Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

2.2 .   Buxoro vohasining  iqlimi. 

      Buxoro  vohasi Markaziy  Osiyoning  Qizilqum   cho’lining   salkam    o’rtasidan   

o’rin  olganligi    sababli  (subtropik)  janubiy  cho’llarga  xos    iqlimiy    xususiyatlarga  

egadir.    Buxoro    vohasi    geografik    joylashishi    jihatdan    yarim    sahro    hududiga     

kirib      Orol    dengiziga        yaqin    joylashgan.      Oxirgi      yillarga    sug’orish      uchun   

olinayotgan      suvlarning    qaytmasligi,    dengizga    borayotga    suvning    juda   kamligi  

oqibatida      katta-katta    maydonlarda    dengiz    tubining    ochilib      qolishi    holatlari   

kuzatilmoqda.    Buning      natijasida    Orol    dengizi        atrofida      joylashgan     

maydonlarning    tuproq-iqlim  sharoitlarining      o’zgarishiga      yerlarning      ikkilamchi  

sho’rlanishiga hamda   meliorativ  holatining   buzilishiga  sabab bo’lmoqda. Buxoro 

vohasining  havoning  o’rta  yillik  temperaturasi  +14.2  +15.1

0

C.  havoning  o’rta  oylik 



temperaturasi  vegetatsiya  davrida  +22,8  +24,2

0

C.  Eng  issiq  oy-iyul  oyi 



(+28.3+25.6

0

C), eng sovuq oy yanvar  (-15-14



0

C). Havoning  o’rtacha  oylik namligi 

51-53  %,  ya’ni  havoning  juda  ham  quruqligini  ko’rsatadi.  Juda  ham  yuqori 

temperatura  va  havoning  quruqligi  katta  miqdorda  bug`lanishga  sabab  bo’ladi.  Suv 

sathidan bug`lanish bir oyda 1752-2117 mm ni tashkil etadi. Namlikning asosiy qismi 

vegetatsion  davrida  (1412-1708  mm)  bug`lanadi.  Bu  davrda  tuproqda  namlikni 

saqlash  uchun  kurashish  eng  muhimdir.  Ko’p  yillik  ma’lumotlariga  ko’ra 

yog’ingarchilik  miqdori  viloyatimizda  137,2  mm  ni  tashkil  etib,  60  % yog’in-sochin 

miqdori  asosan  yanvar  -  aprel  oylariga  to’ri  keladi.  Yer  usti  suv  bug’lanishi  esa  yil 

davomida  1700  mm  atrofida  bo’ladi.  Buxoro  viloyatining  iqlimi  keskin  kontinental 

bo’lib,    qishi  quruq,  ayozli  sovuqlardan,  yozi  esa  o’ta  quruq  -  issiq  garmsellardan 

iborat. Deyarli  yil davomida keskin shamollar  esib, uning qariyib 60% 16 -20 m/sek 

tezlikda,  15  %  esa  10  -16  m/sek  tezlikda  essada,  iyul,  avgust  oylarida  yuqori 

darajadagi  issiq  shamollar  esib,  ular  garmselga    aylanadi.  Natijada  nisbiy  havo 

namligi  shu  kunlarda  10-15  %  ga  tushib  ketadi.  Oqibatda  barcha  qishloq  xo’jalik 

ekinlariga,  ayniqsa  g’o’za  hosildorligiga  salbiy  ta’sir  etadi.  Bunday  tuproq  iqlim 

sharoitida  qishloq  xo’jalik  ekinlaridan  yuqori  va  sifatli  hosil  yetishtirishning  o’zi 



20 

 

  



 

 

bo’lmaydi,  albatta.  Shuning  uchun  bizning  viloyatimiz  tuproq  -  iqlim  sharoitida 



dexqonchilikda  yuqori agrotexnik tadbirlarni qo’llash, ilg’orlar tajribasini va ilm-fan 

yutuqlarini    ishlab  chiqarishga  tadbiq  etib,  ulardan  oqilona  foydalanish  muxim 

axamiyatni  kasb  etadi.  Buxoro  meteorologiya  rasadxonasidan  ko’p  yillik  va  2015-

2016-2017  yillar  uchun  olingan  ob-havo  ma’lumotlaridan  foydalanamiz.  Ushbuni 

taxlil  qiladigan  bo’lsak,  2015  yil  yanvar  oyining  o’rtacha  havo  xarorati  5,5°C  ni  va 

2016  yilda  esa  2,7°C  ni  tashkil  etib,  ko’p  yillikka  nisbatan  +5,1+1,6°C  ni  va  2015 

yilga  nisbatan  1,8  daraja  iliqroq  bo’ldi.  Yuqori  havo  xarorati  ko’p  yillikka  nisbatan 

5,3°C  past  keldi.  Eng  pastki  havo  xarorati  2015  yilda  -3,8  ni,  2016  yilda  2,7°C  ni 

tashkil  etgan  xolda,  2017  yilda  4,3°C  dan  iborat  bo’ldi.  Shuningdek,  shu  oyda 

yog’gan  yog’ingarchilik  36  mm,  2015-2017  yillarda  16,4  mm  ni  tashkil  etib,  ko’p 

yillikka  nisbatan  20  mm  kamroq  bo’ldi.  Fevral  oyidagi  o’rtacha  havo  xarorati  2015 

yilda  4,7,  2016  yilda  2,7°C  va  2017  yilda  4,3°C  ni  tashkil  etdi.  Boshqa  oylaridagi 

iqlim  sharoitlarini  taxlil  qiladigan  bo’lsak,  eng  yuqori  havo  xarorati  iyun  oyida 

kuzatilib,  2015  yilda  34,2  ,2016  yilda  40,7  va  2017  yilda  41,4  °C  dan  iborat  bo’lib, 

ko’p  yillikka  nisbatan  7,8;  1,3;  1,8°C  salqinroq  keldi.  Shu  oyida  yog’gan 

yog’ingarchilik  2015  yilda  76  mm,  2016  yilda  43,5,  2012  yilda  13,7  mm  ni  tashkil 

etdi.  Aprel  oyida  o’rtacha  havo  xarorati  2015  yilda  15,2  ,  2011  yilda  15,4  va  2017 

yilda  esa  17,7°C  ni  yuqori  havo  xarorati  2015  yilda  34,7,  2011  yilda  34,7  va  2017 

yilda  34,6°C  dan  iborat  bo’lib,  ko’p  yillikka  nisbatan  2,3-2,3-2,4°C  ga  fark  qilib, 

pastki  havo  xarorati  yillar  bo’yicha  mos  ravishda  0,9-2,8-1,3°C  ni  tashkil  etib,  shu 

oyda yog’gan yog’ingarchilik miqdori 21,1-31,4-16,3 mm dan iborat bo’ldi. Ayniqsa, 

mart va aprel oylarida yog’gan yog’ingarchilik 2015 yilda 52,8 mm, 2016 yilda 42,9 



mm  va  2017  yilda  40,3  mm  dan  iborat  bo’lib,  ayni  ekish  mavsumiga  to’g’ri  keldi. 

Natijada  viloyatimiz  dexqonlari  uchun  ekish  mavsumida  bir  oz  qiyinchililarni 

tug’dirib,  barvaqt  ekilgan  chigitlar  viloyatimizning  og’ir,  loy,  yopishqoq  tuproqdan 

iborat bo’lgan qismlarida, erta ekilgan chigitlar unib chiqmadi va qayta buzib ekishga 

majbur  bo’ldilar.  Garchand  bahor  oylarida  yog’gan  yog’ingarchiliklar  paxtachilik 

soxasida  bir  oz  noqulayliklarni  keltirgan  bo’lsada,  ekish  mavsumi  ayni  pallada 




21 

 

  



 

 

ekilganligi sababli, nihollarni to’liq undirib olishga imkoniyat yaratildi. Yoz oylarida 



( iyun, iyul, avgust) o’rtacha havo  xarorati ko’p  yillik  va 2015  yilga nisbatan aytarli 

darajada  katta  farq  kuzatilmadi.  Yuqori  havo  harorati  xam  ko’p  yillik  bilan 

solishtirganimizda,  iyun  oyida  2015  yilda  39,3°C,  2016  yilda  42,4,  2017  yilda  esa 

46,2°C  ni  tashkil  etdi.  Shu  oylar  davomida  2017  yilda  yog’ingarchilik  8,1  mm  ni 

tashkil  etib,  xasharotlarning  ayniqsa  shirincha  va  oq  qanotlarni  ko’payishiga  qulay 

imkoniyat yaratilda. Kuz oylaridagi havo xaroratini taxlil qiladigan bo’lsak, o’rtacha 

havo  xaroratning  ko’p  yillik  va  2015  yilga  nisbatan  yillar  bo’yicha  o’zgarish 

amplitudasi  orasida  aytarli  darajada  farq  kuzatilmadi.  2016  yil  bilan  solishtirganda 

ko’p  yillikka  nisbatan  3,1°S  sentyabr  oyida,  1,9°S  (iliq)  oktyabr  oyida  farq  borligi 

kuzatildi.  Pastki  havo  harorati  esa  sentyabr  oyida  ko’p  yillikka  nisbatan  2015  yilda 

4,2°C,  2011  yilda  -6°C,  2017  yilda  esa  -9,7°C  issiqroq  bo’lib,  yog’gan 

yog’ingarchilik miqdori esa 2015 yilda 0,5 mm, 2016 yilda 0,3 mm va 2010 yilda 0,5 



mm  ni  tashkil  etdi.  Shunday  qilib,  2015-2017  yillarda  o’simlikning  o’sishi  va 

rivojlanishi  davrida  eng  yuqori  havo  xarorati  42,4°C  ni,  pastki  havo  xarorati  -9,7°C 

ni, yog’ingarchilik miqdori yillar bo’yicha mos ravishda 137,2; 170,5 va 98,1 mm ni 

va  samarali  havo  xarorati  2561°C,  2873°C  va  2842°C  ni  tashkil  qildi  (1-jadval). 

Viloyatimiz  paxtakorlari  ob  -  havo  sharoitining  og’ir  kelishiga  qaramay,  tabiat 

injiqliklarini  mardonavor  yengib,  2015-2017  yillarida    -360,2;  383,0  va  395,3  ming 

tonna paxta (hosildorlik 29,0; 30,6 va 30,8 st/ga), g’alla  yalpi hosili 277,4; 299,1 va 

320,4 ming tonna (hosildorlik 45,6; 48,9 va 52,4 st/ga). Paxta, don va pilla bo’yicha 

respublikamiz  viloyatlari  orasida  yetakchi  o’rinlarni  egallab,  oldiga  qo’yilgan 

rejalarni sharaf bilan ado etdilar.    

 



22 

 

  



 

 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin