Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə12/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab ko‘rsa ranj,
Yo‘q ajab, nevchunki, xom etgan kishi ranjur erur.
«Navoiy»ni «Nasimiy»g‘a tag‘yir berib o‘qudi va filvoqe’ bu baytda Navoiy lafzidin Nasimiy lafzi munosibroqdur va faqir mutaajjib bo‘ldum. Ohistaroq ilgimni jaybimg‘a elttim va mulohaza qildim: o‘zum bitib jaybimg‘a solg‘on musavvada mavjud erdi, hayratu taajjubim ortti. Va Pahlavon hamul aytgan so‘zni ioda qiladur erdi va ul she’rning abyotin mukarrar o‘qur erdi. Va bu faqir betahammul bo‘lub so‘rdumkim, ul ish kayfiyatin ma’lum qilg‘aymen. Ul o‘zin yiroq tutti va o‘z so‘zida rusux ko‘prak zohir qildi. Faqir mubolag‘a qilg‘on soyy Pahlavon ham mubolag‘a ko‘rguzdi. Zarurat yuzidin so‘rdumki:
– Bu she’rni qachon yod qilib tutub erding?
Dedi: – O‘nikkiyil bo‘lg‘ayki, Bobur mirzoning majlisida bu she’r o‘tarerdi, menga bag‘oyat xushkeldi, bitib olib yodtuttum.
Bori har hol bila bukun o‘tti, ul tak’yasig‘a bordi. Tongla hamul dastur bila yana keldi, yana suhbat bo‘ldi, yana bu so‘z orag‘a tushdi. Yana faqir so‘rdum va ilhoh qildimkim, bu ish kayfiyatin ma’lum qilg‘aymen. Bu qatla xud dediki:
– Ul vaqtki, men bu she’rni yod tuttim, kushtigirlardin ham nechasi bor erdilar ham o‘rgandilar, – deb uch-to‘rt piyoda sort kushtigirniki, aning bila kelib erdilar tilab dediki: «O‘qung, andoqki mening bila o‘rganib erdingiz». Alar dag‘i paydarpay ravon o‘qudilar. Faqirg‘a taajjub ustiga taajjub voqe’ bo‘ldi va Pahlavon so‘zi sidqida mubolag‘a qilur erdi. Agarchi mubolag‘a xojat emas erdi, nevchunkim, sidqi da’vosida necha tonuq ham o‘tkardi.
Oqibat andoq ma’lum bo‘ldikim, egnimni ulaydurg‘onda jaybimda qog‘oz ko‘rubtur, ohistaliq bila ul qog‘ozni chiqorib ko‘rubtur va ma’lum qilibdurki, ushbu yaqinda aytilg‘on she’rdur. U qog‘ozni ochuq yonida qo‘yubdur va yod tutubdur …” (26-27).
Holot – lug‘atdaholatningko‘pligi – “holatlar”, “ahvol”; adabiyjanrsifatidama’lumbirmu’tabarzot ilm va adabda mumtoz so‘fiyning hayoti va fazilatlari haqida hikoya qiluvchi asarni anglatadi. Masalan, Alisher Navoiyning “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” kabi asarlarni kiritishimiz mumkin. Bunday asarlarda bir kishining hayotini aks ettirish bosh maqsad qilib qo‘yilsada, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy ahvol, shart-sharoitlar, o‘sha davrga xos bo‘lgan chizgilar ham aks ettiriladi4.
Manqaba(t) – lug‘aviy ma’nosi “yaxshi sifat”, “maqtov”; istilohda ma’lum bir ulug‘zot – ulug‘ pirlardan birining fazilatlari maqtalgan asar, risola. Manqabalar uchun xuddi G‘arbdagidek xalq hikoyatvari voyatlar uslubiy asos bo‘lib xizmat qildi. Lekin ularning eski hikoyat va rivoyatlardan farqli jihati ilohiyot mafkurasining ustuvorlik kasb etishidir. Sodir bo‘layotgan har bir hodisa ilohiy taqdir va ilhom natijasi ekani manoqiblarning muhim xususiyati sanaladi. Shuning uchun ham ularda asosan payg‘ambar, avliyo yoki unga tenglashtirilgan shaxsning hayotidagi g‘ayri oddiy hodisalar tavsif qilinadi. Manoqib – manqabaning ko‘pligi.
"Ko`zga tashlangan etakchi belgilariga ko`ra ham badialar ko`proq lirik janrlarga yaqin turadi. Jamiyat hayotini, davrini, voqelikni, odamlar taqdirini, san`atkor "men"i orqali idrok etish va estetik baholash printsipiga ko`ra ham ana shunday fikrga kelasan kishi"2. To`g’ri, esseda lirik janrga xos xususiyatlar bor, ammo ular publitsistik ruh, hujjatli nasr, falsafiy o`y-mulohaza, lirik kechinma, real hayot-voqelik dalillari, hodisalarning organik uyg’unligi yagona bir qorishiqlik (sinkretik)da zuhur topayotir. SHu ma`noda she`riyat, nasr va dramada kuzatilgani kabi esseda ham diffuziyalanish (shimilish, singish) hodisasi ro`y bermoqda. SHu bilan barobar, umumlashma xarakterdagi ilmiy-nazariy fikrlar, erkinlikning ustuvorligi esselar tabiatini belgilaydi va uni tanqidning alohida bir janri sifatida qarash imkonini beradi. Uning adabiy o`ylar deb nomlangan shakli borki, ular ko`proq yozuvchilar ijodida uchraydi.
Adabiy o`ylar. YOzuvchining adabiy o`ylari san`atkor ijodiy laboratoriyasiga yo`l ko`rsatishi, adabiy jarayon, adabiyot haqidagi umumlashma kuzatishlari, ulardan ilmiy-nazariy xulosa chiqarishi jihatidan adabiy tanqid rivojida katta ahamiyatga ega. Bu siradagi asarlarda o`ylar, adabiy-tanqidiy qarash va adabiy kuzatishlar qorishiq holda keladi. SHuni qayd etish kerakki, taniqli yozuvchilar asarlari adabiyot rivojida qanchalik katta o`rin tutsa, ularning adabiy-tanqidiy maqola, adabiy o`y, qaydlari ham adabiyotshunoslik kamolida shunchalik muhim o`rin tutadi. Zotan, yozuvchi ushbu yo`nalishdagi asarda tanqidchi va tadqiqotchi sifatida namoyon bo`ladi. Tanqidchi I.G’afurov ham ilk kitobini adabiy o`ylar shaklida kitobxonlarga taqdim etgan edi. Hassos shoir erkin Vohidov adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi sifatida qator maqolalar, xotralar, esselar yaratdi. Uning «SHoiru she’ru shuur» nomli kitobi biz tilga olayotgan masala nuqtai nazaridan e’tiborga loyiq. Mazkur kitob “YOzuvchi va davr” ruknida nashr etilgan bo`lib, bu yo`nalishda Mirtemir, Asqad Muxtor, A.Oripov, O`.Hoshimov kabi ijodkorlarning asarlari nashr etilgan. Kitobdan e.Vohidovning ijodiy faoliyati davomida yozgan va adabiy jarayonning ma`lum bosqichlarida ko`tarilgan muammolar aks etgan maqolalar, adabiy o`ylar, mumtoz she`riyatimiz talqinlari, adabiyotimizga kirib kelgan yosh avlod haqidagi mulohazalar, safar xotiralari, shoirning adabiy- tanqidiy qarashlari o`rin olgan. e. Vohidov kitobning janrini “Adabiy o`ylar” degan nom bilan ham ataydi, oxirida “Adabiy esselar” ham deyiladi. Aslini olganda, mazkur kitob haqiqatdan ham ijodkorning adabiy o`ylaridan iborat.
XX asr 60-yillaridan boshlab, Mirtemir, Zulfiya, H.G’ulom, SHukrullo, A.Oripov, O`.Hoshimov kabi atoqli shoir va yozuvchilarning adabiy-estetik qarashlarini o`zida mujassamlashtirgan esselari nashr etildi. Bu hol adabiy tanqidning yangi kamolot pallasiga kira boshlaganidan, adabiy-tanqidiy va estetik tafakkurning yangi bosqichga ko`tarilayotganidan darak beradi. Ushbu turkumdagi asarlarda adiblarning o`z ijodi, shaxsiyati, tabiati xususidagi, shuningdek, badiiy adabiyot, adabiy jarayon, milliy madaniyatimiz xazinasini ijodiy boyitgan asarlarning tug’ilishi, yozilish jarayoniga doir fikr-mulohazalari keng o`rin olgan.
O`zbek adabiyotshunosligida essening adabiy o`ylar deb atalgan shakli- A.Muxtorning "YOsh do`stlarimga", P.Qodirovning "O`ylar", A.Oripovning "Ehtiyoj farzandi", e.Vohidovning "SHoiru she`ru shuur", O`.Hoshimovning "Notanish orol" to`plamlarini asosan ana shunday esselar tashkil qiladi5.
Esseda janrida qalam tebratuvchi ijodkorning adabiy o`ylari, mushohadalari adabiylik va emotsionallik bilan chatishib ketgan fikr-mulohazalarining ko`rkam sintezini tashkil etadi. Bu jihatdan, ayniqsa, e.Vohidovning adabiy o`ylarini alohida ta`kidlab o`tish mumkin.
YOzuvchi essesining o`ziga xosligi, avvalo, quyidagi belgilarda ko`rinadi: ularda faqat muallif individualligining muhri hisoblangan ichki emotsional to`lqin kishini o`ziga jalb etadi, bu narsa adibning nozik ijodiy tabiati, aniq nuqtai nazari bilan xarakterlanadi, qolaversa, bunday ruhiyat manzaralarining tovlanishlari esseda badiiy etyudlarni, qaydlarni, qatra-qatra fikr-o`ylar silsilasini tashkil etadi. YOzuvchilarning adabiy o`ylarida tasavvur, his-tuyg’u, fikrlarning o`zaro bog’lanishi, tafakkurning kuchli parvozi uning keng o`quvchilar ommasi ko`ngliga olib kirgan asosiy fazilatlaridan ekanligida ko`zga tashlanadi. Bundagi analitik tafakkur kitobxonni sehrlaydi.
Adabiy-tanqidiy esse. «Erkinlik janri» esseda imkoniyatlar chegara bilmaydi, «ushlab bo`lmas, chegaralari aniqlanmas» (M.Epshteyn) janrda fikr-tuyg’ular oqimining quyilib kelishi, erkin mulohazalarning ustuvorligi essenavislar uchun qulaylik tug’diradi. SHu bois bu janr falsafaga moyil yozuvchi va munaqqidlar ijodida ko`p uchraydi.M.Qo`shjonovga bag’ishlangan faslda bu haqda yana to`xtalamiz.
esselar sof falsafiy, publitsistik, adabiy- tanqidiy, tarixiy-biografik, sof badiiy xarakterda yozilishi mumkin. YOzuvchi tanqidi ko`pincha esse janrida yoziladi. Unda hayot va ijod tajribasidan kelib chiqqan xulosalar, qarashlar, kuzatishlar aks etadi. Bu tipdagi asarlar bizda ham ancha ilgari avliyolar haqidagi manoqiblar shaklida, adiblar va tarixiy shaxslar haqida ("Makorimul-axloq","Temurnoma") memuarlar shaklida mavjud edi. Aslida madaniyat arbobi, ijodkor shaxs haqidagi roman tipi Evropa adabiyotida o`tgan asrda shakllangan edi. Unga frantsuz yozuvchisi Andre Morua asos soldi. XX asr boshlarida Gor’kiy taklifi bilan Romen Rollan shu tipdagi ko`plab tarixiy-biografik romanlar ijod qildi. O`zbek adabiyotida yaratilgan bunday esse-romanlarni mavzu jihatdan uchga bo`lib o`rganish mumkin:
1. O`tmishning ulug’ mutafakkirlariga bag’ishlangan esselar.Bu tipga A.Qayumovning "Abu Ali ibn Sino","Beruniy","Alisher Navoiy", I.Timofeevning "Beruniy" (1986), SH.Sultonov va K.Sultonovlarning "Umar Xayyom" (1987), Radiy Fishning "Jaloliddin Rumiy" (1988) asarlarini kiritish mumkin.
2. Mashhur shaxslarga bag’ishlangan esse-romanlar, akademik tarixshunos olim Bo`rivoy Ahmedovning "Ulug’bek" va "Amur Temur", K.YUsupovning "General Sobir Rahimov", B.Reksov va T.Sedovning "Usmon YUsupov" asarlari misol bo`la oladi.
3. XX asr o`zbek adabiyoti va san`ati namoyondalariga bag’ishlangan esse-romanlar (Ajoyib kishilar hayoti” seriyasi).
Xulosa qilib aytganda, o`zbek adabiyotida esse janri o`ziga xos o`rin egallab, yozuvchilar, shu bilan birga munaqqidlar ijodidan o`rin ola boshladi. Uning turli shakllari vujudga kelib, adabiyotni, adabiyotshunoslikni boyitib kelmoqda. Iste`dodli adib SH.Xolmirzaev ijodida ham bu janr muhim o`rin egallaydi, adib mahoratini, uslubini qiyofasini namyoon etuvchi xususiyat kasb etib keldi.



Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin