|
|
səhifə | 12/22 | tarix | 23.11.2022 | ölçüsü | 178,64 Kb. | | #69997 |
| Bolajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yollari
Tashkilotchilik malakalari:
bo’lajak pedagoglarning o’quv-bilish faoliyatini boshqarish;
- bo’lajak pedagoglarda ilmiy bilimlarni o’zlashtirish ko’nikma, malakalarini shakllantirish;
dars jarayonida vaqtni to’g’ri taqsimlash va rejani samarali bajarish;
bo’lajak pedagoglar bilan individual ishlarni tashkil etish;
guruh jamoasi bilan jamoaviy yoki guruhli ishlarni olib borish;
- bo’lajak pedagoglarda ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etish ko’nikmalarini shakllantirish;
bo’lajak pedagoglarga o’quv va ijtimoiy topshiriqlarni berish;
o’quvchilarning diqqatini boshqarish;
bo’lajak pedagoglar o’rtasida bahs-munozara tashkil etish va uni boshqarish;
darslarda o’yin texnologiyalaridan foydalanish;
bo’lajak pedagoglarning o’quv faolliklarini oshirish, ularning mustaqilligini ta’minlash;
kichik guruhlarni shakllantirish asosida topshiriqlar bajarilishini ta’minlash;
bo’lajak pedagoglar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar ro’yxatini ishlab chiqish.
Izchillikni ta’minlovchi (protsesssual) malakalar:
o’quv materiali mazmunini bayon qilishda nutqiy izchillikni ta’minlash;
og’zaki va yozma nutqni bayon qilishda o’zaro izchillikni qaror toptirish;
bo’lajak pedagoglarning mavjud bilimlari bilan yangi o’zlashtiriladigan bilimlar o’rtasida muayyan izchillikni yuzaga keltirish;
bo’lajak pedagoglarning mavjud hayotiy qarashlarini yangi g’oyalar bilan boyitish;
darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlaarda bo’lajak pedagoglarni faol faoliyatga undovchi metodlardan foydalanishda muayyan izchillikka erishish;
bo’lajak pedagoglar BKM darajasining DTS talablariga muvofiq kelishida ma’lum izchillikka erishish;
guruh jamoasining ijtimoiy-psixologik holatini o’rganish metodlaridan foydalanishda pedagogik faoliyat izchilligini ta’minlash;
bo’lajak pedagoglarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholashda doimiy izchillikka erishish
Dostları ilə paylaş: |
|
|