Buxoro davlat universiteti b. T. Jurayev


KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI



Yüklə 227,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix21.12.2023
ölçüsü227,22 Kb.
#188989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
12519 1 EA983669DB540C696AE6093834829CB760730EC8

KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. 
Kurs ishi yakuniy malakaviy ishning turi bo‘lganligi uchun uni baholash nafaqat 
muallif tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning sifatiga, balki kurs ishining umumiy 
uslubiy tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Avvalo, bu uning kompozitsiyasida aks 
etadi.
Kompozitsiya-kurs ishini shakllantirish, ya’ni muallif matnning barcha tarkibiy 
darajalarida qurish, asarning alohida elementlarini yagona va mantiqiy bir butunlikka 
joylashtirish borasidagi ishlardir. Tadqiqot materiali nafaqat kerakli ma’lumotlarni 
taqdim etishi, balki fikrlash mantig‘ini ham o‘rgatishi kerak. Mantiqiy reja oddiy 
materialdan murakkabroq va ma’lum axborotdan yangi axborotga o‘tish izchil, 
bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tarzda ishlab chiqiladi, shunda bir bayon 
boshqasidan kelib chiqadi. 
Bu masalada standart yo‘q va bo‘lishi mumkin emasligiga e’tibor berish kerak. 
Muallif tadqiqot natijasida olingan materialni tartibga solishning u yoki bu tartibini 
tanlash huquqiga ega-bunda qo‘llaniladigan yagona mezon tadqiqot mavzusining ichki 
mantiqiy munosabati va oshkorasidir. 
SHunga qaramay, kurs ishining muayyan kompozitsion tuzilishi an’anaviy tarzda 
shakllantirilgan bo‘lib, asosiy elementlarini qo‘yidagi tarzda tartibga solish talab 
etiladi: 
-
titul varag‘i; 



-
mundarija; 
-
kirish; 
-
asosiy qism (boblar va paragraflar); 
-
xulosa; 
-
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 
-
ilovalar 
Titul varag‘i 
Titul varag‘i qo‘yidagilarni qamrab olishi kerak: 
-
ta’lim muassasasi va kafedra nomi; 
-
ta’lim yo‘nalishi; 
-
kurs ishi mavzusining raqami va nomi; 
-
talabaning to‘liq ismi; 
-
rahbarning ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, familiya, ismi-sharifi; 
-
“topshirish sanasi”, “himoya sanasi”, “baholash”. 
-
kurs ishi yozilgan joy va yil. 
Mundarija 
Mundarija titul varag‘idan keyin joylashtiriladi. Mundarija kurs ishining barcha 
sarlavhalarini o‘z ichiga oladi va ular boshlanadigan sahifalarni ko‘rsatadi. 
Mundarijadagi sarlavhalar kurs ishi matnidagi sarlavhalarni aynan takrorlashi kerak.
Kirish 
Kurs ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning 
tadqiqotchanlik darajasi tushuntiriladi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, ishning maqsadi 
va vazifalari, muammoning o‘rganilganlik darajasi va kutilayotgan natijalar, tadqiqot 
uchun qo‘llaniladigan metodlar belgilanadi. 

Yüklə 227,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin