Tadqiqot natijalarining e`lon qilinganligi. Ushbu ish yuzasidan quyidagi maqolalar e`lon qilindi:
Ishning tuzilishi va joriylanishi. Magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat ko`rinishda tuzilgan. U Buxoro Davlat universiteti «O`zbek adabiyoti» kafedrasining 2017 yil, ---sonli kengaytirilgan maxsus yig’ilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
1 BOB. O`ZBEK ADABIYOTIDA YOZUVCHI eSSENAVISLIGI TARAQQIYOTI.
Esse janriga oid ilmiy- nazariy qarashlar tahlili.
XX asr boshlari yangi o’zbek adabiyoti o’z ruhiga mos yangi mazmun va shaklga ega adabiy tanqidni taqozo etdi. SHu bois bu davrda Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy kabi adiblar badiiy ijod bilan bir qatorda adabiyotshunoslik sohasida ham faoliyat ko’rsatdilar.
XX asrning 30-yillarida adabiy tanqidni rivojlantirishga Oybek, G’afur G’ulom, Uyg’un, Hamid Olimjon, Otajon Hoshim, Sotti Husayn, Izzat Sulton va boshqalar, 40-yillarda esa M. Shayxzoda, A.Qahhor va boshqalar katta hissa qo’shib keldilar. Har bir davrda, bu davr adabiyoti, adabiy tanqidi rivojida munaqqidlar bilan bir qatorda adiblar ham faollik ko’rsatdilar. Bu sohada, ayniqsa, iste`dodli o’zbek adibi Sh.Xolmirzaevning o’rni alohida e`tiborga molik. Adib ustozlar an`analarini davom ettirib, badiiy ijod bilan birga adabiy jarayonga e`tibor bilan qaradi, adabiy tanqid rivojiga, uning takomiliga o’z hissasini qo’shib keldi. Adabiy tanqidning kurashchanlik ruhini, adabiyotni yuksaltirish jarayoniga ta`sirini, xalqimizni estetik tarbiyalash borasidagi rolini, ijtimoiy mavqeini oshirish masalalariga e`tibor qaratdi. SHu bois o’zbek tanqidchiligida o’ziga xos o’ringa va o’ziga xos uslubga ega bo’lgan iste`dodli adib, o’zbek tanqidchiligi taraqqiyotiga muhim hissa qo’sha olgan munaqqidlardan biri Sh.Xolmirzaevning esse yaratishdagi mahoratiini tadqiq etishga bag’ishlangan magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi ana shular bilan belgilanishi haqida ishning kirish qisimda to`xtalgan edik. Bu masalaga kirishishdan oldin esse janri, uning o`ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritish zarurligi ko`rinadi.
Adabiyotshunoslikda “tutqich bermas janr” deb ta`riflangan (M.Epshteyn) esseda adabiyotshunoslik, estetika, falsafa masalalari erkin tahlil va talqin qilinadi. Aslida esse adabiy, falsafiy, tarixiy, biografik, publitsistik, diniy, sof belletristik va adabiy-tanqidiy mazmunga ega bo`lib, xarakteridan kelib chiqib, barcha fanlar, tabiat va jamiyatning turli tomonlariga tegishli voqelik, shuningdek, adabiyot olami, yozuvchining hayoti va ijodi, asarlari tahlili qalamga olinadi.
erkin tuzilishga ega, juz`iy mavzularda, shaxsiy mulohaza va qarashlarni ifodalovchi esseda adabiyotning, adabiyotshunoslikning turli sohalaridagi da`vo va xulosalardan foydalanish orqali muallif o`zining shaxsiy qarashlarini dalillashga intiladi. esseda adabiyotshunoslik qonun-qoidalariga to`la-to`kis rioya qilish, boshqa janrlarda bo`lgani kabi dalillar ilmiy jihatdan har tomonlama isbotlangan bo`lishi ko`pam talab qilinaverilmaydi1.
essening boshqa janrlardan ajralib turadigan xususiyatlari adabiyotlarda turlicha ko`rsatiladi. Bu haqda filologiya fanlari doktori SH.Axmedova doktorlik dissertatsiyasida adabiyotlar sharhiga quyidagicha to`xtaladi: “Ingliz adabiyotshunosligida esse adabiy janr sifatida adabiy atamalar lug’ati va entsiklopedik lug’atlarga kiritilgan. Ularda janrga xos qisqalik, erkin kompozitsiyalilik, maxsus fan tarmoqlariga xos mulohazakorlik belgisi, essening janriy chegarasi aniqlanmasligi, aniq bir to`xtami yo`q ekanligi e`tirof etiladi. Rus adabiyotshunosligida esse janriga: “Unchalik katta hajmga ega bo`lmagan, erkin kompozitsiyali, maxsus mavzuga bag’ishlangan, shaxsiy mulohaza va taassurotlar asosiga qurilgan belleteristik janr”,-deb ta`rif berilgan Bu fikrni tasdiqlab va qo`shimcha qilib, M.Qo`chqorova yozadi: “To`g’ri, jahon essechiligidagi bir necha lirik, fantastik xarakterga ega bo`lgan esselarni hisobga olmaganda, esse sof nasriy ijod namunasi”1. Nazarimizda, bu fikr esseni bir oz chegaralab qo`ygandek. CHunki essening falsafiy, publitsistik, siyosiy, adabiy-tanqidiy ko`rinishlarini hisobga oladigan bo`lsak, ular faqat “sof” badiiy ijod namunasi bo`lmay, imkoniyatlari keng janrligi yaqqol ayonlashadi.
“Esse (frantsuzcha – urinish, sinov, ocherk). Adabiy shakl, muallifning shaxsiy qarashlarini bayon qiluvchi katta bo`lmagan nasriy matn”2.
Bu fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin: esse har xil mavzularda, turlicha mazmunda yaratiladigan (lirik, falsafiy, belletristik, publitsistik, tanqidiy va h.k.), erkin fikrlashga, muallif “men”i, his-tuyg’ularining chuqurligi va teranligiga asoslanadigan janr bo`lib, unda ijodkor o`rni muhimdir. esse juda keng imkoniyatlarga ega, uning erkinligi (hech kimga buysunmasligi), teranligi xos xususiyatlaridan biridir”3.
N.Rahimjonov essega xos jihatlarni fikrning erkin, tabiiy ifodasi ekanligida, u qalbdagi his-tuyg’ular jo`shganda, fikr pishib etilganda bir turtki tufayli qog’ozga "sochilishi” deb to`g’ri ko`rsatadi.
Bizningcha, essega xos xususiyatni ko`pincha yozuvchilar to`g’ri belgilab berganlar. Asqad Muxtor esseni “erkinlik” janri deb atagan. SH.Xolmirzaev “Bu janr hikoya, ocherk janridan juda yosh bo`lishiga qaramay, yozuvchiga behad keng erkinliklar beradi, ya`ni esse yozguvchi adib tasvirlayotgan yoxud bayon etayotgan voqea–hodisaga–yana o`sha gap: inson qismatining ma`lum davri bo`lagiga nisbatan o`z munosabatini (ocherkdagi kabi) ochiq-oshkora bildirib turishi barobarida (bu yo`rug’da) o`z ko`nglida tug’ilgan qandaydir his-hayajonini ham, hatto shaxsiy mulohazalarini ham bemalol yozish imkoniga egadir. Demak, aytish mumkinki, esse janri ocherk bilan hikoya o`rtasidan o`sib chiqqan janr-tasvir usulidirki, u maqola- maqola ilmiy bo`ladimi, badiiyroq bo`ladimi, baribir,- maqolaga xos unsurlardan ham foydalanadi, to`g’rirog’i, ularni-da, o`ziniki qilib oladi”, -deydi.
Tadqiqotimiz ob`ekti bo`lgan SH.Xolmirzaev esselari sof belleteristik hamda adabiy-tanqidiy janr sifatida badiiy adabiyot, adabiyot tarixi va hozirgi jarayonning muayyan muammolari, yozuvchi hayoti, ijodi to`g’risidagi mushohada va muhokamalar majmui sanaladi. SHuningdek, o`zbek tanqidchiligida esse va badia atamalari turlicha ishlatiladi. N.Rahimjonov esse va badia istilohlarini ajratmay almashtirib qo`llaydi. M.Qo`chqorova esa “esse badiaga nisbatan keng tushuncha” deb hisoblasa-da, ularning farqli jihatlarini chuqur ochib bermaydi. Negaki, badiada ham essega xos barcha xususiyatlar mavjud, shu bois ularni sinonim sifatida ishlatish eng to`g’ri yo`ldir. Muallif ta`kidlagan “turli xil fanlarga xos mulohaza va taassurotlarni aks ettirish” adabiy-tanqidiy esseda ko`p uchraydi. SHu bois esse-roman, badia-roman, esse-qissa, badia-qissa atamasi qorishiq holda ishlatilaveradi. Bizningcha, mumtoz adabiyotshunoslikda badia so`zi esse ma`nosida ishlatilmagan. U turli janrlar tarkibida qorishiq tarzda namoyon bo`lgan. SHuning uchun jahon adabiyoti va adabiyotshunoslik ilmidagi “esse” atamasini qo`llash joiz.
esse uslubida ifoda vositalarining chegarasizligi ko`zda tutiladi: obrazlilik bilan birga turli fanniy-ilmiy omillar, statistik raqamlar, tarixiy va biografik ma`lumot, xullas, ko`p sohalardan dalil va mantiqiy vositalar keltirilishi mumkin. SHaxsiy mulohaza esseda muallif badiiy hofizasining quvvati, saviya sajiyasi va doirasi, hayotiy tajribasi, hikmatgo`ylik mahorati, tafakkur qobiliyatini ko`rsatib turadi, zero, bu janrga ko`pincha falsafaga moyil mulohazakor nosirlar murojaat qiladilar1.
esseda inson va jamiyatning ma`naviy tafakkurini shakllantiruvchi erkin mulohazalar ifodalanadi. SHuning uchun essening barcha ichki ko`rinishlarida ijodkor shaxsi, uning tafakkur olami, dunyoqarashi bosh qahramon sifatida gavdalanadi. essenavis adib yoki munaqqid o`z asarida muayyan adabiy-badiiy hodisalar haqidagi o`z taassurot va mulohazalariga, san`atkor tarjimai holi va badiiy asar qahramonlarining real hayotiga doir qiziq voqealar tasviri, tabiatning dilbar manzaralari, turli shahar va qishloqlar badiiy peyzaji, tahlil etilayotgan mavzu va hodisalar haqida kitobxon bilan bevosita erkin muloqot qilishga keng o`rin beradi.
erkin, hech qanday tazyiqsiz, majburiyatsiz mushohada yuritish, mulohazakorlik va fikrlashish madaniyatining yuqoriligi essening asosiy xususiyatlaridan biridir. SHunday fikr yuritish, suhbat mazmuni, mohiyatan turli xil ilmiy, badiiy shakllarda (yozuvchi va tanqidchi dialogi, qaydlar, badiiy etyud, kundalik) namoyon bo`lmoqda.
essening tarixiga bir nazar. XV1 asrda yangi tafakkur ko`rinishini adabiy jarayonga olib kirgan farang mutafakkiri M.Monten’ “Esselar” asarida janrning nazariy asoslarini yaratdi. Muallif asarning “Kitobxonga” deb nomlangan muqaddima qismida shunday e`tirof etadi: “Kitobxon, bu - samimiy asar. Men bu asarni eng yaqin jigarbandlarimga atab yozganman. Qandaydir shon-shuhrat orttirish uchun emas, kitob orqali ma`naviy qiyofam, fe`l - atvorim, sajiyamni qayta tiklab eslashlarini istayman....bu kitobning mazmuni – men o`zim...”1. SHu bois Montenning ko`pgina esselarida janr nuqtai nazaridan chiqib keladigan o`ziga xos formulasi mavjud,- deb yozadi epshteyn.
Haqiqatan ham yozuvchi essesida, eng avvalo, uning “men”i aks etadi. esseda ijod etuvchi san`atkorning adabiy o`ylari adabiylik va emotsionallik bilan chatishib ketgan fikr-mulohazalarning ko`rkam sintezini tashkil etadi. Bu jihatdan, ayniqsa, Mirtemir, P.Qodirov, A.Muxtor, SH.Xolmirzaev kabi yozuvchilar esselarini alohida ta`kidlab o`tish mumkin. Zotan, esse janrining asosiy xususiyatlaridan biri - tanqidchi hissiy tafakkurining teran namoyon bo`lishidir.
Fransuz adabiyotida vujudga kelgan falsafiy – estetik, badiiy xulosalarida inson va jamiyat ruhiyatini shakllantiruvchi fikrlarni o’zida aks ettirgan esse janri o’zbek adabiyotida XX asrning 60-yillarida adabiy o’ylar, xotiralar, qissa, maqola tarzida paydo bo’ldi. Hayotiylikka asoslangan badiiy tafakkurning namoyon bo’lishi esa, 90-yillarda bu janrning yaqqol namoyon bo’lishini ta’minladi. Va shu yillardan boshlab bu janrning ilmiy-nazariy jihatlari ham o’rganila boshlandi.
O’zbek adabiyotida SH.Xolmirzayevning essega bergan ta’rifiga mos keluvchi belgilarni mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham uchratamiz. Xususan, Alisher Navoiyning, “Xamsat-ul muttaxayyirin” asari bu janrning sinkretik tarzda ancha oldin paydo bo’lganligidan dalolat beradi. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasida “manoqib” atamasiga shunday ta’rif berilgan: “Manoqib (arab. fazilat) – buyuk kishilar, atoqli san’atkorlar, shuningdek din namoyondalari haqida yozilgan xotira asar. Manoqib, asosan, shu kishilarning hayot yo’li bilan tanishish yoki maslakdosh bo’lgan kishilar tomonidan yozilgan”1. Demak, manoqib o’z zamonasining shoir va yozuvchilari haqidagi risolaga o’xshash asarlar sanaladi. Manoqiblarning aynan essega yaqinligini bilish uchun esa, XX asr o’zbek adabiyotida yaratilgan yozuvchi Shukur Xolmirzayevning esselariga nazar tashlash kifoya. Agar Alisher Navoiy o’z manoqiblarida do’stlari, ustozlari Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad, Abdurahmon Jomiylar haqida o’z xotiralari va ular bilan yuz bergan adabiy, ilmiy, siyosiy suhbatlar, yozishmalarini bayon etgan bo’lsa, Shukur Xolmirzayev ham o’z esselarida so’z san’ati namoyondalari : Abdulla Oripov, O’tkir Hoshimov, O’lmas Umarbekov, Odil Yoqubov kabi qalamkash do’stlari, rassom Ro’zi Choriyev, xalq artisti Botir Zokirov, rejissor B. Nazarov, ustozi Matyoquv Qo’shjonov va ko’plab jamoat arboblari bilan bo’lib o’tgan qiziqarli voqealarni o’z kitobxoniga so’zlab beradi. Shu bilan birga essening janriy talablariga mos ravishda o’z ichki kechinmalarini ham bayon etib boradi. Bu qiyoslash orqali biz esse mumtoz adabiyotimizdagi manoqibning aynan o’zi degan fikrdan yiroqmiz. Garchi esse janri fransuz adabiyoti orqali rus adabiyotidan kirib kelgan bo’lsa-da uning janriy xususiyatlari va o’ziga xosliklarini o’zbek mumtoz adabiyoti namunalaridan izlagan to’g’riroq. Bu essening o’zbek adabiyotiga xos bo’lgan milliy xususiyatlarini ham ochib berishga xizmat qiladi. Demak, olam va odamning ruhiyatiga xos sinoatlarni hayotiy tajribalar asosida falsafiy mushohada etishga asoslangan esse janri o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham ma’lum davrni bosib o’tgan va alohida janr sifatida maydonga kelgan.
Navoiy bu ulug‘ zotning ijodiy didi yuksak bo‘lganini alohida ta’kidlaydi. Ayniqsa, bir ajib voqea bo‘lganini xotirlaydi va asariga kiritadi:
“Pahlavon iltifot yuzidin ma’xud dasturi bila egnimni tutar erdi, muqaddima bunyod qildikim:
– Seni bu kun derlarkim turkcha she’rni yaxshi aytursen va turkcha nazm aytur eldin eshitib, bizga bu so‘zni musallam tutarlar. Bizning bir savolimiz bor.
– Javob beray, siz bori savolingizni ayting.
Dedi:
– Savolimiz budurki, turkiygo‘y, shuarodin ulcha she’rlari ro‘zgor safhasida sabtdur, qaysi yaxshiroq aytibdurlar? Va sening aqidang aning yaxshi aytmoqig‘a borur, sen begonursen?
Faqir dedim:
– Borcha yaxshi aytibdurlar, men begonurmen.
Pahlavon dedi:
– Sen takalluf va kasri nafsni qo‘y, voqe’ yuzidin so‘z aytki, buki: borini begonurmen dersen, borcha xud birdek emas, albatta tafovut bor.
Faqir ayttimkim: – Mavlono Lutfiy holo musallamdurlar va bu qavmning ustodi va maliku-l-kalomidur.
Dedi: Nechuk Sayid Nasimiy demading?
Faqir dedim:
– Xotirg‘a kelmadi va bar taqdir kelmoq, Sayyid Nasimiyning nazmi o‘zga rang tushubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat tariqin ado qilibdur. Bu savolda sening g‘arazing majoz tariqida aytur el erdi.
Pahlavon e’tiroz yuzidin kinoyatomuz dediki: – Ravo bo‘lg‘ayki, Sayyid Nasimiy borida Lutfiy nazmini pisand qilg‘aysen va hol ulkim, Sayyid Nasimiyning nazmi zohir yuzidin majoz tariqig‘a shomildur va ma’ni yuzidin haqiqat tariqig‘a va yuqori bitgan baytni o‘qudikim, faqir bu sahar aytib erdim. Chun matla’ni o‘qudi, o‘zga ab’yotin ham mutaoqib bayon qildi va taxallusikim, bu nav’ voqe’ bo‘lubturkim:
Dostları ilə paylaş: |