Buxoro davlat universiteti



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə22/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

Start tezlanishi. Startdan yugurib chiqish yuguruvchining individual imkoniyatlariga qarab 15 dan 30 m gacha davom etadi.Uning asosiy vazifasi – mumkin qadar tezroq maksimal yugurish tezligini olish. Startdan birinchi qadamlarning to’g’ri bajarilishi yuguruvchining itarilishiga (yo’lkaga nisbatan o’tkir burchak ostida maksimal kuch bilan) va harakat tezligiga bog’liq. Yuguruvchi birinchi qadamlarni egilgan holatda yuguradi, keyin (6, 7- qadamlar) gavdani ko’tarishni boshlaydi. Start tezlanishida gavdani asta-sekin ko’tarish juda muhim, shundagina startdan va start tezlanishidan optimal samaraga erishish mumkin. Gavda to’g’ri egilganda qadam tashlaydigan oyoq soni tekislangan itariladigan oyoqqa nisbatan 90o ga ko’tariladi va inersiya kuchi yuqoriga qaraganda ko’proq oldinga yo’naltirilgan kuchni hosil qiladi. Yuguruvchi qadam tashlaydigan oyoqni pastga-orqaga qo’yaturib, gavdasini oldinga itargan holda birinchi qadamlarni bajaradi.Bu harakat sonlarni tez birlashtirish bilan birga qancha tez bajarilsa, keyingi itarilish shuncha chaqqonroq sodir bo’ladi.

Birinchi qadamni maksimal tez va katta kuch bilan bajarish lozim. Shu tariqa yuguruvchi gavdasining boshlang’ich tezligi hosil qilinadi. Gavda egilishi tufayli birinchi qadam uzunligi 100-130 sm ni tashkil qiladi. Qadam uzunligini ataylab qisqartirish kerak emas, chunki qadamlar sur’ati teng bo’lganda ularning uzunligi ancha yuqori tezlikni ta’minlaydi. Birinichi qadamlarda yuguruvchining UOM tayanch nuqtasi oldida turadi, bu eng qulay itarilish burchagini hosil qiladi va kuchlanishlarning ko’p qismi gorizontal tezlikning oshishiga ketadi. Keyingi qadamlarda oyoqlar UOM proyeksiyasiga, keyin esa – uning oldiga qo’yiladi. Bunda gavdaning rostlanishi yuzaga keladi, gavda masofa bo’ylab yugurishdagi kabi holatni egalllaydi. Tezlik o’sib borishi bilan bir vaqtda taxminan masofaning 25-30 m lariga kelib, sportchining tezligi maksimal yugurish tezligiga nisbatan 90-95% ga etgan paytda tezlanish kattaligi kamayib boradi. Aytish joizki, start tezlanishi va masofa bo’ylab yugurish o’rtasida aniq chegara yo’q. Start tezlanishida yugurish tezligi ko’proq qadamlar uzunligini uzaytirish va kamroq qadamlar sur’ati hisobiga oshiriladi. Qadamlar uzunligining haddan ortiq oshirilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi – unda yugurish sakrashlar bilan yugurishga aylanib qoladi va yugurish harakatlari maromi buziladi. Qadamlar uzunligi va sur’atining optimal uyg’unligi yuguruvchiga maksimal yugurish tezligini olishga hamda yugurish harakatlarining samarali maromini egallashga imkon beradi. Qisqa masofalarga yugurishda oyoq tayanchga oyoq uchida qo’yiladi va deyarli tovonga tushilmaydi, ayniqsa start tezlanishida shunday bo’ladi. Oyoqlarni pastga-orqaga (gavdaga nisbatan) tez qo’yish yugurish tezligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.



Start tezlanishida qo’llar oldinga-orqaga chaqqon, lekin katta amplitudada harakatlarni bajarishi kerak va oyoqlarni ham xuddi shunday harakatlarni keng quloch bilan bajarishga majbur qilishi lozim. Oyoq kaftlari masofada yugurishdagiga qaraganda birmuncha kengroq, birinchi qadamlarda taxminan elka kengligida qo’yiladi, keyin esa oyoqlarning qo’yilishi bitta chiziqqa yaqinlashadi. Oyoq kaftlarini birinchi qadamlarda haddan ziyod keng qo’yish gavdaning yon tomonlarga silkinishiga olib keladi, bu itarilish samaradorligini pasaytiradi, chunki itarilish kuchi vektori UOMga to’g’ridan-to’g’ri emas, balki unga burchak ostida ta’sir qiladi. Bu startdan turib ikki chiziq bo’ylab yugurish masofaning taxminan 12-15 metrlarida yakunlanadi.


Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin