1-rasm. Start tirgaklarining joylashtirilishi:
a – oddiy start uchun; b – uzaytirilgan start uchun; v– yaqinlashtirilgan start uchun
Oddiy startda start chizig’idan birinchi oyoq tirgakkacha bo’lgan masofa 1,5-2 oyoq kaftiga teng, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha bo’lgan masofa ham xuddi shunday. Endi shug’ullanayotgan sportchilar uchun boldir uzunligiga qarab joylashtirishni qo’llash mumkin, ya’ni birinchi tirgakkacha bo’lgan masofa boldir uzunligiga teng.
Uzoqlashtirilgan startda start chizig’idan birinchi tirgakkacha bo’lgan masofa 2 dan 3 oyoq kaftigacha, birinchi tigakdan ikkinchisigacha 1,5 dan 2 oyoq kaftigacha uzaytirilgan.
Yaqinlashtirilgan startda start chizig’idan birinchi tirgak kacha 1,5 kaft, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha bo’lgan masofa – 1 oyoq kaftiga teng. Tor startda start chizig’idan birinchi tirgakkacha bo’lgan masofa o’zgarmaydi, birinchi tigakdan ikkinchisigacha bo’lgan masofa o’zgaradi – 0,5 oyoq kaftidan boshlab to undan kamroq masofagacha.
Aytib o’tganimizdek, startni qo’llash har bir sportchining individual imkoniyatlariga, birinchi navbatda, oyoqlar mushaklariga va sportchining signalga nisbatan reaksiyasiga bog’liq. Uzunasiga o’q bo’ylab tirgaklar o’qlari o’rtasidagi masofa 15 dan 25 sm gacha o’rnatiladi. Start tirgaklari burilishda joylashishi 2-rasmda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |