Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
korxona iqtisodiyoti

Nominal ish haqi

bu xodimning ma'lum bir vaqt mobaynida bajargan
mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir. 
Real ish haqi

nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar 
miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste'mol qobiliyati”dir. 
Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, 
ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi. 
Korxonalarda ko‘pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq 
to‘lashdan foydalaniladi. 
Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq 
olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma'lum bir 
ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot 
sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi. 
Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab 
berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni 
anglatadi. 
Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan 
tashqari, ushbu ish haqiga ma'lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi. 
Mehnatga akkord haq to‘lash tizimi mehnatga ishbay haq to‘lashning bir 
turi bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni 
muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi. 
Ko‘pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif 
stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi. 
Tarif stavkasi

turli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi 
mehnati uchun to‘lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o‘lchamidir. Minimal tarif 
stavkasi yoki birinchi razryadli stavka boshlang‘ich hisoblanadi. 
Tarif setkalari mehnatga haq to‘lashdagi mutanosibliklarni malaka darajasini 
hisobga olgan holda, belgilash uchun xizmat qiladi. U tarif razryadlari va ularga 
mos keluvchi tarif koeffitsiyentlari yig‘indisini ifodalaydi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin