Buxoro davlat universiteti b. T. Jurayev


  KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHNINGUMUMIY TALABLARI



Yüklə 227,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix21.12.2023
ölçüsü227,22 Kb.
#188989
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
12519 1 EA983669DB540C696AE6093834829CB760730EC8

 


12 
KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHNINGUMUMIY TALABLARI 
Kurs ishining umumiy hajmi qo’l yozmada 35-40 varaq, kompyuterda esa A4 formatda 
25-30 betdan kam bo’lmasligi kerak. Ilovalar ko’rsatilgan hajmga kirmaydi.
Ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo’yicha qa-bul qilingan shartli 
qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.– yil, yy.– yillar, sh.k.– shu kabi, 
OTM – oliy ta’lim muassasasi, KHK – kasb-hunar kolleji va boshqalar. Lekin 
mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi faniga oid, umuman, pedagogika sohasiga 
oid atamalar imkon qadar qisqartirilmasdan yoziladi. Ushbu holatni inobatga olib, kurs 
ishida qisqartma so’zlarni kamroq ishlatish tavsiya etiladi. 
Kurs ishida ba’zi so’z birikmalari qayta-qayta kelishi ko’zda tutilsa, ushbu so’z 
birikmalarini birinchi yozilishida to’liq yozib, so’z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, 
ushbu so’z birikmasini qisqartma ko’rinishini keltirish kerak. So’ng, ushbu so’z 
birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko’rinishini yozish mumkin. Masalan, bilim, ko’nikma, 
malaka (BMK), pedagogik texnologiya (PT) va boshqalar. 
Kurs ishini yozishda chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm, o’ngda 1 sm 
joy qoldirish tavsiya qilinadi, bunda bir varaqda 28-30 qator ëzuv bo’lishi zarur. Kurs 
ishining barcha betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi.
Qismlarning nomlanishi bosh harf bilan yoziladi. Qism ichidagi nomlanishlar 
xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Asosiy qism ichidagi savollarni sarlavhalarini 
yozishda bo’g’in ko’chirishga ruxsat berilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta qo’yilmaydi. 
Sarlavhaning tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin arab raqami 
bilan raqamlar qo’yiladi va raqamdan so’ng nuqta qo’yiladi. Agarda savol ichida savollar 
keltirilsa, masalan, birinchi savol ichida bitta savol "1.1.", ikkita savol bo’lsa "1.2." shaklda 
yoziladi. 
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar boshlanishida raqam qo’yilmaydi. Kurs 
ishining har bir qismi yangi betdan boshlanadi. Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va 
asosiy qism savollari bir xilda, varaqning yuqori qismining o’rtasiga yozish tavsiya etiladi. 
Illyustratsiya (surat)lar ko’rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak. Barcha 
surat (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar, "rasm" so’zi va bo’lim bo’yicha ketma-
ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Ilovalarda keltirilgan suratlar bundan mustasno. 


13 
Surat raqami bo’lim va su-rat raqamidan iborat bo’lib, nuqta bilan ajratiladi, masalan 
"1.2-rasm" va izoh beruvchi yozuv pastga yoziladi. 
Raqamli materiallar jadval ko’rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har bir jadval 
sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi. Sarlavahani ostiga 
chizilmaydi. Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o’rtaga yozilishi tav-siya etiladi. 
Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bi-lan, sarlavhachalar esa, agar ular 
sarlavha bilan bitta gapni tash-kil etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo’lsa, 
katta harflar bilan boshlanishi kerak. Jadvalning bosh qismini dioga-al bo’yicha bo’lish 
mumkin emas.
Ko’plab grafalarga ega bo’lgan jadvalni qismlarga bo’lish va bir qismni ikkinchi 
qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. 
Bo’limlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab ra-qamlari bilan belgilanadi. 
Masalan: "1-jadval", "2-javdal" va h. 
Agar kurs ishida bitta jadval bo’lsa, u raqamlanmaydi va "jadval" so’zi 
yozilmaydi. 
Jadvalning biror qismi boshqa betga o’tganda, "jadval" so’zi va uning tartib raqami 
bir marta jadvalning birinchi qismi us-ida ko’rsatilib, qolgan qismlar ustiga "davomi" 
degan so’z yoziladi. 
Matndagi manbalarga havola ("snoska")larni satr osti eslatmalarida keltirish 
lozim. Havola har bir betda arab raqamida ketma-ket tartib bilan keltirilishi lozim. 
Keyingi betda esa yana boshidan tartib bilan ilova qo’yilishi tavsiya qilinadi. 
Havolalarni keltirish tartiblari: 
– hujjat va ta’rifni tasdiqlash uchun iqtibos keltirganda; 
– zamonaviy adabiyotlar va birlamchi manbalar bo’yicha iqtibos keltirganda; 
– adabiyotlardan va boshqa manbalardan biror muammo, xulosa yoki takliflardan 
iqtibos keltirganda; 
– davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirganda; 
– statistik ma’lumotlar va to’plamlardan iqtibos keltirganda; 
– me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirganda; 
– bir betda iloji boricha 3 tadan ko’p iqtibos keltirish tavsiya qilinmaydi; 


14 

Yüklə 227,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin