Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Og'irquloqlik rivojlanishi bilan paydo bo'lish ehtimoli bo'lgan kasalliklar



Yüklə 106,92 Kb.
səhifə10/13
tarix15.06.2022
ölçüsü106,92 Kb.
#61479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
KURS ISHI

Og'irquloqlik rivojlanishi bilan paydo bo'lish ehtimoli bo'lgan kasalliklar
- quloq kiri (sera);
- o'tkir o'rta otit;
- surunkali yiringli o'rta otit;
- sekretor o'rta otit;
- tubootit; adgeziv o'tkir otit;
- otoskleroz;
Quloqdan chiqadigan ajralmalar - labirintit;
tashqi eshituv yo'lining orttirilgan atreziyasi;
- nog'ora parda yirtilishi;
quloqning rivojlanish nuqsonlari;
- kalla suyagi asosining sinishi;
koxlear nevrit;
Menyer kasalligi;
- qarilik og'irquloqlik

Og'irquloqlikning ajratib turadigan belgilaridan biri uning nutq buzilishlari paydo bo'lishi bilan chambarchas bogliqligidir . Chunki eshituv va nutq kishilarning bir-biri bilan muloqot qilishida yagona jarayon hisoblanadi. Gapirishni biladigan odamda paydo bo'ladigan og'irquloqlikda keyinchalik, nutqning monotonlik, noritmlilik singari ko'rinishdagi buzilishlari rivojlanadi, chunki og'irquloqlik o'z tovushi ustidan nazorat qilishga to'sqinlik qiladi.


Og'irquloqli bemorlar reabilitatsiyasi Tovush o'tkazuvchi apparat zararlanganda (tashqi va ichki quloq) tegishli konservativ yoki xirurglik davolash eshitishni anchagina yaxshilashi, ba’zan esa tiklashi ham mumkin. Tovush qabul qiluvchi apparat zararlanganda og'irquloqlik qaytmas va odatda avj olib boradigan xarakter kasb etadi hamda garanglik bilan chegaradosh og'ir formasi rivojlanadi . So'zlashuv tilini (nutqini) 2 m dan kam masofada idrok qiladigan bolalarni maxsus maktabda o'qitish darkor, zararlanish kamroq bo'lganda odatdagi maktabda o'qishlari mumkin.
Davolash Aloe, FiBS, vitamin VI vab. inyeksiyalar. Lablarga qarab o'qishni o'rganish, maxsus kuchaytiruvchi apparatlar yordamida eshituv qobiliyatini rivojlantirish bo'yicha mashqlar. Og'irquloqlikni davolashda xirurgik, medikamentoz va fizioterapevtik vositalarning katta imkoniyatlaridan foydalaniladi. Biroq og'irquloqlikning perseptiv formalarini va tovush o'tkazuvchi sistemaning ba’zi bir kasalliklarini davolash naf bermaydi yoki kam naf beradi va eshituv darajasini sotsial jihatdan yaroqli darajagacha oshirmaydi. Mana shu sharoitda bemorlarni reabilitatsiya qilish birinchi o'ringa chiqadi. Eshitishni protezlash tushunchasiga birlashtiriladigan tadbirlar majmuasi alohida qiziqish uyg'otadi. U og'irquloqlikni konservativ yoki xirurgik davolash metodlari foyda bermagan yoki biror sabablarga ko'ra tovushni kuchaytiradigan eshituv apparatini rad qiladigan shaxslarga shunday eshituv apparatlarini tanlashni ko'zda tutadi.
Uzatiladigan tovushlar yoki nutq nechog'lik kam o'zgarsa, apparat shunchalik takomillashgan hisoblanadi. Tovush o'tkazuvchi apparati zararlangan bemorlarda eshitishni bemorlarda protezlash bo'yicha eng ko'p, neyrosensor og'irquloqlikda esa eng kam natijaga erishiladi. Buning boisi shundaki, mazkur formada tovush sezgilari bo'sag'asi bilan diskomfort bo'sag'asi o'rtasida juda kichkina uzilish bo’ladi. Shunday qilib, tovushning kuchayishi uni ko'tara olmaslik chegarasi bilan cheklanadi, shundan so'ng tovushni yanada kuchaytirish og'riq, noxush sezgi , shular bilan birga, nutqni tushunib olishni yomonlashtiradi . Zamonaviy eshituv apparatlari tovushning kuchini avtomatik boshqarish va tovushlar o'tkazilishining chastotali spektrini qisish imkonini berib, bu bilan og'irquloqlikning neyrosensor formalarida eshitishni protezlash ko'rsatmalarini ma’lum darajada kengaytiradi. Hozirgi vaqtda shakli jihatidan eshituv yo'liga mos tushadigan apparatlarining katta guruhi bor. Agar apparatning shakli o'Ichami bo'yicha to'g'ri kelmasa, begona tovushlar paydo bo'lishi va bemor bunday protez orqali eshita olmasligi mumkin. Elektrodi bevosita bemorning qulog'iga kiritib qo'yiladigan "hamma narsa quloqda" deyiladigan birmuncha (va qimmat) protezda tovush yaxshi va aniq eshitiladi. Yaqinda suyak-fiksatsiya qilingan eshituv protezi (KFSP) ishlab chiqilgan. Chakka suyagiga implantatsiya qilinadigan titan vint suyakning o'zi bilan birikadi, teri orqali fiksatsiya esa maxsus eshituv protezini tovushni suyak orqali chig'anoqqa transformatsiya qilib moslashtirishga imkon beradi. Bunday apparat , asosan, eshituv kanali yo'q yoki odatdagi protezlardan foydalanish naf bermaydigan surunkali quloq kasalliklari bo'lgan bemorlar uchun mo'ljallangan.
Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish analizatorlari faoliyati tufayli roʻy beradi. Tovush taʼsirida odamda tovush signallari parametrini aks ettiruvchi eshtish sezgisi paydo boʻladi; buning natijasida tovush tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi. Organizmlarning eshtish xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq . Evolyutsiya jarayonida eshtish sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo boʻlgan. eshtish sut emizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush tebranishlari tashqi eshtish yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani tebratadi. Tebranishlar oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa)ga oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni bazilyar membrana)ni va unda joylashgan retseptor apparat (Korti organi)ni tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq chigʻanogʻi asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal amplitudaga ega boʻlgan tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, Korti organida tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish retseptorlardan eshtish nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan bioelektr potensiallar eshtish sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. eshtish signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa oʻtkazilishi mumkin. eshtish sezgirligi eshtishning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu chegara tovushning eshtish mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db) hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni eshtish egri chizigʻi, gers yoki kilogers bilan ifodalanadi. Odam 10—20 gs dan 20 kgs gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 gs dan past tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda eshtishning eng quyi chegarasi 1—3 kgs chastotaga teng. Juda yuqori tebranishli tovush toʻlqinlari — shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas, hasharotlar 0,2 kgs — 500 kgs, baliqlar 50—100 gs — 3—5 kgs, delfinlar 100 gs —200 kgs) qabul qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning eshtish sezgirligi sudralib yuruvchilarnikidan, sut emizuvchilarniki qushlar va sudralib yuruvchilarnikidan yuqori boʻladi.



Yüklə 106,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin