2
Mazkur metodik ko‘rsatma bakalavriatning 5110900 – Pedagogika va
psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kurs ishi,
uning mazmuni, reja tuzish va kurs ishini rasmiylashtirish, kurs ishiga xulosa yozish
tartibi ko‘rsatilgan.
Tuzuvchi:
B.T.Jurayev – pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchi:
ped.f.doktori, professor Sh.Sh.Olimov
Metodik ko’rsatma Buxoro davlat universiteti o’quv-metodik Kengashining 3-son
bayonnomasi (27.10.2021) bilan nashr etishga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga
qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning
kasbiy mahorati,
ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or
xorijiy tajribalarni
o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirish
dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash
jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or
xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish
sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Buxoro davlat universitetida ta’lim oluvchi 5110900 – Pedagogika va psixologiya
bakalavriat ta’lim yo’nalishi 5-6-semestrlarda “Pedagogik
va psixologik fanlarni
o’qitish metodikasi” fanidan kurs loyihasini bajarish ko’zda tutilgan. Bo‘lajak pedagog
mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy, axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy
jihatdan komil inson sifatida tarbiyalash “Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish
metodikasi” fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur fan orqali bo‘lajak
mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodga yuksak
ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga doir ilmiy-nazariy,
amaliy-metodik
bilimlar, zarur ko‘nikma va malakalar hajmini, o‘qituvchi shaxsida namoyon bo‘lishi
lozim bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari kerak.
“Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmunida
mutaxassislik fanlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, milliy va jahon ta’lim
tizimidagi
ilg‘or g‘oyalarning uyg‘unligi, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy ilm-
fan, texnika, texnologiyalar taraqqiyotini o‘ziga aks ettirib, hozirgi zamon pedagogika
fanining so‘nggi yutuqlari hamda uzoq yillar olib borgan ilmiy kuzatish va mazkur
fanni o‘qitish tajribasiga tayanib, mazkur fanning ilmiy-metodik asoslari xususida fikr
yuritilgan.