Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti


Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar … mahsuloti shaklida muomalaga  kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi .  8



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
korxona iqtisodiyoti

7. Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar … mahsuloti shaklida muomalaga 
kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi . 
8. Shakllanish manbaiga ko’ra, aylanma mablag’lar xususiy va qanday turlarga 
bo’linadi? 
9. Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo’lib, xususiy resurslar, 
asosan nima hisobiga shakllanadi ? 
Mavzu: KORXONADA XODIMLAR, MEHNATNI TASHKIL ETISH 
VA HAQ TO’LASH 
“Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga 
oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Prezident 
I.Karimov aytganidek: “Bugungi kunda biz oldimizga qanday vazifalarni 
qo‘ymaylik, bizning oldimizda qanday muammolar mavjud bo‘lmasin, ularning 
barchasi pirovardida kadrlar va faqat kadrlarga borib taqaladi.” 
Salohiyat (potensial) tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib (potentia), 
imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma'nosini anglatadi.
Kadrlar salohiyati- mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma'lumoti, 
kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va jamoatchilik ishlab 
chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini 
ifodalaydi.
Korxona xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha tarkibi zamonaviy tasnifi bo‘yicha 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICh.P) - asosiy va yordamchi sexlar, 
zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish 
bo‘limlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari; 

noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi 
xo‘jaliklarda, sog‘liqni saqlash, profilaktika va ta'lim muassasalarida faoliyat 
yurituvchi xodimlar; 

rahbarlar - direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim va 
xizmat boshliqlari, ya'ni muhandis-texnik personal (MTP); 

xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik 
xizmati xodimlari (agentlar, g‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, 
statistlar va hokazo). 
Ishchi kuchi va umuman, kadrlar, ishlab chiqarishning muhim elementi 
hisoblanadi. Shu sababli korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va 


istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

ishchi kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish; 

xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish; 

kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog‘onaga ko‘tarish; 

yollash shartlari, mehnat va unga haq to‘lash sharoitlari; 

mehnat jamoasida qulay ruhiy (psixologik) muhitni yaratish 
Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda 
taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy 
daromadning bir qismidir. Ish haqi

bu mehnat uchun mukofotdir. 
Ish haqining nominalvareal turlari mavjud. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin