" Yaxshi" baho. Kurs ishining kirish qismida ba’zi noaniqlik mavjud bo‘lsa, asosiy qismida tanqidiy to‘liq amalga oshirilmaganligi, terminologiya noto‘g‘ri ishlatilganligi, ishda kichik orfografik va stelistik xatolar mavjudligi, adabiyotlar va ilovalarni rasmiylashtirishda kichik noaniqliklar borligi, himoya jarayonidagi talabaning nutqi o‘rta darajada ekanligini inobatga olib, “yaxshi” baho bilan baholanadi. "Qoniqarli" baho: kurs ishi kirish qismida faqat mavzu tanlash va dolzarbligini oqlashga o‘ringanligi, aniq tahriri yo‘qligi, vazifalar va maqsadlar noaniq belgilanganligi, asosiy qismda boshqalarning g‘oyalarini qayta takror qilinganligi, taqdimot mantig‘i buzilganligi, muallif ijodiy yondashmaganligi, ilovada bir nechta qo‘pol xatolar mavjudligi, ilmiy atamalar ko‘pincha noto‘g‘ri ishlatilganligi, plagiat borligi, himoyada nutqi sayozligini ko‘zatilsa talaba “qoniqarli” baholanadi. "Qoniqarsiz" baho. Bunday kurs ishini baholashda uning kamchiliklari darhol ko‘rinadi. Kurs ishi kirish qismida mavzuni asoslash mavjud emas, mavzuni yangiligi
19
ko‘rsatilmagan, ishning maqsad va vazifalari ham aniqlanmagan, foydalanilgan adabiyotlarning kamligi, mavzu doirasida tanqidiy tushuncha ham, o‘zini fikri ham mavjud emas. Umumlashma yoki xulosalar yo‘q. Ish xulosalanmagan. Hech qanday ilova yo‘q, yoki etarli emas. Asarda ma’lumotnomalarning yo‘qligi, plagiatligi, uslubi saqlanmagan va terminologiyadan foydalanish kamligi ko‘rsatilgan. Rasmiylashtirishda bir qator kamchiliklar mavjud: bibliografiyada ko‘plab xatolar mavjud. butun ishning hajmi belgilangan me’yordan kam va talabaning himoya vaqtida mavzuni yorita olmasligiga qarab “qoniqarsiz” baholanadi. Kurs ishini o‘z vaqtida asosli sababsiz topshira olmagan talaba “qoniqarsiz” baholanadi. Kurs ishi uchun qoniqarsiz baho olgan talaba kurs ishini belgilangan muddatda qayta topshirishi mumkin.