11
bobi oxirida muallif tuzgan xulosalarning tahlili va sintezidir.
Ayrim hollarda bu mavzu bo‘yicha keyingi tadqiqotlarning yo‘llari, uning shakl
va usullari hamda bo‘lajak tadqiqotchilar hal etishi lozim bo‘lgan aniq vazifalarni
birinchi navbatda ko‘rsatib o‘tish lozim. Xulosa muallif tomonidan bajarilgan tadqiqot
ishining qiymatini oshiradigan amaliy takliflarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Mazkur
takliflar tadqiqot materiallariga asoslangan va kurs ishida muallif tomonidan taqdim
etilgan bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kurs ishi matnida havola qilingan barcha ilmiy
va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
-
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga
molik nashrlar;
-
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;
-
foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi
ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Kurs ishida foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga
kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kurs ishida
foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq
ko‘rsatilishi lozim.
Ilovalar
Muammoni tushunish uchun muhim bo‘lmagan barcha materiallar ilovaga
kiritiladi. Ilovalar matnda ko‘rsatilgan tartibda foydalanilgan
adabiyotlardan keyin
joylashtiriladi. Ilovalar kurs ishida belgilangan betlar miqdoriga kirmaydi. Ilovalarga
odatda turli diagrammalar,
grafiklar, jadvallar, sotsiologik
tadqiqotlardan olingan
ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Barcha ilovalar o‘z tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak
(1-, 2-, 3-, ...- ilova). Har bir ilova yuqori o‘ng burchakdagi "1-ilova" so‘zi bilan yangi
varaqdan boshlanishi va uning mazmunini tushuntiruvchi tematik nomga ega bo‘lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: