Buxoro davlat pedagogika instituti


Hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirish metodi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə136/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirish metodi



Tayanch tushunchalar: hamkorlik, hamkorlik ta’limi, hamkorlik strategiyasi, hamkorlik ta’lim texnolgiyasi, jamoada, kichik guruhda, juftlikda, xatti-harakatlar yordamida, dahldorlik asosida, jestlar, ohanglar yordamida, muloqotdagi masofa orqali, vizual xarakterdagi o‘zaro hamkorlik, baho, “o‘qituvchi-ota-ona”, “o‘quvchi-ota-ona” ,”o‘qituvchi-o‘quvchi”.
1. Hamkorlik ta’limi texnologiyalarining didaktik mohiyati.
Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’lim Konsepsiyasi” asosini tashkil etadi. Hamkorlik pedagogikasi insonparvarlik pedagogikasi bilan uzviy va o‘zaro aloqadordir. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi ko‘pdan qo‘llab kelinmoqda. Bu g‘oya ilk bor D.Dyui tomonidan XX asrning 20 yillarida ilgari surilgan. Lekin ushbu pedagogikaning metodik tavsifi 70 yillarning oxiri, 80 yillarning boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida Rossiya, Buyuk Britaniya, Kanada, G‘arbiy Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Yaponiya, va Isroilda matbuotda e’lon qilingan.

Hamkorlik ta’limi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi.



Hamkorlik ta’limiyo‘nalishlari:

  • ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;

  • talabalarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish;

  • ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin