Tadqiqot ishining dolzarbligi: 13-14 yoshli sportchilarda musobaqaoldi tayyorgarligi davri muhim ahamiyatga ega. Shu davrda bajariladigan maxsus vositalarning shiddati va miqdori ularning musobaqa davrida ko’rsatadigan natijalari bilan chambar – chas bog’liq. Shuning uchun musobaqaoldi tayyorgarligi davri sportchi tayyorgaligining muhim bosqichidir.
Ishning maqsadi: 13-14 yoshli qisqa masofaga yuguruvchi bolalarning musobaqaoldi tayyorgarligi davrida samarali visita va usullarni to’g’ri qo’llash.
Mavzu bo’yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlar qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan dastlabki o’rgatish bosqichida sport malakalariga o’rgatish samaradorligi jismoniy sifatlarga bog’liq ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, steriotiv mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg’u berildi. Aynan adabiyotlarni tahlil qilish bobida jismoniy sifatlarni maxsus harakatli o’yinlar yordamida shakllantirish yuksak samara berishi ta’kidlab o’tildi.
Bunda bolalar va o’smirlar jismoniy tarbiyasiga konsteptual yondoshib, uzluksiz ta’lim tizimida Respublika aholisining ko’p millatliligiga tayangan holda, har bir mamlakatning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy- iqtisodiy talablari hisobga olingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishni ko’zda tutib, o’zining salomatligi haqida shaxsan g’amxo’rlik qilib borish, madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, mahalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport ko’magida singdirish kerak”, - deydi.
Ma’lumki, sportning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita bog’liqdir. Binobarin, o’zbek sportini jahon maydoniga olib chiqish, uni raqobatbardosh pog’onaga ko’tarish bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va uslubiy tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirilishi talab qilinadi. Lekin, bunday sifatlarga erishish nihoyatda ehtiyotkorlik, mashg’ulot yuklamalarini asta-sekinlik bilan, “to’lqinsimon” yo’nalishda oshira borish evaziga amalga oshirilishi mumkin. Albatda, bu jarayon uzluksiz va muntazamlik hamda mashg’ulot yuklamalarini shug’ullunuvchi “obekt”ning funkstional imkoniyatlariga mos tarzda qo’llash tamoillari asosida yanada samarali va jadalroq kechadi.
Dostları ilə paylaş: |