Buxoro davlat universiteti b. T. Jurayev



Yüklə 227,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix21.12.2023
ölçüsü227,22 Kb.
#188989
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
12519 1 EA983669DB540C696AE6093834829CB760730EC8




 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
B.T.JURAYEV 
 
 
 
Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish 
metodikasi fanidan kurs ishi tayyorlash 
bo’yicha metodik ko’rsatma 
5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’limi yo’nalishi 
talabalari uchun 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Buxoro - 2021 



Mazkur metodik ko‘rsatma bakalavriatning 5110900 – Pedagogika va 
psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kurs ishi, 
uning mazmuni, reja tuzish va kurs ishini rasmiylashtirish, kurs ishiga xulosa yozish 
tartibi ko‘rsatilgan.
 
 
 
 
Tuzuvchi: 
B.T.Jurayev – pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

Taqrizchi: 
ped.f.doktori, professor Sh.Sh.Olimov 
 
 
 
Metodik ko’rsatma Buxoro davlat universiteti o’quv-metodik Kengashining 3-son 
bayonnomasi (27.10.2021) bilan nashr etishga tavsiya etilgan. 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga 
qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati
ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni 
o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish 
dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash 
jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or 
xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish 
sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
Buxoro davlat universitetida ta’lim oluvchi 5110900 – Pedagogika va psixologiya 
bakalavriat ta’lim yo’nalishi 5-6-semestrlarda “Pedagogik va psixologik fanlarni 
o’qitish metodikasi” fanidan kurs loyihasini bajarish ko’zda tutilgan. Bo‘lajak pedagog 
mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy, axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy 
jihatdan komil inson sifatida tarbiyalash “Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish 
metodikasi” fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur fan orqali bo‘lajak 
mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodga yuksak 
ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga doir ilmiy-nazariy, amaliy-metodik 
bilimlar, zarur ko‘nikma va malakalar hajmini, o‘qituvchi shaxsida namoyon bo‘lishi 
lozim bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari kerak. 
“Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmunida 
mutaxassislik fanlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, milliy va jahon ta’lim tizimidagi 
ilg‘or g‘oyalarning uyg‘unligi, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy ilm-
fan, texnika, texnologiyalar taraqqiyotini o‘ziga aks ettirib, hozirgi zamon pedagogika 
fanining so‘nggi yutuqlari hamda uzoq yillar olib borgan ilmiy kuzatish va mazkur 
fanni o‘qitish tajribasiga tayanib, mazkur fanning ilmiy-metodik asoslari xususida fikr 
yuritilgan. 

Yüklə 227,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin