoro amirligida ularning mansab va amaldorlari



Yüklə 26,5 Kb.
səhifə5/10
tarix02.01.2022
ölçüsü26,5 Kb.
#36991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligi

FAN VA MAORIF

Buxoro shahrida bir necha yuzlab masjidlar bo`lgan. Ibodatxonalarning barchasi musulmon an'analari sarchashmasidan suv ichgan betakror arxitekturaga ega edi. Masjidlar bir qavatli, ikki qavatli va ko`shkli qilib qurilgan. Buxoro shahrida 170 ga yaqin katta va kichik madrasalar boiib, ularda qariyb 10 ming mullavachchalar (oddiy o`qituvchilar), mudarrislar (tajribali o`qituvchilar), imomlar (oliy ruhoniy arboblar) va ulamolar — mamlakat hukmdorining istalgan harakati ustidan fatvo (xulosa) berishga haqli bo`lgan qonunshunos olimlar xizmat qilishardi. Bu yerda nafaqat Buxoro amirligidan, qolaversa, Qozon, Orenburg va hatto Qrimdan kelgan talabalar ham tahsil olishardi. Musulmon olamining barcha go`shalaridan ilohiyot bilimlarini o`rganish maqsadida Buxoroga kelishardi. Madrasalar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lib, ular daromadi qariyb 5 million tangaga boruvchi ulkan vaqf mulklariga ega edi.

O`quv muassasalari ikki bosqichdan, ya'ni boshlang`ich — maktab va oliy - madrasadan iborat edi.

Madrasa qoshidagi maktablarda imomlar o`qituvchilik qilishar edi. Bu yerda qur'onni o`qishga o`rgatilar edi. Maxsus maktablar hisoblangan qorixonalarda o`quvchilar qur'onni yodlashar va qur'onni qiroat bilan yoddan o`quvchi, ya'ni qori nomini olishar edi.

Madrasada ular arab alifbosi va yozuvini, qur'onning tafsirini va diniy bilimlar — huquqshunoslik va tarixdan ozroq miqdorda ta'lim olishar edi. Zamondoshlarining ma'lumotlariga qaraganda XIX asrning o`rtalarida Buxoroda madrasa talabalari soni 9 mingdan 10 ming nafargacha yetar edi.

Madrasa va masjidlar katta vaqf mulkiga ega bo`lib, undan tushgan foydadan o`qituvchilarga maosh va talabalarga stipendiya to`lanar edi. Mudarrislardan biri tushgan foydaning xarajat qilinishini nazorat qilar edi. Har yili madrasada bo`lib o`tadigan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan din xizmatchisi umrbo`yi beriladigan stipendiya — dahyak olar edi.

Buxoro O`rta Osiyoning ma'rifat markazi hisoblanar edi. Bu yerga Xiva, Qo`qon, Hisor, Samarqand va boshqa ko`plab viloyatlardan talabalar kelib o`qishar edi. Samarqand o`zining o`tmishdagi fan vamadaniyat markazi maqomini yo`qotdi, masjid va madrasalar qarovsiz qoldi, o`qishni istaganlar Buxoroga ketishga majbur bo`ldilar.

Og`ir iqtisodiy ahvolga qaramasdan, Buxoro ilm-fan va san'at, she'riyat va rnusiqa markazi bo`lib qolaverdi. O`sha davr taraqqiyparvar doiralari g`oyalarini yorqin ifodalagan ajoyib o`zbek shoiri vamutafakkiri Ahmad Donish (Ahmad maxdum) Buxoroda yashagan va ijod qilgan edi. Uning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar) va "Buxoroyi sharif mang`it amirlari muxtasar tarixi" asarlari uzoq asrlardan beri qaror topgan tartibotga qarshi yo`naltirilgan edi.

Ahmad Donish o`sha davrda O`rta Osiyo xalqlari ilg`or ijtimoiy fikrining e'tiborli vakillaridan biri bo`lib, u tabib, shoir, musiqachi, rassom, munajjim, olim va xattot bo`lgan. Ahmad Donish ma'rifatparvarlik harakati asoschisi deb hisoblanadi. Ahmad Donish o`z mamlakatidagi siyosiy ishlarga faol aralashuvchi tarixchi sifatida o`z asarida Buxoroning mang`it amirlari hukmronligi tarixini keskin va shafqatsiz satira ostiga oladi. "Risolai tarixiya" yoki "Tarixi saltanati xonadoni mang`itiya" asarida ko`pgina tarixiy voqealarni yangicha yoritgan. Unda amir Doniyol hukmronligining so`nggi yillari va uch amir — Shohmurod, Haydar va Nasruilo hukmronligi to`g`risida muxtasar hikoya qilinadi. Ahmad Donish mustabidning cheksiz hokimiyatiga qarshi chiqib, davlat kengashi tuzishni taklif etadi. Asarda asosiy e'tibor amir Muzaffar (1860—1885) hukmronlik qilgan davr voqealariga hamda amir Abdulahad (1885—1910) hukmronlik qilgan davr boshidagi voqealarga bag`ishlangan, ya'ni muallif o`zining ko`z o`ngida yuz bergan va o`zi guvoh bo`lgan voqealarni tasvirlagan. Asarda podsho hukumatining O`rta Osiyoga uyushtirgan harbiy hujumlariga, Jizzax va Samarqandning bosib olinishiga katta o`rin ajratilgan. Ahmad Donish rasmiy tarixning eski an'analarini buzib, yangi siyosiy e'tiqodlarini jasurlik bilan e'lon qilgan va o`z davri ijtimoiy fikrida yangi ilg`or yo`nalishga asos solgan. U mamlakatdagi ilg`or harakatning asosiy kuchi xalqni ma'rifatli qilishda, deb bilgan. Buxoro amirining hukmronligini, badavlat qatlamlar va oliy ruhoniylarning aysh-ishratli hayotini tanqid qilgan. "Har bir kishi mehnat qilishi va o`z mehnati bilan topgan mablag`i hisobiga kun kechirishi darkor", — degan edi Ahmad Donish. U asarlarida o`qish va bilim egallashga da'vat etgan.

Shunday qilib, Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida taraqqiyparvar demokratik asosga ega bo`lgan o`ziga xos madaniy hayot vujudga kelgandi. Iste'dodli o`zbek ustazodalarining ko`plab avlodlari tomonidan

yaratilgan milliy an'analar saqlandi va ijodiy rivojlantirildi. Buxoro zargarlari, kulollari va hunarmandlari buyumlari 1884-yilda Venada bo`lib o`tgan Butunjahon ko`rgazmasida ishtirok etib, shakllarining nafisligi va tasvirlari aniqligi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan edi.


Yüklə 26,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin