4-sinf. Nutqiy kompetensiya O gʻ za k i nu tq - berilgan mavzuda ogʻzaki talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda toʻgʻri
va ravon soʻzlay olish; she’rlarni ifodali ayta olish;
- munozara jarayonida mavzudan chetga chiqmagan holda oʻz fikrini erkin,
navbat bilan bayon qilish va asoslash, shaxsiy qarashlarini odob bilan himoya
qilish;
- rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash;
- oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish;
- matn, hikoya, ertakni qayta ijodiy bayon qila olish.
Y o zm a nu tq - gap ohangiga rioya qilgan holda tinish belgilari (nuqta, vergul, soʻroq,
undov)ni qoʻya olish;
- punktuatsion va imlo qoidalariga amal qilgan holda 65-70ta soʻzdan iborat
diktant yozish, tinglangan matn asosida bayon yozish;
- yil davomida oʻrganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va roʻyxatini
tuzish, ularni toʻgʻri yoza olish;
- berilgan rasm asosida odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab, 7-8ta gap tuzib
yoza olish, bunda fikr tartibiga rioya qilish, ifodada badiiylik unsurlarini
qoʻsha olish;
- berilgan qoʻshimchalar asosida yangi soʻzlar hosil qilish va ularni toʻgʻri
yozish;
- shaxsiy xat, tabriknoma va e’lon yoza olish, bunda oʻz tilaklari va shaxsiy
munosabatini ifodalay olish.
A n g la sh Oʻ qi sh v a tu shun is h - matnlarni ogʻzaki talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda toʻgʻri,
ravon va ifodali oʻqish;
- oʻquv dasturida tavsiya qilingan matnlardagi soʻz, soʻz birikmasi,
ibora va sodda gaplarning mohiyatini anglash;
- matnning ma’lum qismini oʻqib, uni mantiqan davom ettirish, matn
mazmuniga mos keladigan sarlavha topish;
- matnning asosiy mohiyatini aniqlay olish, matn yuzasidan savol, taklif
va tavsiyalar bera olish;
- ertak, hikoya, rivoyatlarning asosiy gʻoyasini, axloqiy jihatini
aniqlash, ertak qahramonlari nutqini obrazga kirib oʻqiy olish.