9
dolzarbligining asosiy omillarini to’liq bir sahifada ko’rsatish etarli bo’ladi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Kurs ishining ushbu qismida mavzu kimlar
tomonidan qaysi tomonlari o‘rganilganligi, qaysi qismi o‘rganilmaganligiga alohida
urg‘u beriladi.
Tadqiqot ob’ekti
– bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon
yoki hodisa, bu muammoning o‘ziga xos tashuvchisi, tadqiqotchilik faoliyati
yo‘naltirilgan narsa.
Tadqiqot predmeti
ob’ektning aniq bir qismi bo‘lib, uning ichida izlanish olib
boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot predmetini tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot ob’ekti haqida
oladigan yangi ilmiy bilim sifatida belgilash mumkin.
Tadqiqot maqsadi
bu talaba o‘z kurs ishisini yakunlashda erishishni xohlagan
pirovard natijadir. Muammo echimi talaba ishining maqsadi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Maqsad tadqiqotning xarakteri, borishi va vazifalarini belgilovchi o‘ziga xos oxirgi
sababdir. SHu asosda ish tuzilishining aniq maqsadga bo‘ysundirilishi kerak bo‘lgan
mantiqiyligi kelib chiqadi. Tadqiqot maqsadini ifodalashda ishlatiladigan iboralar va
so‘z birikmalari:
«aniqlash...», «belgilash...», «asoslash...», «aniqlashtirish...»,
«ishlab chiqish...»
.
Dostları ilə paylaş: