Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

2.3. Pulning miqdoriylik nazariyasi.
 
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki
muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va 
pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda
ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. 
Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va
kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar
bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Shu bog’liqlikni birinchi
bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi. 
J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metall tangalarni
yemirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi
XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.YUm; Fransiyada
Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga
nisbatan qo`llashning mumkinligini asoslab berishdi. 
Klassik iqtisodchi D.Rekardo pulning miqdoriylik
nazariyasini tarafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini
yaratgan. Ushbu nazariyaga ko`ra metal pullarning qiymati ularni
ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan
belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo o`zining ushbu qoidasiga
qarshi chiqdi. U yozadiki ayrim davlatlarda pulning qiymati
muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda o`zgaradi. 
Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid
qildi. Marksning fikriga ko`ra miqdoriylik nazariyasining eng kata
xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning
muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat
o`lchov funktsiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha
pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va
tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega
bo`lmaydilar deganlaridadir.


45 
Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar
qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi. Pullar qiymati va
tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi
shakllanadi. 
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalari bilan K.Marks
o`rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo`ladi. 
Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul
miqdorining ko`payishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik
nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul
miqdorining ko`pligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX
asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. 
XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi paydo
bo`ldi. 
1.
Transaksion ( I.Fisher yaratdi) 
2.
Kembridj 
1911-yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi
nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv
tenglamasi o`z ifodasini topdi. 
MV=PQ 
M-muomaladagi pul massasi 
V- pulning aylanish tezligi 
P –tovarlarning o`rtacha bahosi 
Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori 
P=MV/Q 
Fisherning xulosasiga ko`ra tovarning bahosi muomaladagi
pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga to`g’ri proporsional. 
Bunda Q va V o`zgarmasdir. Bu ikkala komponent o`zgarmas
bo`lganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar
bahosining o`zgarishi muomaladagi pullarning o`zgarishiga
bog’liq. 
Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani
Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o`laroq Marshal va Pigu
tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy
e’tiborini xo`jalik sub’ektlarining kassa qoldiqlarini o`zgarishiga
qaratdilar. 
M =KPY 
K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo`jalik
yurituvchi sub’yektlarning pul shaklidagi nominal daromadiga


46 
qarab o`rganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga
qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi: 
muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari
proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining
miqdori va ularning hisobidan qilingan xarajatlar nisbatiga
bog’liq bo`lganligi sababli muomaladagi pul miqdorining 
o`zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning o`zgarishiga
bog’liq. 
Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki
xil varianti keltiriladi: 
-pulning qulay to`lov vositasi. 
-ko`zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal
daromadning bir qismini pulda saqlash. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin