39
5. Sinonim soʻzlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish
va u bilan mashq ishlash.
Buning uchun toʻrtta
sinonimik qatordagi
soʻzlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. Oʻqituvchi shu
katakchalardagi bir soʻzni aytadi. Masalan,
chiroyli.
Oʻquvchilar shu
soʻzga yaqin ma’noli soʻz (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar:
goʻzal, dilbar, sohibjamol, husndor.
Ma’nodosh soʻzlar
qatori bilan
soʻz birikmasi tuzadilar:
chiroyli shahar, goʻzal manzara, sohibjamol
malika
va h.k
.
Qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan soʻzlar zid ma’noli soʻzlar
(antonimlar) deyiladi. Antonimlar belgi bildiradigan soʻzlarda koʻp
uchraydi. Antonimik munosabat soʻz bilan frazeologik birlik (ibora)
orasida ham boʻladi (
yalqov - yuragida oʻti bor
kabi).
Boshlangʻich
sinf
oʻquvchilari
antonimlar bilan amaliy
tanishtiriladi. Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan
boshlanadi, keyin maxsus mashqlar ishlatiladi:
Dostları ilə paylaş: