4
KURS ISHLARINI YOZISH BO’YICHA UMUMIY TALABLAR
Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy ishi bo‘lib, o‘quv rejasining maxsus va
ixtisoslik fanlari bo‘yicha olingan amaliy ko‘nikma va tadqiqot natijalarini tanlangan
mavzu doirasida aks ettirishi hisoblanadi. Kurs ishini yozishda talaba quyidagilarni
ko‘rsatishi kerak: adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalari, normativ-huquqiy va mavzu
doirasidagi manbalarni tahlil qila olish va ongli xulosalar chiqara olish.
Kurs ishini bajarilishini nazorat qilish, kurs ishi himoyasini ko‘rib chiqish va
tashkil etish kafedra zimmasiga yuklatiladi. Talabalarga ilmiy maslahat va uslubiy
yordam ko‘rsatish uchun kafedra ilmiy rahbar ajratadi, u kurs ishining tayyorlik
darajasini belgilaydi.
Tanlangan mavzu ustida ishlash talabadan tadqiqot metodologiyasi, ijodiy
fikrlash, bahslashish va taqdimot mantiqi, muammoga shaxsiy munosabat,
mehnatsevarlik va professionallik asoslarini bilishi talab etadi.
Kurs ishini yozish jarayoni bir qator o‘zaro bog‘liq bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Mavzu tanlash va ish rejasini ishlab chiqish.
2.
Adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish.
3.
Tanlangan mavzu bo‘yicha materiallarni ishlab chiqilgan rejaga muvofiq
to‘plash va tahlil qilish.
4.
Asosiy nazariy qoidalar, amaliy xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish.
5.
Kurs ishini rasmiylashtirish.
6.
Ilmiy rahbar tomonidan taqriz berish.
7.
Kurs ishini himoya qilish.
5
KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH VA REJASINI ISHLAB CHIQISH.
Talabaning ijodiy ishga teran yondashishi, tanlangan mavzuning dolzarbligini,
uning nazariy va amaliy ahamiyatini chuqur anglab etishi mavzuni tanlashdan
boshlanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri mavzuni tanlash, uning muvaffaqiyatli
bajarilishini yarim ta’minlash demakdir. Mavzu tanlashda talabaning qiziqishi muhim
bo‘lib, unda o‘z ijodiy g‘oyalarining mavjudligi, ilmiy to‘garaklarda so‘zlashish
tajribasi egaligi, muammoni tushunishi va uni to‘liq o‘rganishga intilishi nazarda
tutiladi. Agar talaba mavzu tanlashda qiynalsa, o‘qituvchidan yordam so‘rashi mumkin.
Mavzuni tanlagan holda talaba uning mohiyati nimada ekanligini tushunishi kerak. Bu
talabaga bo‘lajak tadqiqot chegaralarini to‘g‘ri tushunish va ish rejasi uchun savollar
tuzish imkoniyatini beradi. Kurs ishi mavzulari banki ko‘pligi talabalar tomonidan
tanlash takrorlanishini oldini oladi.
Mavzu aniqlangandan so‘ng talaba tanlangan mavzuni qayd etadi, bu esa o‘z
navbatida mavzularning takrorlanishini oldini olishga xizmat qiladi. So‘ngra kafedra
mudiri tomonidan tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy rahbar tayinlanadi. Talabaning
iltimosiga ko‘ra tanlangan mavzuni o‘zgartirish yoki rahbarni almashtirish yozma
asoslagan holda amalga oshiriladi.
Kurs ishi mavzusini rasmiylashtirish ish rejasini tayyorlashdan boshlanadi.
Talabaga tanlangan tadqiqot mavzusi bo‘yicha ishni aniq tashkil etadigan ish rejasini
ishlab chiqish taklif etiladi. Dastlab ish rejada tadqiqot predmetiga faqat asosiy nuqtai
nazardan tavsif beriladi, biroq kelajakda bunday reja o‘zgartirilishi mumkin, lekin
umuman ish oldida turgan asosiy vazifa o‘zgarishsiz qoladi.
Kurs ishining ish rejasi o‘z ichiga olishi kerak:
-
kirish;
-
boblar va paragraflarga bo‘lingan asosiy qism;
-
xulosa;
-
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
-
ilovalar.
|