Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazoat uchun savollar 
 
1.Fanning predmeti va vazifalarini ayting? Pulning paydo 
bo`lish sabablarini yoritib bering?
2. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi hamda pulning 
mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllarini tushuntirib bering?
3. Pulning funktsiyalarini yoritib bering? “Pul, kredit va 
banklar” fanining predmeti va vazifalarini aytib bering?
4. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o`zaro aloqadorligini 
yoriting? Qiymat shakllarining evolyutsiyalarini hamda uningoddiy 
yoki tasodifiy shaklini yoritib bering?
5. Pulning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi 
o`ziga hos xususiyatlarini ochib bering?. 
6.
 
Kredit pullari va ularning turlarini keltiring va ularga tavsif 
bering?
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
2-MODUL. PUL NAZARIYALARI 
 
1.
 
Pulning metallilik nazariyasi.
2.
 
Pulning nominallik nazariyasi.
3.
 
Pulning miqdoriylik nazariyasi. 
4.
 
Zamonaviy monetarizm nazariyasi.
 
2.1.Pulning metallilik nazariyasi 
 
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar 
tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo`lib, ular pul 
sifatida faqat oltin va kumushni ko`rdilar va ular jamiyat boyligining 
manbai deb hisobladilar. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi 
munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo`lib 
kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari 
va pul muomalasiga bo`lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib 
chiqardi. Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik 
nazariyalarni keltirish mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu 
nazariyalar ham o`zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo 
bo`lishiga asos bo`ldi. 
Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni 
shakllantirishga ta`siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar 
kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo`lgan davrda vujudga keldi. 
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari 
xo`jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul 
nazariyasi keng tarqaldi. Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda
fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida
shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, 
T.Men, P.Nors, CHayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada 
U.YUst; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi. 
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga
asoslanadi. 
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab
hisoblanadi. Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo`linadi: 
1.
Ilk merkantilistlar. 
2.
So`nggi merkantilistlar. 


41 
Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari
suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga
ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va
kumush zaxiralari bilan belgilanadi. Aktiv pul balansi - deganda
oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori
ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi
tushiniladi. Ilk merkantilistlar davlat protektsionizm siyosatini
qo`llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan 
oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to`sqinlik qilishi zarur. 
So`nggi merkantilistlar pulning asosiy funktsiyasi bu jamg’arish 
funktsiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII 
asr oxiriga qadar Yevropada so`nggi merkantelistlarning qarashlari 
hukmron g’oyaga aylandi. So`nggi merkantelistlarning eng taniqli 
vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli 
ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida 
emas balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga 
ta`siridadir degan xulosaga keldi.
T.Men birinchi bo’lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi.
Ushbu yangilik quyidagilardan iborat: 
1.
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda
tovarlarni import qilish mumkin. 
2.
Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni
xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin. 
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni
ko`paytiradi. Tomas Men birinchi bo`lib umumiy savdo balansi
degan tushunchani kiritgan. 
So`nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari 
surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular 
mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo 
munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini
tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush
tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o`tishi
bilan o`z vaznining bir qismini yo`qotadi, natijada ayirboshlash
munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib 
metall tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon 
urushi ta`sirida Yevropada oltin standarti bekor bo`ldi.


42 
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan
qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko`ra pul
jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar
baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi.
Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson , J.Key metall pullar
muomalasini inkor etganlar. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin