1. Berilgan ma’nodosh soʻzlarni guruhlash.
Bunda bir soʻz
turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi soʻzlar ichiga bir-ikkita boshqa
soʻz kiritib beriladi. Oʻquvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib
aytadilar. Buning uchun soʻzlar quyidagi kabi berilishi mumkin:
vatan,
maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt.
4-sinfda oʻquvchilar “Sifatlarning ma’no munosabati” mavzusini
oʻrganganlarida berilgan sifatlarning ma’nodoshlarini topib, guruhlab
yozishga doir topshiriqlarni bajarishadi. Masalan, 191-mashq shartida
berilgan sifatlarni ma’nolariga koʻra guruhlab yozish, ularning
ma’nolarini izohlash kerakligi aytilgan.
Ma’nodosh soʻzlar ustida ishlash
38
1. Betashvish, noiloj, gʻussasiz, qahrli, gʻamsiz, gʻazabli, ilojsiz,
gʻazabnok, chorasiz, tashvishsiz.
2. Sovuq, egri, boy, yumshoq, aqlli, lapashang, toʻgʻri, issiq,
kambagʻal, qattiq, ahmoq, chaqqon.
Oʻquvchilar mashq topshirigʻiga koʻra yuqoridagi soʻzlarni
qatnashtirib, kichik hikoya tuzishlari kerak.
4-sinf darsligidagi 192-mashqda ham oʻquvchilar sifatlarning
ma’nodoshlarini topib, namunadagidek yozishlari kerak.
Namuna: koʻrkam, chiroyli, …
Koʻrkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil, ziyrak, ulkan,
shod, jasur, xursand, qahramon.
2. Berilgan soʻzga ma’nodosh tanlash.
Oʻqituvchi otni oʻtganda
osmon
, sifatni oʻtganda
mazali
, fe’lni oʻtganda
koʻnikmoq
soʻzlarini
aytadi. Oʻquvchilar bu soʻzlarga ma’nodosh soʻzlarni tanlaydilar:
osmon - koʻk, samo, falak; mazali - lazzatli, laziz, totli; koʻnikmoq -
oʻrganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
4-sinf ona tili darsligidagi 213-mashq xuddi shunday mazmunda.
Berilgan soʻzlarni oʻqib, ularga ma’nodosh soʻzlarni tanlab yozishlari
kerak.
Ishchan, hosildor, odobsiz, sersuv, begʻubor, foydali.
Dostları ilə paylaş: |