Buxoro davlat pedagogika instituti


Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganish quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə168/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganish quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:

  • mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganishning mohiyati, mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va vositalarini o‘rganish;

  • turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiy-nazariy va pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish;

  • tahsil oluvchilarning o‘quv-bilish faolligi, mustaqilligi va bilimlar darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini isbotlash;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texnik-texnologik bilimlarni sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash.

Ko‘p hollarda ta’lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli va majmuaviy yondoshuvlar sinonim sifatida talqin etiladi. Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini o‘rganilayotgan ob’ektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi. Lekin ular bir-biridan mohiyatiga ko‘ra ham farqlanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida integrativ yondoshuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit ob’ektning ichki va tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib borilishi mumkin. Kichik mutaxassislarni tayyorlashda integrativ yondoshuv mutaxassislikka oid bilim, ish-xarakat usullari va shaxsiy safat hamda fazilatlarni yaxlitligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi.8
Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi.
"Pedagogika" o‘quv predmeti integrativ fan sifatida quyidagi masalalar o‘z yechimini qanday topganligiga bog‘liq holda uning samaradorligi aniqlanadi:

  1. Integrativ o‘quv predmeti tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv predmetining qanday vazifa echimini ta’minlashdagi roli;

  2. Nisbatan tor doiradagi o‘quv predmetlarining didaktik vazifalarini integratsiyalash jarayonida to‘liq saklab qolgan holda umumiy maqsadga bo‘ysundirilishi;

  3. Integrativ o‘quv predmetini o‘rganish metodikasi, shakli, metodlari, vositalari va shart-sharoitlarini majmuaviy ishlab chiqish.

Yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarga xotima berib aytganda, tizimli, majmuaviy va integrativ yondashuvlarning umumiylik jihatlari mavjud bo‘lib, o‘ziga xos tafovutlarga ham egadir. Umuman olganda integrativ yondoshuvga tizimli va majmuaviy yondoshuvlarning natijasi sifatida qarash mumkin.
Integratsiya muammosini didaktik jihatdan tadqiq etilishi – uni ta’lim prinsipi sifatida talqin etilishini talab etadi. Metodik nuqtai nazardan olib qaraganda integratsiya ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtiruvchi va ko‘zlangan natijani kafolatlovchi shart-sharoit va usul deb tadqiq etilishidir.
Integrativ yondashuv ilmiylik, kasbiy yo‘nalganlik, politexnizm, uzviylik, muntazamlik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, tabaqalashtirish kabi didaktik prinsiplar bilan aloqadorlik hamda uyg‘unlikda amalga oshiriladi. O‘z navbatida integrativ yondoshuv ham hech qachon boshqa didaktik prinsiplarga o‘xshab o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik va metodik masalalar echimini aniqlaydi.
O‘quv materiali mazmunini integratsiyalash didaktik jarayon sifatida ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovli, tizim shaklidagi tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Uni tahlil qilish (o‘rganish) tizimli-tuzilmaviy yondoshuvni talab etadi. Chunki uning funksiyasi, tarkibi, tuzilishi va shu kabi muhim xususiyatlarini o‘rganish ko‘zda tutiladi. Maxsus fanlarni integratsiyalashda ulardagi barcha xarakterli xususiyatlarni sintezlash emas, balki eng muhim va umumiy g‘oyalar, muammolarni sintezlash ko‘zda tutiladi.
Integratsiyalash alohida o‘quv predmetlari chegarasida amalga oshiriladigan nazariy sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez shaklida namoyon bo‘lib, bevosita umummilmiy bilimlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. Integratsiya – sintezning yuqori darajasi hisoblanadi. Bilish jarayonida, tahlil qismlarga ajratish, sintez esa ularni birlashtirish (umumlashtirish) sifatida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Gegel falsafasidagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida turli hil tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birga o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalashadi.
Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shakllarining turli - tumanligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun ta’limning natijasi maktab ta’limining 1-bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyati cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchani ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich ta’limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
Bir qator ishlar boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish sohasidir. Boshlang‘ich maktab fanlari integratsion aloqalarining mohiyati haqida olimlar orasida qaramaqarshiliklar ko‘p.
Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik.
Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer – butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz:

  1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.

  2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.

Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson). U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni echa olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich - tabiat haqidagi elementar bilimlarni birlashtirish; oraliq - fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. SHu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limni to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi.
Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqala amalga oshiriladi. Bilimlarning eng oddiy umumlashtirishi sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi.
Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. SHu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasidagi bo‘shliqlarni chegaralashga imkon beradi.
Bayon qilingan psixologik dalillar yordamida boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninning “Pedagogika” kitobida darslarda qo‘llanadigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta’lim muammolari aks etmagan. Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya – differensiya jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir.
O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv – differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi.
Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari etishmaydi.
Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir. Qator olimlar maktab ta’limini integratsiyalashning muhimligiga e’tibor qaratsa, ba’zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi.
Demak, integratsiya - o‘quvchining turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli shakllarini almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishini oldini oladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin