Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi. YAponiya



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

15.3. Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi. YAponiya 
Markaziy bankining mustaqillik darajasi. O`tish iqtisodiyoti 
mamlakatlari Markaziy banklarining mustaqillik darajasi. 
Ko`rilayotgan davrda markaziy banklar darajasida xalqaro 
aloqalar muvaffaqiyatli rivojlandi. Bunga yaqqol misol qilib, Evropa 


249 
Valyuta Tizimini tashkil topishi va Evropa Markaziy bankini tuzish 
rejasini ko`rsatish mumkin. 
Biroq, 80-yillarning o`rtalaridan, milliylik xususiyatlarining 
yo`qotilishi va markazlashmagan siyosatlarning boshlanishi bilan 
markaziy banklarning “qudratli”ligi nazariyasi tarafdorlari chet el 
ilmiy doiralarida sezilarli darajada kamaydi. SHunday qilib, 80-
yillarning oxirlarida g’arbiy Evropada markaziy banklarning pul-
kredit siyosatidagi roli hamda valyuta bozoridagi operatsiyalar ustidan 
bo`lgan nazoratining pasayishi yuz berdi. 
SHundan kelib chiqib, Markaziy bankni tartibga solish 
mexanizmining xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal 
qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo`nalishlari o`rtasida etarli darajada 
o`xshashliklarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi 
kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi bqyicha) 
Markaziy banklarning roli ham kuchayadi, tartibga solishning 
ma`muriy metodlarini qqllash kengayadi, va aksincha, monetaristlar 
nazariyasining ta`siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvining 
kamayishi 
oqibatida 
markaziy 
banklarning 
iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga 
majbur bo`ladilar. SHunday vaziyatlarda Markaziy bank vakolati-ning 
bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi muammolarni 
echish uchun Moliya Vazirligiga beradi. 
Biroq, g’arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni 
ko`rsatadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi qrnini o`zgarishiga 
sub`ektiv omillar ham katta ta`sir ko`rsatishi mumkin, shu jumladan, 
hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko`rsatish mumkin. 
Misol uchun, g’arbiy Evropadagi mamlakatlar Markaziy 
banklarining roli o`zgarishini o`rganishga bag’ishlangan tadqiqotlarda 
bir qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini 
shu milliy bank tizimining boshqaruvida ko`zga kqringan xukumat va 
xalqaro doiralarda obrq-e`tibori yuqori bo`lgan moliya arboblari 
boshqarganligini ta`kidlaydilar. Buning oqibatida qsha davrdagi milliy 
valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi xukumatning iqtisodiy 
chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qqllash mumkin 
bo`lgan edi. 
U yoki bu Markaziy bankning o`zfaoliyatidagi mustaqillik 
darajasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi)ga 
xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklar 
mustaqilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan 


250 
markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib 
(farqlanib) turadi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-
kredit siyosatini tanlash va qtkazishda davlat boshqaruv organlariga 
ko`proq yoki kamroq qaramligiga e`tibor beriladi. 
Markaziy 
bankning 
iqtisodiy 
mustaqilligi 

bu 
uning 
o`zinstrumentlaridan o`zi xohlagan yo`nalishda va chegaralanmagan 
miqdorda foydalana olishiga aytiladi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar markaziy bank-larining 
turkumlanishi 
pul-kredit 
siyosati 
masalalarini 
hal 
etishdagi 
mustaqilligi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga 
oshiriladi. 
Umuman olganda markaziy banklar mustaqilligining ustunligini 
qrganish tadqiqotlarida yo sub`ektiv, yoki ob`ektiv omillarga baho 
berib, ajratish mumkin. Masalan, sub`ektiv omillar sifatiga mamlakat 
Markaziy 
banki 
bilan 
xukumat 
o`rtasidagi 
o`zaro 
rasmiy 
munosabatlarni hamda Markaziy bank rahbarlarining xukumat doirasi 
bilan bo`lishi mumkin bo`lgan norasmiy aloqalarni tanlab 
ko`rsatishgan. CHet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqillikning 4 
ballik tizimi tanlangan: 1-balga - markaziy banklarning davlat 
boshqaruvidan past darajada mustaqilligi, ya`ni tqla qaramligi; 4-
ballga - mustaqillik darajasi juda yuqori bo`lgan markaziy banklar 
kiradi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi 
omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. 
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan 
qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil 
bo`lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o`rtasidagi farq 
faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim 
tavsiya etishida namoyon bo`ladi. Ko`pgina rivojlangan davlatlarda 
(Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Daniya, SHveytsariya, 
Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya etgan nomzodlar 
saylanadi yoki tayinlanadi. 
Bunday 
sharoitda 
mamlakat 
Markaziy 
bank 
rahbariyati 
boshqaruvida etakchi lavozimdagi shaxs katta rol’ qynaydi. Masalan, 
Nemis Federal banki rahbarligiga Frantsiya banki rahbarlariga 
qarama-qarshi ravishda yuqori tashkilot hisoblangan Moliya 
Vazirligidan chiqqan xizmatchilar saylanmaydilar. Frantsiya banki 


251 
raisi va uning birinchi 2-ta yordamchisi Respublika Prezidenti 
tomonidan maxsus dekret asosida tayinlanadi. Bu dekret Vazirlar 
Kengashida tasdiqlanadi. Avstriya milliy bankining umumiy 
yig’ilishida bosh kengashga 6 a`zoni ta`sischilar saylaydilar; 
prezidentni, 2-ta vitse prezidentni va kengashning qolgan 5 a`zosini 
Moliya Vazirligi tayinlaydi. Bunda, saylanayotgan shaxs ishlashga 
rozilik bildirmasa yoki boshqa shaxsning nomzodini ko`rsatsa, 
saylovlar tayin qilinadi, agar saylangan shaxs vafot etsa, u holda yangi 
nomzodlikni Moliya Vazirligi tayinlaydi. Kengashning 6 a`zosi 
saylanish davrida aktsionerlardan etarli ovoz ololmasalar, ularni ham 
Moliya Vazirligi o`zi tayinlashi mumkin. 
Kqrilayotgan davlatlardan faqatgina Italiya va Gollandiyada 
Markaziy bankning boshqaruviga saylash uning o`znomzodlaridan 
kelib chiqadi. Biroq, bu holda ham saylanish davlat tuzilmalari 
tomonidan tasdiqlanishi kerak. 
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun 
bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. 
Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk 
Britaniya, Avstriya, SHveytsariya)ning markaziy banklar raislarini, 
boshqaruv a`zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bo`shatib 
bo`lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq 
bo`lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya) 
Ko`pgina 
iqtisodiy 
rivojlangan 
mamlakatlar 
(Germaniya, 
SHveytsariya, Frantsiya, YAponiya, Daniya, Avstriya)da Markaziy 
bankning faoliyat doirasi va asosiy maqsadlari Konstitutsiyada va 
Markaziy bank haqidagi qonun hamda shu kabi boshqa banklar 
faoliyati haqidagi qonunchilikda o`z aksini topadi. 
Nemis Federal bankining asosiy maqsadi va vazifalari doirasi 
mamlakat Konstitutsiyasida aniq belgilab qo`yilgan. Bu milliy 
valyutaning barqarorligini ta`minlash kafolatidir. 
Nemis Federal banki haqidagi qonunda bosh bank tizimi oldiga 
uch asosiy vazifa: 

pul muomalasini tartibga solish; 

iqtisodiyotni kredit bilan ta`minlashni tartibga solish; 

to`lov aylanmasini amalga oshirish qqyilgan. 
Nemis Federal bankining vazifalari, maqsadlari va yo`nalishiga 
yaqinroq bo`lgan Avstriya Milliy bankini misol tariqasida keltirish 


252 
mumkin. Markaziy bankning vazifasi qonunda umumlashgan holda 
aks etgan va ayni vaqtda uning ruxsat etilgan operatsiyalari aniq 
ko`rsatilgandir. 
Avstriya bank qonunchiligining o`ziga xos xususiyati, uning 
Markaziy bank qonunchiligida qatnashish huquqiga ega ekanligi 
hisoblanadi. 
Pul-kredit sohasiga tegishli qonun loyihalarining hammasi 
Markaziy bankka ko`rib chiqish uchun ma`lum vaqtga beriladi va 
uning roziligidan so`nggina tasdiqlanadi. 
Bu borada Angliya Markaziy banki mavqei o`zgachadir.
1
Uning 
asosiy vazifalari qonuniy tartibda ham qayd qilinmagan, shu bilan 
birga Moliya Vazirligiga ham bqysinmaydi. Angliya Markaziy 
bankining vazifalari bu sohada milliy urf-odatlarga tayanadi, bu esa 
o`znavbatida Angliya bankining tashkil topishdagi tarixiy hujjatlariga 
asoslanadi. Mustaqillik darajasi nisbatan past bo`lgan markaziy 
banklarga Frantsiya va Italiya markaziy banklarini misol qilib 
ko`rsatish mumkin. Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo`nalishini 
xukumat belgilashi qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank 
esa, xukumat ko`rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini 
qtaydi. 
Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab Frantsiya banki Moliya 
Vazirligi 
qaramog’idadir. 
Pul 
bozoridagi 
interventsiyaning 
tashabbuskori ham, nemis markasiga nisbatan frantsuz franki kursini 
ushlash masalasi hamda Evropa Hamjamiyati bozorining tashkil 
topishida valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham xukumat 
ishtirok etmoqda. Davlatning pul-kredit siyosatiga aralashuvi qonunda
ko`rsatilganligi va uning darajasi kengligi omiliga keyingi 
mamlakatlar guruhini Buyuk Britaniya, Gollandiya, SHvetsiya va 
YAponiya mamlakatlari egallaydi. Bu mamlakatlarda davlat 
organlarining Markaziy bank siyosatiga aralashuvi, unga yql-yqriq 
ko`rsatishi, uning qarorini bekor qilishi va shu kabilar qonunda aniq 
belgilangan. 
Angliya Markaziy banki tashkil topishida o`zining haqiqiy 
mustaqilligini yo`qotgan. Davlat bilan Markaziy bank o`rtasidagi 
munosabatlar 1946 yilda qabul qilingan “Angliya banki haqidagi 
qonun”ning 1-bo`lim 4-bandi bilan tartibga solinadi. SHu qonunga 
1
Cavyn D., Financial times, Tuesday Aprel 1, 2007, pg 20: Freedom balanced by scrutiny. 


253 
muvofiq, Moliya Vazirligi Markaziy bank ustidan sezilarli ta`sir 
qtkazish uchun rasmiy huquqga ega hisoblanadi. SHu sababli, Angliya 
banki vazifalarni bajarishdagi mustaqilligini yqqotdi va u xukumat 
siyosatiga jiddiy qarshilik qila olmaydi. 
Angliya banki ma`muriyatining fikrlari Moliya Vazirligi 
tomonidan tinglanadi va pul-kredit siyosati masalalarini echishda 
e`tiborga olinadi, biroq, Angliya bankining pul-kredit siyosati Moliya 
Vazirligining oddiy qarorini o`zida aks etadi. Faqatgina Angliya banki 
ma`muriyati a`zolarining professionalliklari, biznes aloqalari va obro`-
e`tiborlari 
ularning 
xukumat 
siyosatiga 
nisbatan 
bo`lgan 
mustaqilliklarini o`zida namoyon qiladi. 
Angliya banki faoliyat ko`rsatishga nisbatan ko`proq ta`sir 
ko`rsatishga ega. Daniya va Avstriya Markaziy banklari esa pul-kredit 
siyosati yuritishda xukumatning aralashuvidan mustaqillik darajasi 
bo`yicha oldingi o`rinlarda turadilar. Bu davlatlarning qonunchiligi 
xukumat Markaziy bankining pul-kredit siyosatiga aralashuviga 
rasmiy ravishda yo`l qo`ymaydi, biroq, markaziy banklarni 
xukumatning iqtisodiy siyosatiga moslab siyosat yuritishlarini o`zaro 
moslashishi talab qilinadi.
Avstriya Milliy banki faoliyati ustidan Moliya Vazirligi nazorat 
olib boradi. Moliya vaziri bank faoliyatining qonuniyligi bo`yicha 
qonun oldida javobgardir. U davlat komissari va uning o`rinbosarlarini 
tayinlaydi, ular Bosh Kengashning yig’ilishlarida o`zovozlari bilan 
ishtirok etishlari hamda dalolatnoma va tushuntirish xatlarini talab 
qilishlari 
mumkin. Davlat komissari Markaziy bank Bosh 
Kengashining qarorini orqaga surishga huquqi bor, bunda albatta qaror 
komissarning fikricha, amal qilayotgan qonunchilikka zid kelishi 
kerak. Biroq, Markaziy bank qonunda ko`rsatilgan faoliyatni va 
operatsiyalarni amalga oshirsa, davlat komissari ham Moliya vaziri 
ham aralashishga huquqi yo`q. SHu orqali bir tomondan, Avstriya 
Milliy banki mustaqilligi qonun bilan mustahkamlangan, boshqa 
tomondan esa, davlat organlari Markaziy bank siyosatiga bevosita 
rahbar saylab va nazorat o`rnatib, ta`sir ko`rsatishi mumkin. 
Oxirgi 
to`rtinchi 
guruh 
mamlakatlarga 
Germaniya 
va 
SHveytsariyani ko`rsatish mumkinki, bu davlatlarning markaziy 
banklari eng mustaqil hisoblanadi. Bu mamlakatlar qonunchiligida 
davlat 
Markaziy 
bankining 
pul-kredit 
siyosatiga 
aralashuvi 
ko`rsatilmagan. SHveytsariya Markaziy bankini xukumat iqtisodiy 


254 
siyosatiga moslashishi xususida qonunchilikda qayd qilinmagan. 
Germaniyada Markaziy bank siyosati mamlakat xukumatidan qonun 
bo`yicha mustaqil qilib belgilab qqyilgan. 1924 yilda Germaniyada 
bo`lgan inflyatsion inqiroz davrida aniq bo`ldiki, Markaziy bank 
faoliyatini xukumat ta`siridan chegaralash kerak. Germaniya Federativ 
Respublikasi emissiya bankining to`liq mustaqilligi 1948 yilda qayta 
tiklandi. 
Bank bilan Federal xukumat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar 
“Nemis Federal banki haqida”gi qonunda quyidagicha ta`riflangan: 
“Nemis Federal banki o`z vazifalariga muvofiq tarzda xukumatning 
umumiqtisodiy siyosatini qo`llab-quvvatlashga majbur. qonunda 
belgilanishicha, u o`z majburiyatlarini bajarishda xukumatga 
bo`ysinmaydi”.
1
50-yillarning o`rtalaridan boshlab, Nemis Federal banki o`z 
siyosati oldiga bosh maqsad qilib “nemis markasining barqarorligini 
ximoyalash va inflyatsiyaga qarshi kurashish” deb belgiladi. Bu 
maqsad, 1957 yilgi “Nemis Federal banki haqida”gi qonunda o`z 
ifodasini topgan va mustaqilligi poydevorining asosiy qismini tashkil 
etadi. Nemis Federal banki va xukumat o`rtasidagi o`zaro munosabat 
masalasining boshqa tomoni ham qiziqarlidir. Aniqrog’i, Nemis 
Federal 
Xukumati 
Markaziy 
bankning 
yuqori 
darajadagi 
mustaqilligini qanday baholaydi? Konrad Adenauer xukumatning 
Markaziy bank mustaqilligiga munosabati nuqtai nazarini ta`riflab, - 
“Markaziy bankning mustaqilligi doimo ma`qul emas, lekin bu juda 
xotirjam qiladi”, deb aytgan.
2
Biroq, bunday hamjihatlik tabiiyki, 
doimo amalga oshmaydi. Ko`pgina markaziy banklardan, shu 
jumladan, xukumatdan mustaqilligi bilan nom chiqargan milliy 
banklardan farqli ravishda Nemis Federal banki amaliyotida o`zining 
alohida mavqeiga ega ekanligini bir necha bor isbotladi. 
Misol tariqasida “qo`shilish” munosabatining birinchi kunidan 
boshlab, Nemis Federal banki tomonidan kalendar’ yilga pul 
massasining chegarasini qattiq belgilashini va unga amal qilishini, 
g’arbiy va SHarqiy Germaniyaning qo`shilishidan so`ng yangi federal 
erlarni rivojlantirish uchun moliyalashtirish bo`yicha sabab bo`lgan 
1
“Закон о Немецком Федеральном банке в новой редакции от 22 октября 1992 года”. 
Спец. изд. Немецкого Федерального банка №7, 1993 г.
2
Наумченко О. “Роль Центрального банка в денежно-кредитном регулировании 
экономики”.: Москва, 1995 г.


255 
munozaralarga 
imtiyozli 
yondoshilmagan 
holda 
siyosat 
yurgizganligini keltirish mumkin. Nemis Federal bankining o`sha 
vaqtdagi prezidenti Karl Otto Pel’ bank islohotining boshidan boshlab 
uning hamma mexanizmlari yagona bank tizimining rivojlanishi 
yo`nalishiga istisno va engilliklarsiz amalga oshishi uchun qat`iy turdi. 
Markaziy bank mustaqilligining beshinchi omiliga xukumatning 
kreditlashni chegaralanganligi qonunda ko`rsatilganligida namoyon 
bo`ladi. Xukumatning kreditlashni chegaralashi Markaziy bankning 
iqtisodiy mustaqilligiga ham, siyosiy mustaqilligiga ham ta`sir 
ko`rsatadi. Biroq, bu omil faqatgina Markaziy bank tomonidan 
xukumatni bevosita moliyalashtirish tizimining mavjud ekanligida 
ahamiyatlidir. Bunday tizim dunyoning ko`pgina rivojlangan 
mamlakatlarida tarqalgan. Istisno tariqasida AQSH va Buyuk 
Britaniyani ko`rsatish mumkin. CHunki, bu mamlakatlarda davlat 
zayomlarining taqsimlanishi ochiq bozorda amalga oshiriladi.
Bu belgi bo`yicha ko`proq Germaniya, Avstriya va Gollandiya 
markaziy banklari mustaqilroqdirlar. Federatsiya xukumatining va 
erlar (hududiy bo`linmalar)ni boshqaruv organlarini bevosita 
moliyalashtirish imkoniyatlari masalan, Avstriya Milliy banki uchun 
qonun bo`yicha chegaralangan. Bu guruhning boshqa mamlakatlari 
singari istisno tariqasida davlatning qimmatbaho qog’ozlarini 
chiqarish orqali qisqa muddatli kreditlar beriladi. 
Bu belgi bo`yicha mustaqillik darajasining ikkinchi guruhiga 
Yaponiya va Frantsiya Markaziy banklarini kiritish mumkin. Bu 
davlatlarda xukumatni kreditlash mamlakat parlamenti tomonidan 
tasdiqlanadi hamda qonun bo`yicha qat`iy mustahkamlangandir. 
Shveytsariya, Italiya, SHvetsiya va Daniyada xukumatni 
kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy 
banklarining bu mezon bo`yicha davlatga qattiq qaramliklarini 
ko`rsatadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin