Buxoro davlat universiteti soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot


*  Buxoro davlat universiteti Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti shahnoz-87@mail.ru



Yüklə 115,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix03.12.2023
ölçüsü115,71 Kb.
#172036
1   2   3   4   5   6   7   8   9
172-Article Text-323-1-10-20211228

*
 Buxoro davlat universiteti Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti shahnoz-87@mail.ru 


151 
soha leksikasi, ayniqsa, tibbiy terminologik tizimni o‘rganish natijasida tibbiy 
lingvsitika tobora rivojlanib bormoqda. 
Tibbiy lingvistikada tibbiy termin va atamalarni tizim sifatida o‘rganish, 
sohadagi terminlarning shakllanishi va taraqqiyotini tahlil qilish bosh muammo 
sanaladi. Tibbiy terminlarga sustansial tilshunoslik nuqtayi nazaridan yondashuv 
muammoni yangicha yondashuvda yechishga intilish bo‘lib, tibbiy lingvistika 
asoslarini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Birinchi galda, termin “gapdan tashqarida ham ma’lum bir aniq ma’no 
ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un holatdagi so‘z birikmasi” (S.Usmonov) ekanligini,
“termin – alohida olingan so‘z yoki ot boshqaruvli so‘z birikmasi bo‘lib, kasbiy 
tushunchani ifodalashi va ma’lum bir kasb doirasida (ilm, texnika, ishlab chiqarish, 
boshqaruv) sohaviy muloqot ehtiyojlarini qondirishi” [Shirinova,2020:14-15] 
inobatga olinishi lozim. Negaki, mavzu obyekti hisoblangan so‘z birikmasining 
terminologik tizimdagi vazifasi shu bilan izohlanadi va so‘z birikmalarining 
terminlar tizimidagi o‘rnini belgilashga asos bo‘ladi.
Aslida, “So‘z birikmasi u yoki bu lug‘aviy birlikning boshqa shunday birlik 
bilan tobe-hokimlik munosabatidan hosil bo‘ladi va tilimizda mavjud birikish tarzi, 
usullari yoki modellaridan biri voqelashganligidan darak beradi. Demak, so‘z 
birikmasi o‘z qurilishida tilning muayyan sintaktik qonuniyatini aks ettiruvchi 
birlik sifatida nutqda rellashadi va ma’lum vazifaga xoslangan bo‘ladi. Aynan 
vazifasiga ko‘ra bu sintaktik birlik nominativ tizimga mansub bo‘lib, nominativ 
birliklar sirasida alohida o‘rin egallaydi. Zero, so‘z birikmasi lug‘aviy birliklar – 
leksema, ibora singari atash va nomlashga xizmat qiladi. Vazifasi va qurilishi so‘z 
birikmalariga til tizimida sintaksis va leksikologiya, boshqacha ifodalaganda, 
sintaksis va nominativ tizim orasidagi aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradi. 
Shuning uchun leksik-semantik hamda sintaktik xususiyatlar mazkur birlik 
tabiatida uyg‘unlashib ketadi”.[Nazarova, Xojiyeva, 2021: 8] 
Shunday ekan, ham leksik-semantik, ham sintaktik xususiyatlarni o‘zida 
mujassam etgan so‘z birikmalari aynan nominativ vazifaga xoslanganligi uchun 
muayyan sohada termin sifatida qo‘llanila oladi. Chunki sohaviy tushunchalarni 
atovchi terminlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Tibbiyot tiliga xos termin va 
atamalarning so‘z birikmalari shaklida ifodalanishi buning yorqin dalili bo‘la oladi.
Tibbiyotga oid matnlarni kuzatar ekanmiz, so‘z birikmasi shaklidagi tibbiy 
termin va atamalar tibbiy nutq yoki matnda nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad 
va ehtiyojlarga muvofiq voqelanishiga amin bo‘ldik. So‘z birikmasi shaklidagi 
tibbiy termin va atamalarni saralashda, ularning lisoniy qurilishini belgilashda 
o‘zbek substansial sintaksisi nazariyasiga asoslandik. Shuning uchun tibbiy 
terminlarning so‘z birikmasi shaklidagi turlari lisoniy sintaktik qurilishiga ko‘ra 
ajratildi.
Tahlil natijasida ma’lum bo‘ldiki, tibbiy termin va atamalarni shakllantirgan 
aksariyat so‘z birikmalari [I~O]=SBLSQining nutqiy voqelanishidan yuzaga 
kelgan. Quyida keltirilgan tibbiy birikmalar fikrimizni dalillaydi: 
irsiy kasallik, ichki kasallik, irsiy moyillik, yashirin kasallik, qandli diabet, 
o‘tkir bronxit, arterial gipertenziya, bronxial astma, turg‘un stenokardiya, bosh 
miya, orqa miya, qalqonsimon bez, ishemik xuruj, deontologik madaniyat, tibbiy 
gigiyena, tibbiy yordam, tibbiy varaqa, tibbiy xizmat, tibbiy ko‘rik, tibbiy xatlov


152 
tibbiy niqob, tibbiy psixolog, tez yordam, sog‘lom odam, sog‘lom avlod, sog‘lom 
turmush, jismoniy faollik, jismoniy zo‘riqish, klimakterik davr, klinik holat, 
neyrofiziologik mashq, fizioterapevtik muolaja, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokor, 
ortiqcha vazn, musbat natija, manfiy natija, tojdor virus, jinsiy a’zo, jinsiy zaiflik, 
bepusht ayol, bepusht erkak, xasta inson, yumshoq to‘qima, dorivor modda
shifobaxsh omil, yiringli ajralma, nishon a’zolar, nojo‘ya ta’sir. 
Bu hosilalar tibbiy nutqqa xoslangan bo‘lib, ismlarning otlar bilan birikishini 
natijalaydi. Bunday tibbiy birikmalarning tobe a’zosi “belgi” ma’nosini sifatlar, 
hokim a’zo esa “predmet” ma’nosini otlar bilan ifodalayotganligi birikma umumiy 
ma’nosidan anglashiladi. O‘z navbatida, sintaktik qurilma sifat va ot birikuvining 
mahsuli [belgi-predmet] ma’noli so‘z birikmalari ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.
Substansial sintaksisning nazariy asoslariga ko‘ra, tobe a’zosi ismlar va 
hokim a’zosi otlardan tuzilgan mazkur tibbiy birikmalarning lisoniy sintaktik 
qurilishi [I~O]=SBLSQida umumlashgan. [Nazarova,2015:98] So‘z birikmasining 
substansial talqini bo‘yicha “[I~O]=[belgi-predmet] SB qolipi o‘zbek tilida 
muayyan belgisi aniqlanayotgan predmetni bildiruvchi so‘z birikmalarining 
cheksiz miqdorda hosil bo‘lishini lisoniy sintaktik qurilish nuqtayi nazaridan 
umumlashtiruvchi lisoniy birlikdir. Zero, qolip tarkibidagi [I] ramzi tobe bo‘lak 
mavqeyida voqelashgan ism umumiy nomi ostida birlashuvchi leksemalarni 
ixcham tarzda umumlashtirib ko‘rsatadi. [O] ramzi esa hokim bo‘lak mavqeyida 
reallashgan ot leksemalarni ixcham va umumiy tarzda ifodalaydi. Tobe bo‘lak 
mavqeyida ismlarga mansub lug‘aviy birliklar, hokim bo‘lak mavqeyida esa ot 
semantik turkumiga tegishli lug‘aviy birliklar voqelanishi ta’kidlanadi”. 
[Nazarova, Xojiyeva, 2021: 30] 
Demak, yuqorida keltirilgan tibbiy termin va atamalarning har biri sohaga 
tegishli muayyan tushunchani ifodalashiga ko‘ra, bir-biridan farqlansa ham, lisoniy 
qurilishidagi umumiylik ularni birlashtiradi. Ism va otlar tobe-hokimligi yuzaga 
keltirgan tibbiy terminlarning lisoniy qurilishidagi umumiylikni [I~O]=SBLSQi 
aks ettiradi. Shuning uchun tibbiyot sohasida qo‘llaniluvchi, tobe a’zosi ism,
hokim a’zosi otdan tuzilgan termin va atamalar [I~O]=SBLSQi hosilalari 
hisoblanadi. Tibbiyotga oid materiallar asosida to‘plangan dalillar mazkur
lisoniy sintaktik qolip (LSQ) termin va atamalarni shakllantirish imkoniyatiga 
egaligini tasdiqlaydi. Ayni xususiyatiga ko‘ra, [I~O]=SBLSQini o‘zbek tilining 
terminologik qatlami, jumladan, tibbiy terminologik tizimni ta’minlaydigan va 
tilning nominativ vazifasini ro‘yobga chiqaruvchi lisoniy omillardan biri deb 
baholash mumkin.
Xulosa shuki, so‘z birikmasi mohiyatan tilning lisoniy qurilish qonuniyatini 
aks ettiruvchi sintaktik birlik sanaladi, atash, nomlash vazifasi tufayli muayyan 
soha nutqiga xoslanadi. So‘z birikmasining tibbiyotga oid tushunchalarni atashga 
xizmat qilishi va tibbiy nutqqa xoslanishi uning [I~O] qurilmali ko‘rinishlari 
asosida o‘z isbotini topadi. Shunday ekan, [I~O]=SBLSQi hosilalari misolida 
dalillangan tibbiy terminlarni shakllantirish xususiyati so‘z birikmasining tibbiy 
terminologik tizimdagi o‘rni va ahamiyatini belgilaydi.
 

Yüklə 115,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin