Buxoro davlat pedagogika instituti


Uning faoliyat ko‘lami ko‘p joyni egallaydi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə123/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

7. Uning faoliyat ko‘lami ko‘p joyni egallaydi. Bu “rahbar hech bir harakatsiz o‘tiradi”, degani emas. Shunchaki, u o‘z hududini chegaralamaydi, o‘zi uchun qaysi vaziyat, holat qulay bo‘lsa, shunga muvofiq harakat qiladi. YA’ni, istagan joyida yuradi, narsa va kishilar joyini o‘zgartiradi (nazokat bilan o‘tib ketishi uchun ozgina surilishlarini so‘raydi). U qo‘l harakatlari bilan atrofdagilarga nimalarni e’tibordan qochirmasliklari zarurligini anglatuvchi vizual maydon hosil qiladi. Boshqalardan farqli ravishda baland yoki past ovozda gapirishi bilan o‘ziga xos ovoz maydonini yaratadi.
8. Aniq maqsadni ko‘zlaydi. U shunchaki muassasa faoliyatiga doir ishlar haqida gapirmaydi, balki atrofdagilarga qaysi maqsad sari intilishayotganini eslatib turadi. Bu bilan u asosiy maqsadni hamisha yodda tutishi va hamsuhbatlariga hamkorlikdagi harakatlari besamar emasligini, bu aniq natijaga intilish ekanligini ifodalaydi.
9. Xodim jamoa faoliyatining barcha jihatlari uchun kuchli mas’uliyatni his qilmay osongina “Menga nima?”, “Men shunchaki oddiy xodim bo‘lsam!”, “Qo‘limdan nima ham kelardi!”, deya o‘z zimmasidan mas’uliyatni soqit qilishi mumkin. Rahbar esa hech qachon bunday deya olmaydi. U hatto o‘zi muassasada bo‘lmagan vaqtda yuz bergan voqea-hodisalar uchun ham javobgar, mas’uliyatlidir.
10. Jamoa va o‘zining shaxsiy faoliyatiga to‘g‘ri baho bera oladi. U jamoa a’zolarini samarali, ijobiy bajarilgan ishlari uchun maqtaydi yoki tanbeh beradi. U o‘zini jamoa faoliyatiga baho berishga haqli, huquqli deb hisoblaydi va atrofdagilar ham uning bu huquqini tan olishlarini istaydi.
Umuman aytganda, insoniyatning ikki xil toifadagi shaxslardan iboratligi ko‘p bor takrorlanadi. Birinchi toifa – liderlar, ikkinchisi esa – ijrochilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ham mushohada yuritish asosida o‘zlarining qaysi toifaga mansub ekanliklarini aniqlab olishlari lozim. YA’ni, ular qaysi toifaga mansublar: liderlar toifasigami yoki ijrochilar toifasiga? Garchi lavozimi nuqtai nazardan ayrim boshliqlar jamoaga rahbarlik qilsalar-da, biroq, ish jarayonida ish yuritish, boshqaruv faoliyatini tashkil etishda lider emas, balki oddiy ijrochi ekanliklarini namoyish etadilar.
Boshqaruv jarayonida “rahbardan xodimlarni bilish, ularning qobiliyat va bilim saviyalariga qarab o‘quv muassasasining, o‘quv-tarbiya jarayoni uchun tanlash, o‘z o‘rniga tayinlash, zarur ko‘rsatma, buyruqlarni bera bilish va ularning to‘liq bajarilishini talab qila olish, o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy xususiyatlarini sezish, joyida ularning imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlata olish” talab etiladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin