Husayn Voiz al-Koshifiy – bolaning fikrlash qobiliyatini o‘stirish haqida ayniqsa, ota-onalar oldiga ma’suliyatli vazifalar qo‘yadi, har bir ota-ona o‘z farzandini tarbiyalashga jiddiy yondoshib, unga ijobiy xislatlarni o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki oiladagi muhitning ta’sirida tarbiyalanib boradi deb fikr bildiradi.
Ahmad Donish ijodida xotin-qizlarga munosabati, ota-onalar huquqi, madaniyati masalasi ham alohida o‘rinda turadi.U ota-ona huquqini belgilash, ular bilan bolalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa haqida to‘xtalib, o‘z huquqlarini suiste’mol qilgan ota-onalar huquqini belgilash haqida gapirar ekan, ular bilan bolalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa haqida to‘xtalib, o‘z huquqlarini suiste’mol qilgan ota-onalarni tartibga chaqirib qo‘yish lozimligini aytib, ularning huquqini chegaralashni taklif etadi. Ota-ona o‘z huquqlarini, bolalar o‘z huquqlarini bilishlari va bajarishlari kerakligini aytadi.
M.Behbudiy qarashlaricha, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birgalikda olib borilishi lozim, aks holda fojealar ro‘y beradi, degan g‘oyani oldinga suradi. Maktab har qancha to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa-yu, ota-onalar bolasini boshqa tomonga tortadigan bo‘lsa, bola tarbiyasi tamoman izdan chiqadi.
O‘tmish boy merosimizdan foydalanib biz pedagoglar oila tarbiyasiga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Hech kim yomon xulqli bo‘lib tug‘ilmaydi, yoshlarning axloqiy sifatlari u tarbiyalanyotgan muhit va berayotgan tarbiyaga bog‘liqdir.
Barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasi, “XXI asr mahallasi” konsepsiyasi, “Barkamol avlodni tarbiyalashda mahalla institutining roli” mavzusidagi tadbirlarining tashkil etilishi O‘zbekiston taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shmoqda. Ana shularni e’tiborga olib “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasida “Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar” deyiladi. Har bir o‘qituvchi o‘zi boshqarayotgan sinf ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borib qonun va milliy dastur mohiyatini ota-onalarga tanishtirib, ular bilan hamkorlikda ish olib borishlari kerak.
Ta’lim oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi, ijtimoiy buyurtma ko‘lamining kengayishi, ta’lim jarayonida o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Chunki o‘quvchi ta’lim jarayonining faol subektiga aylandi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalariga qo‘yiladigan “baho” o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi o‘rtasidagi barcha pedagogik munosabatlarni tartibga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Chunki o‘quvchiga qo‘yiladigan baho quyidagi vazifalarni bajaradi.
Baho, “o‘qituvchi-ota-ona”, “o‘quvchi-ota-ona”, ”o‘qituvchi-o‘quvchi” kontekstida tahlil qilinadi, o‘quvchi ta’lim jarayonida olgan bahosi orqali maktabni oila bilan, ota-onani o‘qituvchi bilan bog‘laydi. Natijada ota-ona uzluksiz ta’limning bevosita ishtirokchisiga aylanadi. Shu asosda “O‘qituvchi-ota-ona-o‘quvchi”ni bir-biri bilan uzviy bog‘lab turuvchi yaxlit tizim vujudga keladi, bu esa subektlar orasidagi o‘zaro pedagogik xamkorlikni ta’minlaydi. Natijada baho orqali ota-onalar farzandlarining intellektual rivojlanishi, o‘quv faoliyati, xulqi, ma’naviy dunyoqarashidan xabardor bo‘lib turadilar. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda baho obektiv hamda subyektiv xarakterga ega. Baho yordamida o‘quvchining xulq-atvori va o‘zlashtirish darajasi muayyan talablar va axloq meyorlariga qay darajada mos kelishi aniqlanadi. O‘qituvchilar va ota-onalar o‘quvchi faoliyatiga baho berishi natijasida uning ruhiyati hamda harakatlarida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, oilaning mahalla, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, jamoat tashkilotlari bilan hamkorligining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi jamiyatimizda ko‘p yillardan buyon ko‘zda tutilgan va unga shart-sharoit yaratib berilayotgan jamiyat taraqqiyotini belgilovchi oilalarni shakllantirishga asos soladi. YUqoridagi fikirlardan kelib chiqib aytish joizki, ta’lim jarayonida hamkorlik pedagogikasiga tayanish – bu avvalo, o‘quvchida jamoaviylik, o‘z o‘rtoqlarining aqliy va axloqiy fazilatlari bilan faxrlanish, jamoa tarkibida o‘zining munosib o‘rniga egaligi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini tarbiyalash, uni jamoa tarkibida faol bilim olishga o‘rgatish demakdir.