Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlar nazarda tutiladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq.
Kasbiy faoliyatni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompetentlikning asosiy elementlari Davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topgan. Rahbar va pedagog xodimlari bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatlarni, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi tilni o‘zlashtirish, jamoada ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishni bilishni o‘z ichiga oladi.
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’limamerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965 yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma’nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «uquv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuv e’tirof etildi.
Pedagogning kompetentligi – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir.
Pedagogik kompetensiyaning shakllanish bosqichlari:
Qobiliyatni aniqlash
Tarbiyalash va shakllantirish
CHiniqtirish (kichik hajmdagi topshiriqlar berish)
Ishonch (mustaqil rahbarlik lavozimiga tayinlanish)