|
|
səhifə | 10/22 | tarix | 23.11.2022 | ölçüsü | 178,64 Kb. | | #69997 |
| Bolajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yollari
Loyihalash malakalari:
dars yoki tarbiyaviy tadbirlarning loyihalarini yaratish;
dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik xaritasini yaratish;
dars yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini bosqichma-bosqich yoritish;
ta’limiy yoki tarbiyaviy faoliyat maqsadini aniq belgilash;
maqsadga mos keladigan vazifalarni aniqlash;
o’quv materialining didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon etish;
o’quv yoki tarbiyaviy xarakterdagi material mazmunini shakllantirish;
o’quv yoki tarbiyaviy material mazmunini ochib beradigan bir qancha ma’lumotlar o’rtasidagi o’zaro izchillikni ta’minlash;
bo’lajak pedagoglarni mustaqil fikrlashga rag’batlantiruvchi savollar tizimini ishlab chiqish;
dars yoki tarbiyaviy tadbirning metodik tuzilishini asoslash;
dars yoki tarbiyaviy tadbir jarayonida bajariladigan pedagogik topshiriqlar tizimini aniqlash;
yangi materialni bayon etishda turli zamonaviy yondashuvlarni qo’llash;
muayyan izchillikka ega test topshiriqlarini ishlab chiqish;
Bo’lajak pedagoglarning bilim darajasini tashxislash jarayonini asoslash;
Bo’lajak pedagoglar jamoasi hamda alohida talabaning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholash mexanizmini yaratish
Ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar:
alohida-alohida ma’lumotlardan foydalangan holda yaxlit o’quv va tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish;
o’quv materialini turli rasm, surat, jadval, diagramma, model va boshqalar bilan boyitish;
o’ziga xos, orginal o’quv materialini tayyorlash;
mustaqil ravishda yangi metodni asoslash;
o’quv mashg’uloti (dars) va tarbiya tadbir uchun ko’rsatmali qurollar to’plamini yaratish;
dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish;
dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun multimediya materiallarini yaratish;
o’quv materialining taqdimot variantini tayyorlash;
turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar uchun bo’lajak pedagoglarning faol ishtirokida video roliklar yaratish;
dars konspektini tayyorlash;
turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq, masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish;
nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish;
Dostları ilə paylaş: |
|
|