Tadqiqotda qo`llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi ko`rsatmalar, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning milliy madaniyat va ma`naviyatni rivojlantirishga doir qarashlari, milliy mafkura ma`naviy qadriyatlarga doir nazariy asarlari tashkil etadi.
Ishning ilmiy-nazariy yo`nalishini belgilashda I.Sulton, H.YOqubov, M.Qo`shjonov, O.SHarafiddinov, N.Karimov, B.Nazarov, A. Rasulov, U.Normatov, N.Rahimjonov, SH.Axmedova, M.Qo`chqorova kabi adabiyotshunos olimlarning asarlari metodologik asos bo`lib xizmat qildi.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, ishda analitik va qiyosiy- tipologik tahlil metodidan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotning natijalari va xulosalari adabiyotshunoslikda tanqidiy–biografik metod namunalarini yaratish, yozuvchilar ijodini o`rganish va shu orqali adabiyot va adabiyotshunoslik taraqqiyotida ularning rolini ko`rsatish, tadqiq etish tajribasiga samarali ulush bo`lib qo`shilishi shubhasiz. SHuningdek, yana ishning xulosalaridan o`zbek tanqidchiligida yozuvchi va munaqqidlarning esse namunalari yaratish muammolarini o`rganishda, o`zbek adiblari va tanqidchilari ijodiga kengroq baho berishda nazariy manba tarzida foydalanish mumkin.
Ishning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, uning natijalari akadem litsey va kollejlarda o`zbek adiblari ijodini o`rganish bo`yicha ma`ruzalar o`qishda, amaliy mashg’ulotlar olib borishda, oliy o`quv yurtida adabiyotshunoslikda adib va munaqqid mahorati muammolarini o`rganish, yozuvchi, shoirlar, adabiyotshunos va tanqidchilar haqida esselar, adabiy portretlar yaratish mavzularida kurs ishlari, referatlar yozishda qo`l keladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O`zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining rivojiga katta hissa qo`shgan, jonkuyar va faol adib SHukur Xolmirzaevning essenavislik faoliyati o`zbek adabiyotshunosligida yaxlit holda tadqiq etilmoqda. Etuk adib esselari mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan monografik tarzda yoritib baholanmoqda. Birinchi navbatda, mazkur ishimiz SHukur Xolmirzaevning ko`p jihatdan to`laqonli ilmiy biografiyasini yaratishga xizmat qilishi bilan muayyan qiymat kasb etadi. Bularning barchasi ishimizning mustaqil jiddiy tadqiqot sifatidagi ilmiy yangiligini belgilaydi.