11
1-MAVZU. «TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA
RAQOBAT MENEJMENTI» FANINING PREDMETI,
VAZIFASI VA O'RGANISH USULLARI
1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari
1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti
va organish usullari
1.3. Fanning iqtisodiy fanlar tarkibidagi o’rni. Agrobiznes va iqtisodiy
fanlar
bilan aloqasi
Tayanch iboralar: fanning maqsadi, fanning predmeti, tashqi
iqtisodiy
aloqalar,
tashqi
iqtisodiy
faoliyat,
korxonalar,
raqobatbardoshlik
1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari
Dunyo xo'jaligining XX asr oxirlaridagi faoliyatini o'ziga xos
xususiyatlaridan biri – davlatlar o'rtasidagi xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni yanada rivojlanishi va takomillashishidir. Har bir davlat
bu sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatini milliy iqtisodiyotini har
tomonlama
rivojlantirishni, dunyo xo'jaligiga integrasiyalashuv
jarayonlarini har tomonlama o'ylagan holda tashkil etishga qaratgan
bo'ladi.
«Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti» fanini
o’rganishdan maqsad mamlakatdagi xo’jalik yurituvchi
sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil etishning shakllari,
tartibi,
usullari va shartlari, shu jumladan tashqi savdo bitimlari va
operatsiyalarining aniq mazmuni, ularni amalga oshirish texnologiyasi
va meyoriy-huquqiy asoslari bo’yicha nazariy bilimlar tizimini
o'zlashtirish,
shuningdek
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
sohasida,
korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishni tashkil etish
sohasida amaliy ko'nikma va qobiliyatlarni olish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat - xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik
kooperatsiya, mahsulotlarni eksport qilish va import qilish,
korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat
sohasi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli
o'laroq,
eksport-import
operatsiyalari
uchun
tovarlarning
12
nomenklaturasini tanlashda, narxi va qiymatini belgilahda, yetkazib
berish hajmi va muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo’lgan ishlab
chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar)
darajasida amalga
oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi korxonaga savdo
bozorlarini va ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish, xalqaro
ishlab chiqarish kooperatsiyasining afzalliklaridan va ishlab chiqarish
vazifalarini amalga oshirish uchun qaror qabul qilish erkinligidan
foydalanish imkonini beradi. Quyidagi imkoniyatlar mavjud:
-
jahon bozorining imkoniyatlariga tayangan holda ishlab
chiqarish resurslarini erkin tanlash;
-
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
maksimal rentabellik bilan
sotish yo'nalishlari va shakllarini erkin tanlash;
-
korxona iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan kooperatsiya
bo'yicha ishlab chiqarish hamkorini erkin tanlash;
-
ishlab chiqarishning texnik darajasini va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning
raqobatbardoshligini
oshirish,
eksport
salohiyatini mustahkamlash yo'llari va imkoniyatlarini erkin
tanlash.
Fanning asosiy vazifasi - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy,
huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti
va texnikasi, raqobat menejmenti bilan
tanishtirish hamda shu kabi
masalalarni yanada chuqur o’rganish va amaliy o’zlashtirish, olingan
bilimlarni amalda qo’llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.
Fanning vazifalari:
-
korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, tashqi iqtisodiy sohada
mamlakatning raqobatbardosh ustunliklarini amalga oshirish
bo’yicha kompleks bilimlarni shakllantirish;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat nazariyasi va amaliyotini ochib beruvchi
kontseptual apparatni o’zlashtirish;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ishlash, xalqaro va milliy huquq
manbalari bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ilmiy va
axborot adabiyotlari bilan mustaqil ishlash uchun zarur bo'lgan
amaliy ko'nikma
va bilimlarni shakllantirish;
-
korxonada tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish,
tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va korxonaning eksport
salohiyatini oshirish yo'llarini aniqlash, shuningdek, tashqi
iqtisodiy shartnomani tuzish ko'nikmalarini egallash.