Buxoro davlat universiteti soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot



Yüklə 115,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix03.12.2023
ölçüsü115,71 Kb.
#172036
1   2   3   4   5   6   7   8   9
172-Article Text-323-1-10-20211228

dotsent Nazarova S.A. 

filologiya fanlari nomzodi
dotsent G‘aybullayeva N.I. 
 
tibbiyt fanlari doktori (PhD), 
dotsent Ixtiyarova G.A. 
 
To‘plovchi va nashrga
tayyorlovchi pedagogika fanlari nomzodi, 
professor Yuldasheva D.N. 
 
Mazkur to`plamga kiritilgan maqolalar va tezislarning mazmuni, statistik 
ma’lumotlar hamda bildirilgan fikr hamda mulohazalarga mualliflarning o`zlari 
mas’uldirlar. 
© Buxoro, Tadqiqot.uz, 2021 
 


150 
So‘z birikmasi tibbiy terminlar tizimida 
To‘rayeva Shahnoza
*
10.5281/zenodo.5685349
Annotation. 
The article covers the use of vocabulary as a terminology in the 
field of Medicine and serves to form medical terms. The expression of medical 
terms in the form of a word combination and a specific type is analyzed on the 
basis of the theory of Uzbek substantial syntax. The specificity of speech to a 
particular field of speech in word combinations is evidenced by the medical [I~O] 
device formations. 
Key words: medicine, medical terminology, word combination, linguistic 
syntactic mold, medical linguistics
Hozirgi o‘zbek tilshunosligida soha lingvistikasi, terminologiya, lug‘atchilik, 
umuman, davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish 
zaruriyati paydo bo‘ldi. Bunga sabab shuki, “Globallashuv sharoitida milliy 
tilimizning sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish, turli sohalarda 
zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil 
qo‘llanishini ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib turibdi”. [Mirziyoyev, 2019:1]
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish uchun 
uning barcha sohalarda birdek qo‘llanilishi, milliy tilning sohaviy tushuncha va 
atamalarni to‘liq qamrab olishiga erishish lozim. Buning uchun Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev nutqida qayd etilgan “turli sohalarda zamonaviy atamalarning 
o‘zbekcha muqobilini yaratish”, ya’ni soha tilini milliylashtirish, sohalarda mavjud 
xorijiy terminlarni milliy tildagi muqobili bilan almashtirish, yangilarini yaratish 
zarur. Tabiiyki, bu vazifalar tilimizning lug‘aviy va sintaktik imkoniyatlarini soha 
lingvistikasi doirasida o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbek tilining tibbiyot sohasi 
termin va atamalarini qamrab olishi, tibbiy terminlarni shakllantirish 
imkoniyatlarini o‘rganish ham ayni yo‘nalishda tadqiqot olib borishni talab qiladi.
Jahon tilshunosligida inson lisoniy zaxirasining katta qismini tashkil etuvchi, 
muayyan sohalarga oid tushunchalarni ifodalab, ushbu soha mutaxassislarining 
muloqoti uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi terminologik birliklarni o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj ХХ asr o‘rtalarida kuchaydi. Bugungi kun uchun 
muhim bo‘lgan, ijtimoiy muhit taqozo etayotgan tilshunoslikning dolzarb 
masalalaridan biri bu sohalar leksikasi, ya’ni terminologiyasini tadqiq qilishdir. 
[Shirinova, 2020:4]
Tilshunos S.Nazarova tibbiyot sohasiga oid birliklarni o‘rganishga 
bag‘ishlangan maqolasida “o‘zbek tilshunosligida tibbiyot terminologiyasi 
masalalari ko‘plab tadqiqot va bahs-munozaralar markazida turganligi, tibbiyot 
sohasiga oid terminlar tizimi, uning tabiati xususida turli qarash va fikr-
mulohazalar shakllangan bo‘lsa-da, fanda mazkur muammoni o‘rganish ehtiyoji 
susaymaganligini asoslashga harakat qilgan. [Nazarova, 2021:48]
Chindan ham, tibbiyot va tilshunoslik birlashgan chegarada tib ilmi
sog‘liqni saqlash, davolash haqidagi bilimlarni mujassam etgan tibbiyot 
terminologiyasi masalalari soha lingvistikasida dolzarb hisoblanadi. Tibbiyot tili, 

Yüklə 115,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin